SURXONDARYO KADASTR
1.98K subscribers
19.7K photos
2.39K videos
22 files
11.7K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

📧 SAVOL: Turar joyim 2017-yil davlat ro'yxatidan o'tgan. Yer mulkimda hozirgi kungacha hech qanday o'zgarish bo'lmagan. Lekin men huddi shu uy-joyimga qaytadan ko'chirma olmoqchi bo'lsam xizmat uchun yana pul to'lashim kerak bo'ladimi?

✍️ JAVOB: Murojaatga ko'ra, avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, amalda boʻlgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yoʻli bilan tasdiqlangan) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va reyestrdan koʻchirma berish davlat xizmatlari ko'rsatilgani uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 186-son qaroriga muvofiq yig‘imlar undirilmaydi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer nazorati tadbirlari Angor tumanida

⚖️ Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Angor tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning "Kattaqum" MFYda faoliyat yuritib kelayotgan "Boburboy" MCHJga tegishli bo'lgan yer maydonini ushbu mahallada yashovchi fuqaro tomonidan o'zboshimchalik bilan egallab olib, Molxona binosi qurib olganligi holati aniqlandi.

📝 Aniqlangan holat yuzasidan, Kadastr inspektorlari tomonidan Yer qonun buzilishini sodir etgan shaxsga qilmishining huquqiy oqibatlari tushuntirilib, tegishli tartibda ogohlantirish xatlari berilb noqonuniy qurilmalar joyning o'zida bartaraf etilishiga erishildi.

Shu o‘rinda eslatma! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.


Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

➡️ Farg‘ona viloyati boshqarmasi Farg‘ona shahar bo‘limi xodimlari nazorat tadbirlari vaqtida shaharning "Nafosat" MFY, Yoshlarobod ko‘chasida yashovchi fuqaro tomonidan qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan jami 0,04 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy to‘siq devor qurib olganlik holati aniqlandi.

➡️ Buxoro viloyati boshqarmasining Kogon tumani bo‘limi tomonidan "Kogon" MFYda nazorat tadbiri o‘tkazilganda fuqaro tomonidan 30 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, hech qanday huquqiy hujjatlarsiz qurulish ishlari bajarilganligi aniqlandi.

➡️ Surxondaryo viloyati boshqarmasi Angor tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan tumanning "Kattaqum" MFYda faoliyat yuritib kelayotgan "Boburboy" MCHJga tegishli bo‘lgan yer maydonining bir qismi ushbu mahallada yashovchi fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

➡️ Sirdaryo viloyati boshqarmasining Sayxunobod tuman bo‘limi tomonidan "Faravon" MFY hududida nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Unda fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan 24 kv.m yer maydonida noqonuniy bino qurish holati aniqlandi.

Mazkur holatlarning barchasi qonun buzarlikni sodir qilgan shaxslar tomonidan ixtiyoriy bartaraf qilindi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jarqo'rg'on tumanida sayyor qabul

🔴Ayni damda, Surxondaryo viloyatining Jarqo'rg'on tumanida Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Abdiraxmanov boshchiligida tuman fuqarolarining kadastr masalasidagi muammolarini o'rganish maqsadida sayyor qabul bo'lib o'tmoqda.

🔴Boshqarma boshlig'i hamda tizim mutasaddilari tomonidan fuqarolar bilan yuzma-yuz bo'lgan holda muammolariga tegishli yechim va huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.
Sayyor qabul davom etmoqda...


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook Instagram YouTube
#Qiziriq_tumani_yer_nazorati

Kadastr agentligi Qiziriq tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida tumanning Qorasuv MFY hududidagi davlat zahirasida bo'lgan yer maydonidan fuqaro tomonidan 0.02 gektar yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, 21.0 kv.metrdan iborat qurilish ishlari amalga oshirilganligi holati aniqlangan.

🟢Holat yuzasidan Kadastr bo‘limi inspektorlari tomonidan O'.R.MJTKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma tuzilib, ogohlantirish xati berilgan.

Shundan so'ng, fuqaro tomonidan qurib olgan qurilishlarini o'z hisobidan buzib olib, yana bir yer qonun buzilish holatining oldi olinishiga yo'l qo'yildi.

❗️Unutmang! Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
JARQO‘RG‘ON TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

🏢 Davlat idoralarining xalqqa yanada yaqin bo‘lishi, aholi muammolarini yechishning samarali tizimini yaratish maqsadida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar o‘z samarasini berib kelmoqda.

🔴 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari mutasaddilari tomonidan Jarqo‘rg‘on tumanida oʻtkazilgan sayyor qabulda ham ko‘pgina murojaatlarga yechim topildi.

📝 Sayyor qabulda jami 20 nafar tadbirkor va fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

🔴 Sayyor qabulga yig‘ilgan fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, va shunga o'xshash boshqa muammolar bo‘yicha murojaatlari tinglanib, tushuntirishlar berildi.
✔️ Tashkil etilgan sayyor qabulda 9 nafar murojaatchining murojaati joyida ijobiy hal etildi.
✔️7 nafar murojaatchiga huquqiy tushunchalar berildi.
✔️ 4 nafar murojaatchining murojaatlari o‘rganish uchun tegishli tuman bo‘lim va filial rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌍 YER NAZORATDA

👨‍💻 Loyihaning beshinchi sonida:
📍Navoiy viloyati hamda 📍Samarqand viloyatlarida amalga oshirilgan yer nazorati tadbirlari bilan tanishing.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati #yer_nazoratda_loyihasi #5_son

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM