SURXONDARYO KADASTR
1.88K subscribers
18.7K photos
2.27K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan Muzrabot tuman bo‘limida qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

🔴Yig‘ilishda, eng asosiy masala Kadastr agentligi topshirig'i bilan hududlarda Yer nazorati tadbirlarini amalga oshirish va o'zboshimchalik bilan qurilgan qurilishlarga nisbatan keskin choralar ko'rib fuqarolarga tushintirish ishlari olib borish topshirig‘i berildi.

🔴 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. O‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

🔴Suhbat so‘nggida binoga kirayotgan tashrif buyuruvchilarni doimiy ravishda qayd etib borilishi lozimligi hamda korrupsion holatlar asosan sobiq xodimlar tomonidan amalga oshirilayotganligini, tuman bo‘lim va filialidan ishdan bo‘shab ketgan sobiq xodimlarni binoga doimiy ravishda tashrif buyurishlarini hamda amaldagi xodimlar bilan ish vaqtida muloqot qilishini oldini olish choralarini ko‘rish lozimligi taʼkidlandi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Анқара шаҳрига расмий ташриф доирасида “Turkish Aerospace Industries Inc.” компанияси фаолияти билан танишди.

В рамках программы официального визита
в город Анкару Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью компании «Turkish Aerospace Industries Inc.».

#Mirziyoyev #tashrif #Turkiya #korxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Туркия авиакосмик саноатининг илғор намуналари билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Туркияга ташрифи қардош мамлакатларимиз ўртасидаги кенг қамровли стратегик шериклик ривожида навбатдаги муҳим қадам бўлди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Kadastr_atamalari

➡️KADASTR TASVIRLOVI➡️

Yer uchastkalarining chegaralarini joyda belgilash aniqligini ta’minlash, ma’lumotlarni kadastr tizimiga berish, undan tashqari bu ishlarni bajaruvchi yer tuzuvchilarning vazifalarini to‘g‘ri aniqlash, ularning ishlarini baholash maqsadida har bir mamlakatda kadastr haqida nizom ishlab chiqiladi. Nizomda kadastr tasvirlovi haqidagi barcha ko‘rsatmalar beriladi. Kadastrni tuzuvchilarning malakasi qay darajada bo‘lishi ham nizomda ko‘rsatiladi.

Kadastr tasvirlovini bajarish uchun yuriqnomalar, boshqa me’yoriy hujjatlar tuziladi va tasdiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

📃 Ijaraga oluvchi tomonidan ijtimoiy soha obyekti tarkibidagi yer uchastkasida quyidagilarni amalga oshirish taqiqlanadi:

- binolar va inshootlar, jumladan, yer osti inshootlarini qurish (yengil konstruksiyali inshootlar bundan mustasno);
- ko‘ngilochar obyektlar faoliyatini tashkil etish (madaniyat obyektlarining yer uchastkalari bundan mustasno);
- qonunchilik hujjatlarida taqiqlangan faoliyatni yuritish.

🫥 Ijaraga beruvchi davlat mulkini ijaraga berishda:

- davlat mulkini ijaraga berish jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydi;
- ijara shartnomasi shartlari bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
- yuridik shaxslar, jumladan, tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarga ijaraga beriladigan davlat mulklari haqida zarur ma’lumotlar (ijaraga beriladigan davlat mulklarining parametrlari, kommunikatsiyalar bilan ta’minlanganligi, fotosurati, davlat mulkidan foydalanish maqsadi, ijara muddati va ijaraga berish shartlari) beradi va zarur amaliy-huquqiy yordam ko‘rsatadi;
- ijaraga beriladigan davlat mulklari targ‘ibotini amalga oshiradi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi

🇺🇿Qonunchilikka ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi.

🫥Shu sababdan ham Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari

Sizlarni Korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 📞 1097 ishonch telefoni orqali xabar bering.

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇹🇷Turkiyada kadastr tizimi

Usmonli imperiyasida kadastr

Turkiyada kadastr ishlari Sulton Abdulhamid II davriga borib taqalishi aytiladi, lekin yerni ma'lum bir soliq hujjatlariga qayd etish va tizimli ravishda kuzatib borish, muntazam ravishda soliq yig'ishni maqsad qilgan timar deb ataladigan kadastr kitoblarini birinchi bo'lib ko'rsatish mumkin. 20-asrda bu yozma amaliyotlar geometrik shakllar va sonli ifodalar bilan almashtirildi.

Turkiyada kadastrning qanday turlari mavjud?


🫥 Amalga oshiriladigan tartib-qoidalarga ko'ra kadastr turlari uchga bo'linishi mumkin:

🔹 Moliyaviy kadastr - bu ko'chmas mulk qiymatini aniqlash jarayoni.
🔹 Geometrik kadastr: bu o'lchovlar qilish orqali ko'chmas mulkning joylashuvi va chegaralarini aniqlash jarayoni.
🔹 Huquqiy kadastr - bu ko'chmas mulk egasining ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarini aniqlash jarayoni.

🎲 Kadastr toifalari:

- ko‘chmas mulk kadastri;
- rayonlashtirish kadastri;
- qishloq xo‘jaligi kadastri;
- o‘rmon kadastri;
- suv kadastri.

🫥Kadastr xizmatlari:

- Ro'yxatga olingan ko'chmas mulkka egalik guvohnomalarini yangilash;
- Hujjatsiz ko'chmas mulkka egalik guvohnomasini berish;
- Hujjatlarni saqlash va yangilash;
- Ro'yxatga olinishi kerak bo'lgan barcha turdagi xaritalar va rejalarni nazorat qilish va arxivlash;
- Kadastr doirasidagi boshqa xizmatlar.

◼️ Manba : 1, 2

#DavKadastrPalata #xorijda_kadastr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Inson manfaatlari yo'lida Kadastr xizmati

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining barcha 15 ta tuman (shahar) filiallari xodimlari “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida, aholini kadastr xizmatiga bo‘lgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va hal etish uchun "mahallabay", "xonadonbay" ish tashkil qilingan.

🫥Shu bois, ⭐️Kadastr xodimlari tomonidan "Aholi manfaatlari yo'lida" Boysun tumanda yashovchi bir qancha fuqarolarga Kadastr sohasiga oid murojaatlar borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

🫥Maqsadimiz xalqimizni kadastr xizmatidan rozi qilishdir.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Matbuot xizmati

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navbatdagi _siyosiy-maʼrifat# soat

🔰Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalari xodimlari "Siyosiy-maʼrifat soati"da faol qatnashmoqda. Zero siyosiy jarayonlarga befarq bo‘lmaslik jamiyat rivojiga hissa qo‘shishda faol bo‘lishni taʼminlaydi.

💠Mazkur "Siyosiy - maʼrifiy soat" haftaning har juma kunida tashkil etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Facebook Instagram YouTube