SURXONDARYO KADASTR
1.88K subscribers
18.7K photos
2.27K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Кадастр агентлиги матбуот анжумани
#13feb #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Matbuot anjumanidan

⚡️ Matbuot anjumanida yig‘ilganlar e’tiboriga quyidagi ma’lumotlar taqdim etildi:

◼️Kadastr idoralari tomonidan 2023-yil davomida ko‘rsatilgan xizmatlar 2 499,7 mingta (ijobiy yakunlangan murojaatlar 1 830,9 mingta)ni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan (2 130,7 mingta, ijobiy yakunlangan murojaatlar 1 589,1 mingta) +369,0 mingtaga yoki 117%ga oshgan

◼️Kadastr pasportini shakllantirish uchun 2023-yil davomida jami kelib tushgan murojaatlar soni 785 318 ta bo‘lib, shundan, ijobiy yakunlanganlari 515 487 ta, jarayondagi murojaatlar 15 074 ta (ko‘rib chiqilayotganlari 6 097 ta, to‘lov jarayonida 8 977 ta), rad etilganlar soni 254 757 tani tashkil etadi.

◼️Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun, 2023-yil davomida jami kelib tushgan murojaatlar soni 1 127 392 ta bo‘lib, shundan, ijobiy yakunlanganlari 795 160 ta, jarayondagi murojaatlar 41 887 ta (ko‘rib chiqilayotganlari 3 313 ta, to‘lov jarayonida 38 574 ta), rad etilganlar soni 290 345 tani tashkil etadi.

▪️Ravshan Nishanov
Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari


#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_huquqiy_targibot

⚖️HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Ayni damda, ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari hamda ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo bo'linmasida 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.01.2024-yildagi PF-8-sonli Farmoni va 09.01.2024-yildagi PQ-8-son qarorlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini xodimlarga yetkazish yuzasidan o'quv seminar o'tkazildi.

Seminarni Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi huquqshunosi A.Toshboyev hamda Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi bo'lim boshlig'i A.Sadullayevlar va soha xodimlari ishtirokida olib borishdi.

O'tkazilgan seminarda kadastr xodimlari mavzuga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 9 yanvardagi PF-8-son Farmonga ko‘ra,
2024-yil 1-martdan litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning 22 turi bekor qilinadi.
Shuningdek, 2024-yil 1-martdan:
- litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga qo‘llanilgan jarima summasi miqdorining 50 foizi 15 kun ichida, 70 foizi 30 kun ichida ixtiyoriy
ravishda to‘langanda, huquqbuzar jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod etiladi;
- litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish jarayonida video aloqa vositalari yordamida talabgorlarning litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talab va shartlariga muvofiqligini masofadan turib baholash tartibi joriy etiladi;
🫥O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 9 yanvardagi PQ-8-son qarori qilindi, ushbu qarorga muvofiq
- tadbirkorlardan 8 turdagi hisobotlarni talab qilish bekor qilinishi va boshqa ma'lumotlar to'g'risida o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun - buyuk shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun!

⚜️Ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, markazlashgan davlat — boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda tug‘ildi. Amir Temurning beshinchi avlodi, Farg‘ona hukmdori Umarshayxning farzandi.

⚜️Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503-1504 yillarda Afg‘onistonni egalladi. 1519-1525 yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi. Uch asrdan ortiq davom etgan (1526-1858 y.y.) boburiylar saltanatiga asos soldi.

⚜️1530 yil 26 dekabr kuni Agrada vafot etdi. Qabri keyinchalik vasiyatiga ko‘ra Qobulga ko‘chirilgan.

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Bobur — o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, Boburiylar sulolasi asoschisidir.

«…U turli fazilatlar bilan bezangan va maqtovli xislatlarga ega bo‘lgan bir podshoh edi. Ushbu barcha fazilatlaridan shijoat va muruvvati ustun turardi. Turkiy she’rni Amir Alisherdan keyin hech kim Bobur yozgan darajada yozgan emas»

Mirzo Muhammad Haydar. «Tarixi Rashidiy»dan.

«Bobur fe’li-sajiyasiga ko‘ra Syezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. Uning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo‘yilgan».

Eduard Xolden, ingliz tarixchisi.

«Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi»

Uilyam Erskin.

Bugun yurtimiz bo‘ylab buyuk bobokalonimiz tavalludining 541 yilligi keng nishonlanmoqda.

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA
🌟 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan "TIBBIYOT VA HAYOT" gazetasining 2023 yil 13-fevral 3- sonida "Imorat o‘zboshimchalik bilan qurilsa" nomli maqolasi chop etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2023-yilning eng ommabop xizmatlari TOP 10 taligida kadastr xizmatlari 1-o'rinda

🫥 Xabaringiz bor, Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda oflayn usuldan ko‘ra, onlayn (my.gov.uz) talqini tobora ommabop bo‘lib bormoqda.

Adliya vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Yagona portalda yo‘lga qo‘yilgan 565 dan ortiq xizmatlarning ichida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi xizmatlari eng oldingi o'rinlarda.

👨‍💻 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tomonidan tayyorlangan mazkur videoda 2023-yilning ommabop xizmatlari o‘ntaligi bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🟢 Bugun buyuk shoir va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi.

👳‍♀Zahiriddin Muhammad Bobur haqida qiziqarli 6 ta fakt:

➡️ Asl ismi — Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» («Sher») laqabini oladi.

➡️Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi — Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.

➡️Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda dunyoga kelgan. Ota tomondan Sohibqiron Amir Temurga 5-avlod hisoblanadi.

➡️Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok bo‘lgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga o‘tiradi (1494-yil iyun).

➡️Bobur Afg‘onistonda «Bog‘i Shahroro», «Bog‘i Jahonoro», «O‘rtabog‘», «Bog‘i vafo» va «Bog‘i Bobur» kabi oromgohlar tashkil etgan.

➡️Boburning Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari Kobulda tug‘ilgan.

#Kadastr_agentligi #Bobur

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NOQONUNIY ISH, KELTIRAR TASHVISH

⚖️ Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sho'rchi tuman bo‘limi
inspektorlari tomonidan tumanning "Baxshtepa" MFY ko'chasining muhofaza hududidan ushbu mahallasida yashovchi fuqaro X.A.B tomonidan hech qanday huquqiy xujjatlarsiz 0.005 gektar yer maydonini o‘zboshimchalik bilan o'zining tomorqa yer maydoniga qo'shib olganligi holati aniqlandi.

🎢 Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 60-modda, 2-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilgan.

⚡️ Shundan so'ng, tushuntirish ishlari natijasida o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini fuqaro
X.A.B tomonidan ixtiyoriy ravishda yer uchastkasi o'z holatiga qaytarilishi ta'minlandi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" DUK direktori Abdushukur Abdullayev qashqadaryolik kadastr xodimlari bilan muloqot qildi.

😎Yig'ilish davomida yer nazorati, arxiv yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, xodimlarning malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi va mas'ullarga korrupsiyaning huquqiy oqibatlari haqida ma'lumot berildi.

Shuningdek, Kadastr agentligi direktori o'rinbosari bo'lim boshliqlari va filial rahbarlarining sohaga doir takliflarini tinglab, mas'ullarni aholi o'rtasida yer qonunbuzilishi holatlarining huquqiy oqibatlarini tushuntirish bo'yicha targ'ibot tadbirlarini ko'paytirishga chaqirdi.

🌍"Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilangan. Noqonuniy qurilishlar qilganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik borligini aholiga mahallalardagi yig'ilishlar, sayyor qabullarda yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali tushuntirsak yerga oid qonunbuzarliklarning kamayishiga erishamiz "—dedi Abdushukur Abdullayev.


📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM