SURXONDARYO KADASTR
1.88K subscribers
19.1K photos
2.33K videos
22 files
11.4K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xalq xizmatida

🌟Bir necha yildirki, Davlat kadastrlari palatasining tuman, shahar filiallarida "Kadastr xalq xizmatida" shiori ostidagi tashabbus minglab insonlarning kadastr bilan bog'liq muammolarini hal etishda yordam berib kelmoqda.

◼️Filial xodimlari ishtirokidagi "Mahallabay", "Xonadonbay" o'rganish ishlari o'tgan bir haftada quyidagi hududlarda tashkil etildi:

▫️Surxondaryo viloyati
▫️Toshkent shahar
▫️Qashqadaryo viloyati 1, 2
▫️Namangan viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Jizzax viloyati

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aziz vatandoshlar va hamkasblar! 

🫥Siz azizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, ezgu tilaklarimni bildirishdan g‘oyat mamnunman.

🫥Ramazon hayitining maʼnaviy hayotimizda olijanob fazilatlarni, bag‘rikenglik, muruvvat, do‘stlik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Bu qutlug‘ ayyomda hammamiz, avvalo, mana shunday fayzli va barakotli kunlarga yetkazgani, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo ekanligi uchun Olloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz. 

🫥Hurmat bilan 🌟Davlat kadastrlari palatani Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i
Shaymardanov Sobir Xo‘shboqovich.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭐️Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i M.Abdiraxmanovning bayram tabrigi

Aziz va qadrli vatandoshlar!

🫥Ushbu shukuhli lahzalarda dunyo mo‘min-musulmonlarini, do‘st va hamkorlarimizni Ramazon bayrami bilan samimiy qutlab, ularning mamlakatlari va xalqlariga tinchlik-barqarorlik, ravnaq va farovonlik tilaymiz.

🫥Oila davrasida, mahallalarda muborak Iyd-al-fitr ayyomini xursandchilik bilan kutib olayotgan siz, muhtaram yurtdoshlarimni yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

🫥Niyati pok, maqsadlari ulug‘ xalqimizning ezgu orzu-intilishlari ro‘yobga chiqsin!

💠Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Xon atlas" haftaligida qadriyatlar
namoyon

🌏 Oila va xotin-qizlar qo'mitasi tashabbusi bilan joriy yilning 8-14-aprel kunlari butun mamlakatimiz bo'ylab aholida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg'usini shakllantirish, milliylikni asrash, o'zbekona kiyinish madaniyatini namoyon qilish maqsadida "Xon atlas" haftaligi bo'lib o'tmoqda.

🌟Ushbu haftalik doirasida Davlat kadastrlari palatasi ayollari ham faol ishtirok etib, barchaga milliylik va bahoriy kayfiyat ulashdilar. Ish joyida ham milliy qadriyatlarimizni yana bir bor yodga soldilar.

Xalqimizning ko'p asrlik boy madaniy merosi, chinakam go'zallik va nafosat namoyishi bo'lgan haftalikda sizni ham faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

#DavKadastrPalata #Xon_atlas

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yaqin tarixga nazar


🇺🇿 Respublikamizning hududlaridagi Joy nomlari, tarixi, geografik joylashuvi sizga qiziq bo‘lsa, Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati mazkur videoinformatsiyani e’tiboringizga havola etadi.

⚪️ Asr osha o'zgarmagan "Navbahor" an'anaviy o'zbek choyxonasi poytaxtda joylashgan.

📹 Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #toponimika #joy_nomlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar

🌟Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida Korrupsiyaga qarshi kurash bo'limi xodimlari tomonidan korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan davra suhbatlari, profilaktik tadbirlar muntazam o'tkazib kelinmoqda.

◼️O'tgan bir hafta davomida quyidagi hududiy boshqarmalarda shu mavzudagi tadbirlar o'tkazildi:

▫️Jizzax viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Buxoro viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Andijon viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqvaqti #bilasizmi #infografika

⚡️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari

❗️Qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofaza qilinishi lozim.

Huquqiy asos:
Yer kodeksi

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥Huquqiy ma'lumot🫥

⚖️ CHEGARA BELGILARINI, GEODEZIK NUQTALARNI VA CHEKLOV BELGILARINI YO'Q QILISH YOKI SHIKASTLANTIRISHDA JAVOBGARLIK BORLIGIDAN XABARDORMISIZ ?

💠 Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Chegara belgilarini, geodezik nuqtalarni va cheklov belgilarini yo'q qilish yoki shikast yetkazilgan taqdirda 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 69-moddasi bilan Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) barovari, mansabdor shaxslarga esa 5 (besh) barovarigacha jarima solishga sabab bo'ladi.

❗️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi.!

⭐️Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

Ijaraga olingan yerni boshqa shaxsga ijaraga berish mumkinmi


📄 Ijara to‘g‘risidagi Qonunning 8-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va ijara shartnomasida o‘zga shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ijarachi ijaraga olingan mol-mulkni, yer va boshqa tabiiy resurslardan tashqari, ijaraga beruvchining ruxsati bilan ikkilamchi ijaraga topshirishga haqlidir.

😄 Bunda ijaraga oluvchi shartnomaga muvofiq ijaraga beruvchi oldida javobgar bo‘lib qolaveradi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi

⚡️BUGUNGI KUN RAQAMLARI

💠 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

💠 bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

💠 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

💠 yoshga doir eng kam pensiyalar – 725 000 so‘m;

💠 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

💠 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

💠 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m;

💠 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 800 000 so‘m.

Kanalga ulanish
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkinmi

🇺🇿 Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-871, 23.10.2023 y) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritildi. Unga asosan, Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha huquq va majburiyatlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatiladi

🇺🇿Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-923-son, 02.04.2024 y.) bilan Soliq kodeksiga qo‘shimchalar kiritildi.

📃Unga ko‘ra:

▶️ “Hamkorlik shartnomalari”ga asosan “20 ming tadbirkor –500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga (bundan Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari mustasno) ayrim soliqlarni hamda aylanmadan olinadigan soliqni ushbu tadbirkorlar yaratgan yangi ish o‘rinlari soniga qarab quyidagi muddatlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi:

◾️ 51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – 3 oygacha;

◾️ 101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – 6 oygacha;

◾️ 200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratilganda –12 oygacha.

Shuningdek, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini 2025-yil 1-yanvargacha quyidagi miqdorda pasaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi:

51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – belgilangan soliq stavkasining 50 foizi;

101 dan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – belgilangan soliq stavkasining 75 foizi;

200 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilganda – ushbu soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.

❗️ Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer olgan yoshlarga 100 mln soʻmgacha kredit ajratiladi


📃 Qarorga koʻra, Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim boʻyicha talabgorlarga quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralari joriy etiladi:

◼️ Prezident qarorida nazarda tutilgan shartlarda va mablagʻlar doirasida talabgorlarga tijorat banklari tomonidan 7 yilgacha muddatga 100 mln soʻmgacha kredit ajratish;

◼️Bunda, qaror doirasida barcha turdagi kreditlarni “mahalla yettiligi”ning kafilligi asosida ajratishga ruxsat beriladi hamda ular kreditlarning natijadorligi uchun teng javobgar boʻladi.

◼️ talabgorlarga mini-texnika, urugʻ va koʻchat xaridiga “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan 5 million soʻmdan subsidiya, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan – 33 mln soʻmgacha kredit ajratish;

◼️ joylardagi 167 ta “Agromarkazlar” orqali xususiy sektorni jalb etgan holda urugʻ, koʻchat yetkazish, mineral oʻgʻit berish, mini-texnika va agronom xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi hamda yetishtirilgan mahsulotni xarid qilishga qayta ishlovchilar va eksport qiluvchilar biriktiriladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati

⚡️ KADASTRDA YANGI XIZMAT !

⭐️ Kadastr sohasiga doir yana bir yangi xizmat, “Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash” davlat xizmati my.gov.uz portalida ishga tushirildi.

🖥 Bu esa fuqarolarga onlayn ariza berish orqali ko‘chmas mulkni birlashtirish va birlashtirilishi natijasida hosil bo‘lgan mulkning yangi chegaralari belgilanganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma olish imkoniyatini beradi

✔️Ushbu xizmatdan barcha yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi!

🪙 Xizmat narxi BHMning 1 baravar miqdorida.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


📃 Davlat mulkidan foydalanganlik davri quyidagicha belgilanadi:

◼️Davlat mulki belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzmasdan foydalanishga berilganda, joriy yil 1-yanvar sanasidan holat aniqlangan sanaga qadar;

◼️ijaraga beruvchi ishtirokida avval tuzilgan ijara shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng davlat mulki belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzmasdan foydalanishga berilganda, avvalgi ijara shartnomasi muddati tugagan sanadan holat aniqlangan sanaga qadar;

◼️davlat mulki ijara shartnomasiga kiritilmasdan ijaraga berilganda, shuningdek, ijara shartnomasida ijaraga berilgan mulkning parametrlari va soni kamaytirib ko‘rsatilganda, ijara shartnomasi tuzilgan sanadan holat aniqlangan sanaga qadar.

Bunda hisoblangan davr uchun to‘lov o‘sha yilga belgilangan ijara to‘lovining eng kam miqdoriga mutanosib hisoblanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy
hisoblanmaydi.

🗓 Tegishli huquq paydo bo'lgandan keyin 1 oy ichida ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.

🖥 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun😄Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

🪙 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln so'm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln 10 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM