SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
19K photos
2.33K videos
22 files
11.4K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
⚜️Buyuk shoir  -  Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi⚜️

🇺🇿 Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi.

📖 Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini namoyon eta olgan.

📖 Alisher Navoiyning bezavol adabiy merosi misolida o‘zbek adabiyoti va madaniyatini chuqur o‘rganish va ommalashtirish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqdaʼʼ

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #Servitut

🫥Servitut qanday maqsadlarda foydalanilishini bilasizmi?

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
So‘z mulkining sultoni, mutaffakkir Mir Alisher Navoiy tavalludiga 583 yil to‘ldi

Alisher Navoiy o‘zining shoh asarlari, nodir devonlari, betakror g‘azal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan. Chunki alloma qalamiga mansub, yuksak mahorat va betakror so‘z san’ati ohangida yaratilgan, ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan bebaho ijod namunalari asrlar osha o‘z mazmun va sayqalini yo‘qotmay, ulkan ma’naviy meros va adabiyotimiz gultojiga aylangan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🟢Bugun respublikamizda Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi nishonlanmoqda.

Alisher Navoiy (1441-1501) - to‘liq ismi Nizomiddin Mir Alisher.

Alisher Navoiy hayotiga taalluqli bilishimiz kerak bo'lgan 8 ta ma’lumot:


🟢Navoiy 4 yoshida maktabda ta’lim ola boshlagan. 7 yoshida Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini va buyuk muhaddisimiz Buxoriy hazratlarining olti mingdan ziyod hadisi shariflarini yod bilgan. Mir Alisher 7-8 yoshlaridan boshlab g‘azallar yoza boshlagan.
🟢Alisher Navoiy «Muqarrabi hazrati sultoniy» («Sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni olgan.
🟢Alisher Navoiy turkiy tilda yozgan she’rlariga Navoiy, forsiy tildagi she’rlariga Foniy deb taxallus qo‘yadi.
🟢 Navoiyning sevgilisi sifatida tasvirlanadigan “Guli” ismi faqat xalq og‘zaki ijodida, Navoiy haqidagi rivoyat va afsonalarda uchraydi xolos. Guli nomi Navoiyning hayoti haqida ma’lumot beruvchi yozma manbalarning hech birida uchramaydi.
🟢Navoiy taxminan 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Jomiy uni ham farzand, ham shogird sifatida qadrlaydi.
🟢Navoiy o‘z jamg‘armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson mamlakatida 300 dan ortiq inshootlar qurdirgan.
🟢Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Turkiy tilidagi ilk “Xamsani” 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tilga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq «Xazoyinul-maoniy» nomli to‘rt devon (1491—1498)ga jamlangan.
🟢Alisher Navoiy 1501 yil 3 yanvarda vafot etdi. Uni dafn etish chog‘ida maydalab yomg‘ir yog‘ib turgan edi. Buni tarixchi Xondamir “Hatto tabiat ham motam tutdi” deya ta’riflagan.

#kadastr #Alisher_Navoiy

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navbatdagi _siyosiy-maʼrifat# soat

⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlar palatasi Surxondaro viloyati boshqarmalari, 5️⃣Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo bo‘linmasi xodimlari "Siyosiy-maʼrifat soati"da faol qatnashishmoqda. Zero siyosiy jarayonlarga befarq bo‘lmaslik jamiyat rivojiga hissa qo‘shishda faol bo‘lishni taʼminlaydi.

💠Mazkur "Siyosiy - maʼrifiy soat" haftaning har juma kunida tashkil etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

Yer maydonlarini oʼzboshimchalik bilan egallab olganlik uchun javobgarlik mavjud.

📔 Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 60-moddasi 2-qismiga asosan;

🌍 Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish:

⭕️Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari;

⭕️Mansabdor shaxslarga ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

#bilasizmi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun – 9 fevral kuni buyuk bobokalonimiz shoir, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlar palatasi Surxondaro viloyati boshqarmalari, Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo bo‘linmasi xodimlari ishtirokida buyuk bobomizning 583 yilligi munosabati bilan bobokalonimiz yodga olinmoqda.

Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Amir Temurning oʻgli Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tugʻilgan. A.Navoiy - o‘zbek xalqining ulug' shoiri va buyuk mutaffakiri bo‘lib, uning nomini dunyoning eng mashhur shoirlari qatorida tilga oladilar. Navoiy butun ijodiy faoliyatini insoniyatning baxti uchun kurashga, xalqning osoyishtaligi, obodonchilik ishlari, san’at hamda adabiyot taraqqiyotiga bag‘ishladi.

Navoiyning o‘lmas merosi va ulug‘ yodi hamisha dillarda barhayot!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram Facebook Instagram YouTube