SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
19K photos
2.32K videos
22 files
11.4K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

⚖️ Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Bandixon tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning "Limonzor" mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan tumandagi 35 kvli havo elektr uzatish tarmog'ining muhofaza hududiga tegishli bo'lgan yer maydonini o'zboshimchalik bilan 0.005 gektar egallab olib, 48.0 kv.metrdan iborat Molxona binosi qurib olganligi holati aniqlandi.

📝 Aniqlangan holat yuzasidan, Kadastr inspektorlari tomonidan Yer qonun buzilishini sodir etgan shaxsga qilmishining huquqiy oqibatlari tushuntirilib, tegishli tartibda ogohlantirish xatlari berilib noqonuniy qurilgan Molxona binosi joyning o'zida bartaraf etilishiga erishildi.

Shu o‘rinda eslatma! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.


Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
❗️Sug‘oriladigan yerlar qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda ularga tuproq unumdorligi pasayishiga olib keladigan tarzda usullar bilan ishlov berish yoki ularning shikastlanishiga olib keluvchi boshqa usullarni qo‘llash taqiqlanadi.

Asos: Yer kodeksi, 44-modda

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer hisobini raqamlashtirish jarayonlari

💠 Habaringiz bor, 🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktyabrdagi 578-sonli qarori asosida «Yer hisobot» ААT dasturi ishga tushirilgan. Tizimga hududiy filiallar yer hisobini yurituvchi mutaxassislar tomonidan yer fondi toifalari, turlari va ulardagi o‘zgarishlar, yer uchastkalarining o‘rni va maydonlari, shunga ko'ra, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasida yerning taqsimlanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar kiritish ishlari amalga oshirilmoqda.

🫥 Maʼlumot o‘rnida, Surxondaryo viloyatining 01.01.2024 yil holatiga umumiy yer maydoni 2 009,9 mln gektar, shu jumladan, sug‘oriladigan yerlari 238,5 ming gektarni tashkil etadi.
Аvtomatlashtirilgan axborot tizimiga maʼlumotlarni huquqiy hujjatlari asosida to‘g‘ri va sifatli kiritilishi, kiritilgan maʼlumotlarda aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish bo‘yicha viloyatning hududiy filiallarida Davlat yer kadastriini yuritish sho‘basi boshlig‘i Sh.Murodov va bosh mutaxassislari o‘rganishlar o‘tkazdilar va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, yer hisobotiga tegishli barcha maʼlumotlarni arxivlarda sifatli saqlash, "Uzkad" axborot tizimdagi yer balanschi rolidagi jarayonlarni muddatida ijrosini taʼminlash bo‘yicha ham kelishib olindi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati.

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #tayinlov #tabrik

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Yuridik sho'ba bosh yuriskonsulti lavozimiga Suvankulov Shaxzod Raimkulovich tayinlandi.

🔄 Shaxzod Raimkulovich – 1974-yilda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. 1996 yil – Rossiya Federatsiyasi Novasibirisk shahridagi Oliy harbiy qo'mondonlik bilim yurtini tamomlagan. Ma'lumoti bo'yicha huquqshunos.

🔄 Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyat IIB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo boshqarmasi jamoasi Sh.Suvankulovni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati

Telegram Facebook Instagram YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🟢Joriy yilning iyul oyi davomida My.gov.uz portali orqali noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo'yicha jami kelib tushgan murojaatlar tahlili infografikada.

➡️Xizmatdan foydalanish

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqvaqti #bilasizmi #infografika

⚡️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari

❗️Qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofaza qilinishi lozim.

Huquqiy asos:
Yer kodeksi

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.
Telegram Facebook Instagram YouTube
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asoslari

❗️Yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

🔹yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;

🔹binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;

🔹qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Facebook Instagram YouTube
Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

🔴Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
MANFAATLAR TO'QNASHUVI

Kuni kecha, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari hamda Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo bo‘linmasi xodimlari ishtirokida 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi" to‘g‘risidagi Qonuni mazmun-mohiyati bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminar davomida mazkur Qonunda keltirilgan asosiy vazifalar, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlar tushunchalari hamda manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, tartibga solish, keltirib chiqaradigan oqibatlari hamda uni buzganlik uchun javobgarlik yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

🗣 Shuningdek, yig‘ilishda tizimdagi odob-ahloq masalalari, korrupsiyaga qarshi kurashish kabi mavzularga ham alohida e’tibor qaratildi. Yakunda kun tartibidagi mavzular yuzasidan yig‘ilganlarning fikrlari ham tinglandi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube