SURXONDARYO KADASTR
1.99K subscribers
21.6K photos
2.56K videos
22 files
12.6K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
⭐️Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining, Sho'rchi tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning "Shakarko'l" mahallasida joylashgan "Katta chinor shabada"
F/X
ga tegishli bo'lgan yer maydonidan ushbu mahallada yashovchi fuqaro J.O tomonidan hech qanday huquqiy xujjatlarsiz 0.04 gektar yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi holati aniqlandi.

🫥Aniqlangan holat yuzasidan, ⭐️Kadastr agentligi Sho'rchi tuman bo'limi inspektorlari tomonidan fuqaro J.O ning o'zboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkasiga nisbatan O'.R.M.J.T.Kodeksning 60-modda, 2-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilgan.

🫥Shundan so'ng, fuqaro J.O tomonidan o'zboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkasini berilgan muddat ichida fermer xo'jaligi tasarrufiga qaytarilishi ta'minlanib, yer qonun buzilish holati oldi olindi.

⭐️Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining
Axborot xizmati

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

🫥Ko‘chmas mulkni bo‘lish mulkdor arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi🫥

🏠Umumiy mulk bo‘lgan ko‘chmas mulk uning mulkdorlarining (ishtirokchilarining) o‘zaro kelishuviga ko‘ra bo‘linadi.

🫥 Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi.

➡️Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.

🏢Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.

📄 Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.

Asos:
🌏O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi 803-sonli qonuniga ko'ra

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi #Bandixon_tumani

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

🫥Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisilari tomonidan Bandixon tuman bo‘limida qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

🫥 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suisteʼmol qilmasligi uqtirildi. O‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

🫥Shuningdek, xodimlarini ish joyiga vaqtida kelib ketishlarini nazorat qilish, xodimlarni funksional vazifalarini to'liq bajarishlari, ichki mehnat tartib qoidalari va obob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, kiyinish madaniyati va boshqa masalalar yuzasidan ham so'z bordi.

🫥Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Мамлакатимизда инфаркт ва инсульт асорати оқибатида фаол ҳаёти чекланган аҳолини тиббий ва ижтимоий реабилитация билан тўлиқ қамраб олиш муҳимлиги қайд этилди.

Бу борадаги ишларни яхлит тизим асосида ташкил қилишга кўрсатма берилди.

Шу муносабат билан мутасаддиларга инсульт ва жарроҳлик амалиётидан сўнг реабилитация қилиш бўйича ягона миллий тизим яратиш, телевидение, радиода соғлом турмуш, тўғри овқатланиш тарғиботини кучайтириш юзасидан топшириқлар берилди.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xorijda yer munosabatlari

🇸🇬 Hududining kichikligi bo‘yicha dunyoda 20-o‘rinda turuvchi Singapur davlatining umumiy maydoni 733 kv.kmni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, bu Tokiodan 3 barobar, Londondan esa 2 barobar kichik deganidir. Singapurda yer o‘ta taqchil va noyob resurdir.

📹 Batafsil ushbu videoda...

#DavKadastrPalata #xorijda_yer_munosabatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KADASTR SOHASIDA ZAMONAVIY TEXNOLIGIYALAR

⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi tizim tashkilotlari o‘lchov vositalari bilan ta’minlanayotgani haqida ma’lumot bergandik.

📝 Texnikalar bilan ishlovchi xodimlar uchun amaliy seminarlar tashkil etilib, ma'lumotlar berilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tizimida ishlovchi mutaxassislar uchun ham ana shunday seminar bo'lib o'tdi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠Ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlarni rekonstruksiya qilishda xavfsizlik talablari yuzasidan quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:

🔺 rekonstruksiya qilinadigan konstruksiyalarda, ushbu konstruksiyalarning yuk ko‘taruvchi qobiliyatini baholamagan holda, devor yoriqlari va ustki shikastlanishlarni yopib tashlashga;

🔺devorlar yoki poydevorlardagi muhandislik kommunikatsiyalarining kirish joylarini mahkam yopib tashlashga;

🔺7 — 10 ballik seysmik zonalarda gaz plitalarini (polga yoki devorga) mahkamlanmagan holda qoldirishga;

🔺deformatsion va antiseysmik choklarni beton yoki devor terish yo‘li bilan mahkam yopib tashlashga;

🔺temir-beton elementlarning (ustunlar, rigellar, panellar, antiseysmik kamarlar va boshqalar) armaturasini ochib tashlashga (agar konstruksiyani mustahkamlash zaruriyati bilan yuzaga keltirilmagan bo‘lsa) yo‘l qo‘yilmaydi.

❗️O‘ta murakkab obyektlarni zilziladan so‘ng tiklashda, eski bino va inshootlarning zilzilabardoshliligini oshirish uchun rekonstruksiya qilishda mavjud konstruksiyalarni ta’mirlash jarayonida ular ochilgandan so‘ng ularning laboratoriya va instrumental sinov tahlillari natijalariga ega bo‘lishi lozim.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌟 Kadastr agentligi direktor o'rinbosari Abdushukur Abdullayev O'zbekiston milliy fazoviy axborot salohiyatini kompleks mustahkamlash tizimini tashkil etish loyihasi haqida 🎙"O'zbekiston24" radiosiga intervyu berdi.

▶️ Batafsil videoda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaatlar #qonun
✏️Murojaatlarni ko‘rib chiqishni rad etgan mansabdorlarga qanday javobgarlik bor ?

🦅Qonunchilikka ko‘ra,

🫥 jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;

🫥 murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;

🫥 murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;

🫥 murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;

🫥 jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik

🌀 mansabdor shaxslarga 330 ming so‘mdan 990 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #Surxondaryo

🌍 Maqsadsiz foydalanilgan yer maydonlari viloyat zaxirasiga qaytarildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
va uning tuman (shahar) bo'lim inspektorlari tomonidan Joriy yilning 2 oyi davomida jami 19 ta holatda 7581,4 gektar yer maydonlari fuqarolar hamda tadbirkorlar tomonidan maqsadsiz foydalanib kelinayotganligi aniqlangan.

🌀 Aniqlangan holatlar yuzasidan 19 ta holatda 7581,4 gektar yer maydonini tuman shahar zaxira yer maydonlari tarkibiga qaytarish maqsadida hokimliklarga taqdimnomalar kiritildi. Shundan 4 ta holatda 24,73 gektar yer maydonlari zaxiraga qaytarilishi ta'minlandi, qolgan 15 ta holatda 7556,73 gektar yer maydonlari zaxiraga qaytarish jarayonidagi yerlarni tashkil etadi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati

Telegram Facebook Instagram YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Yer fondi toifalari

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yer resurslarining holati bo'yicha Milliy hisobotni yuritish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 578-qarorida Respublikamizdagi yer fondi toifalari, yer hisobini yuritish tartibi tasdiqlangan.

🌱 Mazkur videoinfografika orqali O‘zbekiston Respublikasining 8 ta yer fondi toifasi va uning kichik toifalari haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #yer_fondi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyatining yer fondi haqida xabardormisiz

➡️Surxondaryo viloyatining umumiy yer maydoni
2 009 911 gektarni tashkil qiladi.


📹 Batafsil videoda

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish jarimaga sabab bo'ladi

🫥 Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi, muassisi (ishtirokchisi) yoki mol-mulkining mulkdori yoki jismoniy shaxs yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish, ya’ni to‘lovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki ko‘paytirish, ushbu yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik yoxud jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligiga olib kelsa, kreditorlarga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

💠 Yakka tartibdagi tadbirkor kreditorlarning pul majburiyatlari bo‘yicha talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmasa, sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.

Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs kreditorlarning pul majburiyatlari bo‘yicha talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmasa, agar tegishli talablar uning ilgarigi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan bo‘lsa, belgilangan tartibda sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27-Mart,“Xalqaro teatr kuni”

💠Inson ma’naviyatini tarbiyalashda teatr san’atining o’rni beqiyos. Zero san’at insonni ma’naviy jihatdan boyitadi, ijodiy qobilyatini rivojlantiradi, ezgulik sari yetaklaydi.

💠27 mart- Xalqaro teatr kuni 1961 yili YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan Avstriyaning Vena shahrida bo`lib o`tgan IX kongressida ta`sis etilgan edi. Hozirgi kunda jahonning 100 dan ziyod mamlakatlarida 27 mart kuni teatr san`ati hodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

💠Xo‘sh, teatr nima o‘zi? Bu tushunchaning ma’nosi keng. Teatr deganda, avvalambor san’atning kattakon bir turini tushunamiz.
Shu bilan birga teatr – bu tomosha – spektaklning o‘zi; tomosha ko‘rsatiladigan joy, spektakl qo‘yiladigan bino hamdir. Hech bir san’at teatr o‘rnini bosolmaydi. Chunki teatrda tomoshabin bir to‘p iste’dodli kishilar bilan birvarakayiga jonli muloqotda bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭐️ Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining, Termiz tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning "Orol" mahallasida yashovchi fuqaro Sh.M tomonidan o'zining savdo do'koni oldi qismiga o'zboshimchalik bilan M39 Avtomobil yo'lining muhofaza hududidagi 0.01 gektar yer maydonini hech qanday huquqiy xujjatlarsiz egallab olib, 43.75 kv.metrdan iborat yengil tipdagi bostirma o'rnatib olganligi holati aniqlandi.

🫥 Aniqlangan holat yuzasidan, ⭐️Kadastr agentligi Termiz tuman bo'limi inspektorlari tomonidan fuqaro Sh.M ning o'zboshimchalik bilan qurib olgan bostirma binosiga nisbatan O'.R.M.J.T.Kodeksning 60-modda, 2-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilgan.

🫥 Shundan so'ng, fuqaro Sh.M tomonidan o'rnatib olgan yengil tipdagi bostirma binolarini berilgan muddat ichida bartaraf etilib, yer maydoni o'z holatiga qaytarilishi ta'minlandi.

⭐️Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining
Axborot xizmati

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM