SURXONDARYO KADASTR
1.91K subscribers
19.2K photos
2.34K videos
22 files
11.5K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⭐️Kadastr agentligi 🌟,Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari hamda⭐️ Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo bo‘linmasi jamoalari bilan birgalikda ish kunini 🌏O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshladi.

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Murojaatlar tahlili

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda uning filiallariga kelib tushgan murojaatlar bo'yicha ma'lumot.

Joriy yilning 02-09 febral kunlari oralig'ida jami kelib tushgan murojaatlar soni 118 ta.

Jumladan;

💠Yer ajratish masalasida 12ta;
💠Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish 31 ta;
💠Mulkni davlat ro'yxatidan o'tkazish 5 ta;
💠Nizoli holatlar bo'yicha 14 ta;
💠So'rovnomalar 40 ta;
💠Boshqa masalalar yuzasidan 16 ta.

📚Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 118 ta murojaatdan 67 ta ijobiy hal qilingan, 86 ta murojaat muddatida yopilgan 32 ta murojaat jarayonda .

☎️Murojaat uchun Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining ishonch telefoni (55) 451-22-15 yoki telegram ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy surxonkadastr_chat orqali murojaat yo'llashingiz mumkin.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yer olishda firibgarlarga aldanib qolmaslik uchun ushbu video rolikni tomosha qiling.

❗️Yer sotishni vada qilayotgan firibgarlarga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga yoki Bosh prokuraturaning 1007 ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Qumqo'rg'on tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning "Qarsoqli" mahallasi hududidagi hokimligi zaxirasida bo'lgan yer uchastkasini ushbu mahallada yashovchi fuqaro M.P.B tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 0.03 gektar yer maydonini egallab olib, 20.0 kv.metrda omborxona binosi va poydevor qurib olganligi holati aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan Qumqo'rg'on tuman bo'limi inspektorlar tomonidan fuqaro M.P.B ning noqonuniy omborxona binosiga nisbatan MJTKodeksning 60-modda, 2-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilgan.

Shundan so'ng, tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilgan omborxona va poydevor binosi fuqaro M.P.B tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishildi va ushbu yer maydoni tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilishi ta'minlandi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda ta'limga e'tibor

🫥 Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi va Davlat Kadastrlari Palatasi hamda uning bir necha hududiy boshqarmalarida Oliy ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik o'rnatib kelishuv shartnomalari tuzilmoqda.

◼️Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Guliston davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro tarmoq kelishuv shartnomasi asosida xaftaning har shanba kunlari talabalar amaliyot o‘tayotgan bo'lsa, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va Toshkent davlat texnika universiteti o‘rtasida o‘zaro tarmoq kelishuv shartnomasi imzolanganini qayd etish mumkin.

📃 Bugungi kunda boshqarmada mazkur universitetning kafedrasi filialini yo‘lga qo‘yish, o‘quv hamda amaliyot jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, o‘quv mashg‘ulotlari uchun alohida xona ajratilib, kerakli jihozlar bilan ta’minlandi.

Kadastr sohasiga qiziquvchan, zamonaviy fikrlaydigan yosh kadrlarni kashf etishga xizmat qiluvchi mazkur o‘quv jarayonlari haqida yana batafsil ma’lumot berib boramiz.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'quv amaliyoti mashg'ulotlari davom etmoqda...

💠Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektori O'.Axmedov uchinchi bosqich Geodeziya, Kartografiya va kadastr ta'lim yo'nalishi talabalariga Geodeziyasi va kartografiya fanidan o'quv amaliyotini o'tash maqsadida Kadastr agentligi
hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari va Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo bo'linmasida bo'lishdi.

💠Amaliyot davomida talabalar nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo'llash bo'yicha Kadastr sohasiga oid ma`lumotlar berilib talabalarning olgan nazariy bilimlari mustahkamklandi hamda talabalarning fanga bo'lgan qiziqishi yanada ortdi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида қишлоқ хўжалигида ишга солинмаган янги захираларни сафарбар этиш чора-тадбирлари муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по мерам задействования новых резервов в сельском хозяйстве.

#Mirziyoyev #videoselektor #qishloqxujaligi #oziqovqat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ayrim kadastr xizmatlari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi

📌Kadastr bilan bog‘liq quyidagi 8 turdagi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi:

Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish;
Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;
Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;
Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun);
Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun);
Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish.
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM