SURXONDARYO KADASTR
1.97K subscribers
21.5K photos
2.54K videos
22 files
12.5K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Kadastr agentligi xodimlari 🇰🇷Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi Yer va fazoviy maʼlumotlarni axborotlashtirish (LX) korporatsiyasining Seuldagi Global markazida malaka oshirdi.

Malaka oshirish kurslari 20-29 mart kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda agentlik masʼullari:

📱 Koreya manzillar reestri tizimi bilan tanishuv;
🌐Koreya yer siyosati va kadastr tizimi bilan tanishuv;
🌐Fazoviy maʼlumotlar yo‘nalishida kadrlarni tayyorlash siyosatini joriy etish;
🗺Koreyaning geofazoviy axborot siyosatining joriy holati;
⌨️Sunʼiy yo‘ldosh tasvir platformasi va tasvir tahlilini joriy etish;
📍Ko‘chmas mulk hujjatlarining tizimi bilan ishlash kabi mavzular bo‘yicha malakali mutaxassislar hamda professor o‘qituvchilardan bilim va ko‘nikmalar oldi.

Shuningdek, Geofazoviy axborot akademiyasi, LX malaka oshirish instituti, Milliy geografik axborot instituti (NGII), Incheon Metropolis shahri yer departamenti, Smart Seul hamda Koreya hududlarni rivojlantirish muzeyi faoliyati bilan tanishildi.

Malaka oshirish kurslari yakuni bo‘yicha agentlik masʼullari sertifikatga ega bo‘lishdi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_Infografika.
🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 2024-yilning 3 oy davomida kelib tushgan murojaatlar tahlili.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
◾️ Халқ депутатлари Тошкент шаҳри Кенгашининг навбатдан ташқари сессияси бўлиб ўтмоқда. Унда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этди.

◾️ 979 та ер участкасини аукционга чиқариш, қишлоқ хўжалигидан саноат ва аҳоли пункти тоифасига ўтган 175 гектар ерларни тадбиркорларга бериш орқали янги лойиҳаларни амалга ошириш мумкин.

◾️ Шаҳар ҳокимини тайинлаш масаласи овозга қўйилди. Овоз бериш натижаларига кўра, Шавкат Умурзоқов Тошкент шаҳри ҳокими этиб тасдиқланди.

◾️ Юнусобод туманида 6 минг хонадонли янги уй-жойлар қурилди, 8 мингта янги ўқувчи ўрни ташкил қилинди, 3 та олийгоҳ очилди. Хусусий боғча, мактаб ва шифохоналар сони бўйича ҳам Юнусобод пойтахтдаги етакчи туманлардан бирига айланди.

◾️ Президент пойтахтдаги 12 та туман бир-бири билан туташиб кетгани, уларни иқтисодий чегараси йўқлиги боис тадбиркорларга шароит яратиш ва аҳоли даромадларини ошириш бўйича бошқача ёндашув кераклигини таъкидлади.

◾️ Шундай лойиҳаларни банк филиаллари ўрнида ҳамда давлат ташкилотлари эгаллаб турган 24,5 гектар негизида ҳам амалга ошириш мумкин.

◾️ Президент ер ўта чекланган шароитда бор инфратузилмани вертикал ўстириш орқали саноат ва савдони ривожлантириш зарурлигига алоҳида эътибор қаратди.

◾️ Ижтимоий соҳада хусусий шериклик лойиҳаларини кўпайтириш орқали ҳам иш ўринларини яратиш мумкинлиги таъкидланди.

◾️ Шунингдек, тумандаги 44 та мактабни ўтган йили 4 минг 400 нафар ўқувчи битирган бўлиб, 1 мингтаси IELTSдан юқори балл олган. Улардан 3,5 мингтаси ёки 78 фоизи олийгоҳларга кирган.

◾️ Йиғилишда Юнусободда ўтказилган бир ҳафта ўрганиш давомида 600 миллион доллар инвестиция жалб қилиш, 35 мингта юқори даромадли иш ўрни яратиш учун имкониятлар аниқлангани қайд этилди.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4-aprel – Butunjahon internet kuni

🫥Har yilning 4-aprel sanasi dunyoning turli mamlakatlarida Butunjahon internet kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu kun munosabati bilan eʼtiboringizga internet haqidagi qiziqarli faktlarni keltirib oʻtamiz.

🫥Bugungi kunda dunyo aholisining 4,5 milliardi internetdan foydalanadi, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining soni esa 3,8 milliarddan oshgan.
🫥Internet foydalanuvchilari sonining oshish koʻrsatkichi yiliga 8,2 foizni tashkil qiladi.
🫥Oxirgi 4 yillik vaqt ichida internet foydalanuvchilari 50 million kishiga oshdi.
🫥Internet foydalanuvchilarining asosiy qismi – 2 milliarddan ortigʻi Osiyo mamlakatlari hududida yashaydi.
🫥 Internet foydalanuvchilarining 32 foizini 25-34 yoshdagilar tashkil qiladi.
🫥 Foydalanuvchilarning 65,9 foizi “Chrome” brauzeridan foydalanadi.
🫥Qidiruv tizimlari bozoridagi eng katta ulush “Google” kompaniyasiga tegishli boʻlib, bu koʻrsatkich 92,78 foizni tashkil qiladi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥Kadastr atamalari🫥

🗺 Chegarani delimitatsiya qilish – qoʻshni davlatlar oʻrtasidagi davlat chegarasining umumiy holati va yoʻnalishini muzokaralar yoʻli bilan aniqlash.
Delimitatsiya toʻgʻrisidagi farmonlar odatda tinchlik shartnomalari yoki davlat chegaralarini belgilash yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi maxsus bitimlarning ajralmas qismi hisoblanadi.

Demarkatsiya - ajratish chizig'ini chizish; chegaralarni aniqlash.

➡️ Delimitatsiya materiallari chegarani aniqlashning keyingi bosqichi - uni yerga chizish (demarkatsiya) uchun asos bo'lib xizmat qiladi. "Delimitatsiya" atamasi ko'pincha Xalqaro kosmik huquqda qo'llaniladi.
#SurxonKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OGOH BO’LING!
Har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham kuchli‼️


😄Davlatimiz Rahbari raisligida 2023-yil 27-oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda respublikada 2 million 400 mingdan ortiq xonadonning egalik hujjati yo‘qligi, ularning kadastr hujjati qilinsa, odamlarga huquqiy, iqtisodiy zamin bo‘lishi ta’kidlanib, hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish bo‘yicha qonun loyihasini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

❗️Ammo hali qonun qabul qilinmagan bo‘lsada, hujjat qilib olish umidida ayrim fuqarolar tomonidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish qilish holatlari kuzatilmoqda.

Batafsil video lavhada.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati.

Telegram Facebook Instagram YouTube
#bilasizmi #kadstr_xizmati #VM_71

⚡️O‘zingizga tegishli yer uchastkangizni masofadan turib xususiylashtirish imkoniga egasiz

🖥Endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar my.gov.uz orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

✉️Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga yo‘naltiriladi. Xususiylashtirishga monelik qilmaydigan tomonlari tekshirilgach, fuqaroga xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi va talabgor to‘lovni amalga oshiradi.

💰Xizmat uchun to‘lov miqdori:
🫥Arizani ko‘rib chiqish uchun - 27 000 so‘m

💰Xususiylashtirish to‘lovi
🫥viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari,
🫥boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida

➡️To‘lov amalga oshirilgach, yer uchastkasiga bo‘lgan davlat orderi beriladi. Ushbu order asosida kadastr organlari yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi

🌏 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (426-son, 29.08.2023 y.) bilan tasdiqlangan "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizom ko‘ra,

🫥Manfaatdor shaxs ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda Davlat kadastrlari palatasi masʼul xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilib, Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiquvchi komissiyaga yozma yoki Davlat kadastrlari palatasi rasmiy veb-sayti orqali elektron murojaat qilishi mumkin.

Komissiya murojaatni kelib tushgan kundan eʼtiboran 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqishi shart (murojaatlar soni bir yoki bir nechta bo‘lishidan qatʼi nazar).

Manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili murojaatlar ko‘rib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.

Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.

✍️ Manfaatdor shaxs Komissiya qaroridan norozi bo‘lsa, qarorni olgan kundan boshlab 2 oy muddatda apellyatsiya komissiyasiga murojaat qiladi.

✔️Apellyatsiya komissiyasi murojaatni 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.

‼️ Manfaatdor shaxs Komissiya va apellyatsiya komissiyasi qarorlaridan norozi bo‘lgan holatlarda belgilangan muddatlarda sudga shikoyat qilishi mumkin.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

OAV biz haqimizda

⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida "UZKAD" tizimi bo'yicha bo'lib o'tgan matbuot tadbiridan lavhalar "Sevimli TV" telekanalining "Zamon" informatsion dasturida efirga uzatildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Avval xabar berganimizdek, 🌟Kadastr agentligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarga bir necha turdagi o'lchov qurulmalari hamda dasturiy ta'minotlar yetkazib berildi.

⚙️ Yetkazilgan o'lchov qurulmalari hamda dasturiy ta'minotlar kadastr xodimlari tomonidan amaliyotda sinab ko'rildi va kerakli tushunchalar berildi.
Quyida hududlarda tashkil etilgan seminarlar:

➡️ Surxondaryo viloyati
➡️ Andijon viloyati
➡️ Toshkent shahar
➡️ Farg'ona viloyati
➡️ Xorazm viloyati
➡️ Namangan viloyati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM