SURXONDARYO KADASTR
1.87K subscribers
18.8K photos
2.28K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

⚖️ Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Denov tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning "S.Raximov" massividagi suv inshootiga tegishli bo'lgan yer maydonidan "Shaxrinav" mahallasida yashovchi fuqaro S.N.T tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 0.01 gektar yer maydonini egallab olib, 45 kv.metrdan iborat molxona binosi uchun fundament qurib olganligi holati aniqlandi.

🟢 Aniqlangan holat yuzasidan Denov tuman bo'limi inspektorlar tomonidan fuqaro S.N.T ning noqonuniy fundament binosiga nisbatan MJTKodeksning 60-modda, 3-qismi bilan ma'muriy jarima qarori qabul qilinib, ogohlantirish xati berilgan.

☑️ Shundan so'ng, tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilgan fundament fuqaro S.N.T tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishildi va ushbu yer maydoni o'z holatiga qaytarilishi ta'minlandi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
Inson manfaatlari yo'lida Kadastr xizmati

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining barcha 15 ta tuman (shahar) filiallari xodimlari “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida, aholini kadastr xizmatiga bo‘lgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va hal etish uchun "mahallabay", "xonadonbay" ish tashkil qilingan.

🫥Shu bois, ⭐️Kadastr xodimlari tomonidan "Aholi manfaatlari yo'lida" Sho‘rchi tumani, To‘la, Yoshg‘ayrat, Ibn-Sino, Oq kamar mahallalarida yashovchi bir qancha
fuqarolarga Kadastr sohasiga oid murojaatlar borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

🫥Maqsadimiz xalqimizni kadastr xizmatidan rozi qilishdir.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Matbuot xizmati

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿“Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-907-son, 14.02.2024 y.) Prezident tomonidan imzolandi

📃 Unga ko‘ra, xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari quyidagilardan iborat:

▪️davlat ko‘chmas mulk obyektlari;
▪️davlat ulushlari (aksiyalari, ulushlari);
▪️davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari.

Davlat mulki, to‘liq yoki qisman xususiylashtirilishi mumkin. (Bundan davlat mulkini boshqarish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirilmaydigan davlat mulki mustasno).

◼️Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

◼️Xususiylashtiriladigan davlat mulkining boshlang‘ich narxi vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilanadi.

👔Davlat mulkini xususiylashtirish quyidagi usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi:

- auksion;
- tanlov savdolari;
- muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish;
- raqobatga asoslangan muloqot;
- birja savdolari;
- davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini mulkiy majmua tarzida xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;
- davlat ulushlarini va davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;
- davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini keyinchalik xususiylashtirish sharti bilan ijaraga berish.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #bilasizmi

⚡️Nogironligi bo‘lgan shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab beriladi

✔️ Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab berilishi belgilangan.

⚖️ Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oila tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, BHMning 100 baravarigacha (34 mln so‘mgacha) miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer uchastkasini uydan chiqmasdan turib xususiylashtirishingiz mumkin

🗓 Onlayn ariza topshirishga 4 daqiqa, javobni olishga esa 5 kun kifoya qiladi

◼️o‘zingizga tegishli ko‘chmas mulk – yer uchastkalarini (ko‘p qavatli uylar bundan mustasno) my.gov.uz portali orqali onlayn xususiylashtirishingiz mumkin. (agar bino kadastrdan o‘tmagan bo‘lsa, yer xususiylashtirilmaydi)

◼️Jismoniy shaxslardan hech qanday hujjat talab etilmaydi

🧑‍💻Yuridik shaxslardan: yuridik shaxsning yer uchastkasini sotib olish to‘g‘risidagi qarori so‘raladi.

Ushbu qulaylikdan foydalanish uchun my.gov.uz portaliga kirib:

😏 tegishli xizmatni tanlanadi
😞 bo‘sh katakka kadastr raqamini yoziladi
😟 o‘ziningiz haqingizdagi ma’lumotlarni tekshirasiz va to‘ldirasiz
😕 yakunida to‘lovni amalga oshiriladi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #bilasizmi

🫥Qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish🫥

✍️ Tegishli loyiha tashkiloti bu obyektlarning qurilishi boshlanganligini tasdiqlasa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.

🏠Bino va inshootning poydevorini hamda birinchi qavati devorlarini tiklash yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asos bo‘ladi.

📑 Qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlar bu obyekt joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin va loyiha tashkilotining mazkur obyektning qurilishi shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan shaharsozlik loyihasi asosida boshlanganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

⚖️ Elektron onlayn-auksion orqali investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan olingan yer uchastkalarida, shuningdek o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida joylashgan qurilishi tugallanmagan obyektlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.

Asos:
“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.)

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️DIQQAT E’LON!▪️

❗️  Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar!

💠 Sizning  kadastr xizmatiga oid savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

👔 ⌨️⌨️⌨️⌨️⌨️⌨️"Ko‘chmas mulkka kadastr pasporti shakllantirish va unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish"

▶️ Jonli efir 🚀TELEGRAM platformasi orqali o‘tkaziladi.

📆 Vaqti: 2024-yil 16-febral, soat 10:00 da

🗣Savollaringizni surxonkadastr_aloqa manziliga yo'llashingiz mumkin.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (55 minutes)
#Navbatdagi _siyosiy-maʼrifat# soat
🔰Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalari xodimlari "Siyosiy-maʼrifat soati"da faol qatnashmoqda. Zero siyosiy jarayonlarga befarq bo‘lmaslik jamiyat rivojiga hissa qo‘shishda faol bo‘lishni taʼminlaydi.

💠Mazkur "Siyosiy - maʼrifiy soat" haftaning har juma kunida tashkil etiladi.

Telegram Facebook Instagram YouTube