SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
19K photos
2.32K videos
22 files
11.4K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Тошкент шаҳрида миллий эстрада санъати асосчиси, Ўзбекистон халқ артисти Ботир Зокиров ҳайкали очилди. Шу муносабат билан ўтказилган тадбирда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этди.

В Ташкенте состоялось открытие памятника основателю национального эстрадного искусства, народному артисту Узбекистана Батыру Закирову. В мероприятии принял участие Президент Шавкат Мирзиёев.

#Mirziyoyev #marosim #BotirZokirov #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари Ботир Зокиров номидаги Миллий эстрада институти фаолияти билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

SAVOL: Ko'p qavatli uydan kvartira sotib oldim. Kadastr ro'yxatidan o'tkazishni 47 kv. metrli uyni ham 100 kv. metrli uyni ham narxi bir xil to'lanar ekan, shu to'g'rimi?

✍️ JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga ko'ra, Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kv. m gacha bo'lgan turarjoy ko'chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko'chirmalarga BHM ning 1.25 baravari miqdorida to'lov undiriladi. Shu sababdan, 100 kv. m gacha o'lchovda bo'lgan uylarga bir xil to'lov amalga oshirilgan.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #bilasizmi

⚡️Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda kadastr hujjatlari va ularning nusxalari talab etilmaydi.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda quyidagi hujjatlarni aholi va tadbirkorlik subyektlaridan talab qilish bekor qilingan:

shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
mehnat daftarchalari va ularning nusxalari;
kadastr hujjatlari va ularning nusxalari;
soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi;
diplom ma’lumotlari (oliy ta’lim va o‘rta maxsus);
tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlari;
“Manzil-ma’lumot”, shuningdek, doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar.

💠Bu turdagi hujjatlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olinadi.

🫥Yuqorida ko‘rsatilgan hujjat yoki ma’lumotlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanib, MJtKning 215-5-moddasiga asosan⚖️ ma'muriy javobgarlikka tortiladi.

Asos: 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.03.2021 yildagi
PF-6191-son va 24.07.2021 yildagi PF-6269-sonli farmonlari

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

🔴Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi
⚡️BUGUNGI KUN RAQAMLARI

🔵 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

🔵 bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

🔵 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

🔵 yoshga doir eng kam pensiyalar – 725 000 so‘m;

🔵 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔵 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔵 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m;

🔵 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 800 000 so‘m.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sariosiyo tumanida yer nazorati tadbirlari

🏢 Bugungi kunda Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi va tuman (shahar) bo'limlari tomonidan ham yer nazorati tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

🔷 Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan tumanning Kelachak sari mahallasi hududida o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlarida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan davlat zahirasidagi yer maydonini egallab olib, noqonuniy qurilish qurib olganligi holati aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilganida fuqaro tomonidan keyinchalik ushbu holat ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


📃O‘rmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomalari uch bosqichda rasmiylashtiradi:

◼️birinchi bosqichda — uch yil muddatga;

shartnoma majburiyatlariga rioya qilish, ijara to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni o‘z muddatida to‘lash, investitsiyalar kiritish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish natijalariga qarab:

◼️ikkinchi bosqichda — yigirma yil muddatga;
◼️uchinchi bosqichda — qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga.

🔹Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijara shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin.

🕐 O‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navbatdagi _siyosiy-maʼrifat# soat

🔰Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalari xodimlari "Siyosiy-maʼrifat soati"da faol qatnashmoqda. Zero siyosiy jarayonlarga befarq bo‘lmaslik jamiyat rivojiga hissa qo‘shishda faol bo‘lishni taʼminlaydi.

💠Mazkur "Siyosiy - maʼrifiy soat" haftaning har juma kunida tashkil etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Facebook Instagram YouTube