SURXONDARYO KADASTR
1.88K subscribers
18.7K photos
2.27K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#yer_nazorati

⚡️Sherobod tumanida yer nazorati tadbirlari davomida navbatdagi holat aniqlandi.

Kadastr agentligining Sherobod tuman bo'lim inspektorlari tomonidan tumanning "Chorbog" MFY hududida o'tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbiri davomida fuqaro tomonidan "Kohitang yaylovi" ICHKga ijaraga berilgan yer maydonidan 0.0050 gektar o'zboshimchalik bilan egallab olib, 50.0 kv.metrdan iborat molxona binosi qurib olganligi holati aniqlandi

📄Aniqlangan holat yuzasidan tuman inspektorlari tomonidan fuqaroga noqonuniy qurilmasiga nisbatan O'.R.M.J.T.Kodeksning 60-modda, 3-qismi bilan ma'muriy jarima qarori qabul qilinib, ogohlantirish xati berildi

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📆Joriy yilning 14-19 may kunlari Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi Qozon shahrida “Rossiya-Islom dunyosi: Kazanforum” xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi.

🌐Forum dasturidan islom moliyasi, investitsiya, ishlab chiqarish, logistika, turizm, texnologiya, xalqaro hamkorlik, diplomatiya, biznes imkoniyatlar kabi mavzular bilan bir qatorda fazoviy maʼlumotlar infratuzilmasini rivojlantirish hamda ulardan strategik maqsadlarida foydalanish masalalari ko‘tarildi.

🫥Tadbir doirasida “Mamlakatlarni geofazoviy maʼlumotlar sohasida qo‘llab-quvvatlashda xalqaro hamkorlik” mavzusida panel muhokamalari o‘tkazildi hamda Rossiya va Islom dunyosi mamlakatlari o‘rtasidagi geodeziya va kartografiya sohasidagi hamkorlikning dolzarbliligi kabi masalalarni muhokama qilindi.

🌟Kadastr agentligi⭐️Respublika aerogeodeziya markazi direktori A.S.OmonovO‘zbekiston Respublikasida fazoviy maʼlumotlarni rivojlanishi” mavzusi bilan spiker sifatida ishtirok etdi.

➡️Bunda Kadastr agentligida kadastr, geodeziya va kartografiya ishlarida masofadan turib zondlash va geofazoviy maʼlumotlarni rivojlantirishda olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

#Kadastr_agentligi #Aerogeodeziya

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi

🇺🇿Qonunchilikka ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi.

🫥Shu sababdan ham Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari

Sizlarni Korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 📞 1097 ishonch telefoni orqali xabar bering.

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#manzilli _targ‘ibot_kadastr
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Manzilli targ‘ibot ishlari davom etmoqda.

📍 Termiz tumanidagi «Yangi hayot» MFY idorasida, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Maksumov, O'Xamrayev hamda Kadastr agentligi Termiz tuman bo‘limi mutaxassislari bilan «Hamkorlikda — korrupsiyasiz kelajak sari» mavzusida mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔴 Uchrashuvda kadastr xodimlari tomonidan, mahalla faollariga so‘ngi yillarda sohaga oid qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlarining mazmun mohiyati xalqchil tilda tushuntirildi.

🔴Tadbirda asosiy e’tibor xalq orasida muhokamalarga sabab bo‘layotgan va “yangi aksiya” deb atalayotgan qonun loyihasining mazmun mohiyatini noto‘g‘ri talqin qilinishing oldini olishga qaratildi. Shuningdek, aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlarni atroflicha muhokama qilish, noqonuniy qurilishlarning oldini olish borasida mahallalar bilan hamkorlikda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari, sohada yuzaga kelishi mumkin bo’lgan korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan choralar muhokama qilindi.

🔵 Tadbir yakunida kelajakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan “Mahalla–Kadastr” hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yo‘l xarita ishlab chiqildi.

🫥Hududlarda bunday jonli muloqotlar o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.


🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati

⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirish shakllari

🏠Yer uchastkalarini xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

xususiylashtirish subyektlari tomonidan o‘ziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish;

yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

Huquqiy asos: 🌏O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 15.11.2021 yildagi O‘RQ-728-son

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq

⚡️Yuridik va jismoniy shaxslar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishga haqli

👨‍💻Yuridik va jismoniy shaxslar o‘ziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan 🗺QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANMAGAN yer uchastkalarini qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xususiylashtirishga haqli.

Asos: Yer kodeksi 17-moddasi beshinchi qismi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Termiz_tumani_yer_nazorati

❗️Unutmang! Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

Kadastr agentligi Termiz tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida tumanning Istiqlol MFY hududidagi ichki yo'l hamda mahalliy ariqning nuhofaza hududidan fuqaro tomonidan 0.06 gektar yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, devor to'sig'i qurib olganligi holati aniqlangan.

🟢Holat yuzasidan tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan MJTKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy jarima qarori qabul qilinib, ogohlantirish xati berilgan.

Shundan so'ng, fuqaro tomonidan qurib olgan devor to'siqlari o'z hisobidan buzib olinib, yer qonun buzilish holatining oldi olinishiga yo'l qo'yildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
#yer_nazorati

⚡️Sherobod tumanida dron yordamida yer nazorati tadbirlarida navbatdagi holat aniqlandi.

Kadastr agentligining Sherobod tuman bo'lim inspektorlari tomonidan tumanning "Qorabog'" MFY hududida o'tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbiri davomida fuqaro tomonidan davlat zahirasida bo'lgan qishloq xo'jaligi xaritasining 1054q-dala konturidan 0.008 gektar yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, 84.0kv.metrdan iborat turar-joy uchun poydevor qurib olganligi holati aniqlandi

📄Aniqlangan holat yuzasidan tuman inspektorlari tomonidan fuqaroga noqonuniy qurilmasiga nisbatan O'.R.M.J.T.Kodeksning 60-modda, 3-qismi bilan ma'muriy jarima qarori qabul qilinib, ogohlantirish xati berildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
#surxon_kadastr #davra_suhbati #korrupsiyasiz_hayot_sari

⚡️KORRUPSIYA– HALOKATGA YETAKLOVCHI YO‘L

🔹 Jamiyatda shunday illatlar borki, u ma'lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘ladi. Ana shunday illatlardan biri korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

🔹 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining Jarqo‘rg‘on tuman bo‘lim (filial) xodimlari uchun hududiy boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassislari Sh.Maksumov va O‘.Xamraevlar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

🔹Davra suhbatida xodimlarga korrupsiyaning oldini olish, bunday huquqbuzarlik va jinoiy faoliyat uchun jazo muqarrarligi, har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishi, xizmat vazifasini suiiste'mol qilmasligi nafaqat tizim, balki o‘z oilasi uchun ham foydali ekanligini unutmasligi tushuntirildi.

Telegram Facebook Instagram YouTube