SURXONDARYO KADASTR
1.88K subscribers
18.7K photos
2.27K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Kadastr #Surxondaryo

📍 Termiz tumanidagi «Uchqizil» MFY idorasida, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Maksumov, O'Xamrayev hamda Kadastr agentligi Termiz tuman bo‘limi mutaxassislari bilan «Hamkorlikda — korrupsiyasiz kelajak sari» mavzusida mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.

◾️ Uchrashuvda kadastr xodimlari tomonidan, mahalla faollariga so‘ngi yillarda sohaga oid qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlarining mazmun mohiyati xalqchil tilda tushuntirildi.

◾️Tadbirda asosiy e’tibor xalq orasida muhokamalarga sabab bo‘layotgan va “yangi aksiya” deb atalayotgan qonun loyihasining mazmun mohiyatini noto‘g‘ri talqin qilinishing oldini olishga qaratildi. Shuningdek, aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlarni atroflicha muhokama qilish, noqonuniy qurilishlarning oldini olish borasida mahallalar bilan hamkorlikda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari, sohada yuzaga kelishi mumkin bo’lgan korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan choralar muhokama qilindi.

◾️ Tadbir yakunida kelajakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan “Mahalla–Kadastr” hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yo‘l xarita ishlab chiqildi.

Hududlarda bunday jonli muloqotlar o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.


Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев хорижий инвестицияларни жалб қилишда банкларнинг иштирокига оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией об участии банков в привлечении иностранных инвестиций.

#Mirziyoyev #taqdimot #bank #investitsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari

🏠 Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

◾️ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
◾️yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🏠 Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

✉️ Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

📆 Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

⚖️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Vazirlar Mahkamasining 186-son qarori  bilan belgilanadi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #huquq

⚡️Dehqon xo‘jaligi yeriga bino va inshoot qurish taqiqlanadi

🫥Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak.

🫥Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi.

⚠️Yengil konstruksiyali issiqxonalarni va boshqa imoratlarni, shuningdek sug‘orish inshootlarini qurish mustasno.

❗️Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart.

Huquqiy asos:🌏 O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 01-apreldagi  680-son Qonuniga asosan

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyani to'xtatish mumkin

◼️Pora olish va berishda qanday javobgarliklar belgilangan?

👆 Batafsil mazkur infografika orqali ma'lumotga ega bo'ling.

#DavKadastrPalata #аока #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

⚡️Sherobod tumanida yer nazorati tadbirlari davomida navbatdagi holat aniqlandi.

Kadastr agentligining Sherobod tuman bo'lim inspektorlari tomonidan tumanning "Chorbog" MFY hududida o'tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbiri davomida fuqaro tomonidan "Kohitang yaylovi" ICHKga ijaraga berilgan yer maydonidan 0.0050 gektar o'zboshimchalik bilan egallab olib, 50.0 kv.metrdan iborat molxona binosi qurib olganligi holati aniqlandi

📄Aniqlangan holat yuzasidan tuman inspektorlari tomonidan fuqaroga noqonuniy qurilmasiga nisbatan O'.R.M.J.T.Kodeksning 60-modda, 3-qismi bilan ma'muriy jarima qarori qabul qilinib, ogohlantirish xati berildi

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📆Joriy yilning 14-19 may kunlari Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi Qozon shahrida “Rossiya-Islom dunyosi: Kazanforum” xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi.

🌐Forum dasturidan islom moliyasi, investitsiya, ishlab chiqarish, logistika, turizm, texnologiya, xalqaro hamkorlik, diplomatiya, biznes imkoniyatlar kabi mavzular bilan bir qatorda fazoviy maʼlumotlar infratuzilmasini rivojlantirish hamda ulardan strategik maqsadlarida foydalanish masalalari ko‘tarildi.

🫥Tadbir doirasida “Mamlakatlarni geofazoviy maʼlumotlar sohasida qo‘llab-quvvatlashda xalqaro hamkorlik” mavzusida panel muhokamalari o‘tkazildi hamda Rossiya va Islom dunyosi mamlakatlari o‘rtasidagi geodeziya va kartografiya sohasidagi hamkorlikning dolzarbliligi kabi masalalarni muhokama qilindi.

🌟Kadastr agentligi⭐️Respublika aerogeodeziya markazi direktori A.S.OmonovO‘zbekiston Respublikasida fazoviy maʼlumotlarni rivojlanishi” mavzusi bilan spiker sifatida ishtirok etdi.

➡️Bunda Kadastr agentligida kadastr, geodeziya va kartografiya ishlarida masofadan turib zondlash va geofazoviy maʼlumotlarni rivojlantirishda olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

#Kadastr_agentligi #Aerogeodeziya

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM