SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
18.8K photos
2.29K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA
💠 "HALQ YO‘LI" gazetasining 2024 yil 21-Fevral №4 (729)-sonida 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i S.Shaymardanov tomonidan "Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish afzalliklari yoxud rasmiylashtirmaslik oqibatlari " nomli maqolasi chop etildi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Denov tumanida sayyor qabul


⚡️Ayni damda, Surxondaryo viloyatining Denov tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari Nozimjon Inamov boshchiligida tuman fuqarolarining kadastr masalasidagi muammolarini o'rganish maqsadida sayyor qabul bo'lib o'tmoqda.

🌟 Raisning birinchi o'rinbosari va hududning tizim mutasaddilari tomonidan fuqarolar bilan yuzma-yuz bo'lgan holda muammolariga tegishli yechim va huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.

🔤 Shu paytgacha 20 dan ortiq fuqaro va tadbirkorlarning murojaatlari ko'rib chiqildi. Sayyor qabul davom etmoqda.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎 🎤🎤🎤🎤

🌟 Kadastr agentligida "E-yer nazorat" AAT dasturining taqdimoti bo'lib o'tdi.

🟢Bugun 🌟Kadastr agentligi hamda tizim tashkilotlarida Ommaviy axborot vositalari xodimlari va mustaqil blogerlar ishtirokida Kadastr agentligi tomonidan yuritiladigan yer va kadastr nazoratida shaffof mexanizmni shakillantirish maqsadida ishlab chiqilgan "E-yer nazorat" AAT dasturi taqdimoti bo'lib o'tdi.

🌟“E-YER NAZORAT” AAT yaratilishi natijasida Yer va kadastr nazorati sohasidan, Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish ishlarini amalga oshirishda huquqbuzarliklarni aniqlashdan bartaraf etilgunga qadar samarali davlat nazorati o‘rnatilishiga erishildi.

▶️Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 21-fevraldagi PQ–138-son qaroriga asosan takomillashtirildi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan integratsiya qilingan Ichki ishlar vazirligining “E-maʼmuriy ish” axborot tizimi o‘rtasida maʼlumot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

“E-YER NAZORAT” AAT dasturi joriy qilinishi natijasida ortiqcha qog‘ozbozlik va huquqbuzarlikni bartaraf etishda muddatlar qisqarishi va hujjat almashishni samaradorligiga erishildi.

#kadastr_agentligi #taqdimot #e_yer_nazorat_aat

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA
🧊 "Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish afzalliklari yoxud rasmiylashtirmaslik oqibatlari 🧊

💰 Mavzuga doir to'liq ma'lumotlarni "DIYOR 24" telegram kanalida o'qishingiz mumkin.

📍Batafsil: "DIYOR 24" maqolasida

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🟢Joriy yilning 21-fevral kuni 🌟Kadastr agentligida Jahon bankining texnik baholash guruhi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

▶️ Uchrashuvda 🇺🇿O‘zbekiston hukumati uchun ishlab chiqilgan “Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini (FMMI) baholash va amalga oshirish rejasi” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.

📄Hujjatda 🇺🇿O‘zbekistonda FMMIning rivojlanishi bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil natijalari va natijada sohaning rivojlanishi baholandi.

‼️Maʼlumot o‘rnida: Ushbu baholash keng doiradagi asosiy manfaatdor tomonlar bilan birma-bir suhbatlar va bir qator tadqiqotlar amalga oshirilgan. Baholash ishlarida Jahon banki jamoasi BMT Global geofazoviy axborot boshqaruvi (UN-GGIM)ning geofazoviy axborot kompleks tizimini (IGIF) asos qilib olingan.

🟢Uchrashuvda Jahon Bankining ekspertlari tomonidan geofazoviy axborot boshqaruvini takomillashtirish yuzasidan takliflari eshitildi va qizg‘in muhokama qilindi. Ekspertlar tomonidan FMMI rivojlantirish uchun 9 yo‘nalish bo‘yicha 43 ta tadbirni o‘z ichiga olgan 10 yil davomida bajarilishi kerak bo‘lgan harakatlar rejasi taqdim etildi.

Mazkur reja Jahon Banki moliyaviy ko‘magida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan FMMI rivojlantirish investitsiya loyihasining dastlabki asoslash hujjatlari uchun asos bo‘lishi eʼtirof etilib, hamkorlikning keyingi bosqichida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha kelishib olindi.

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев авиация соҳасидаги давлат корхоналари трансформацияси бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по трансформации государственных предприятий в сфере авиации.

#Mirziyoyev #taqdimot #aviatsiya #transformatsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X