SURXONDARYO KADASTR
1.87K subscribers
18.8K photos
2.28K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#Kadastr_xalq_xizmatida

Inson manfaatlari - oliy qadriyat!

⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasining hududiy tuman, shahar bo‘lim va filiallari mutaxassislari tomonidan "Kadastr aholi manfaatlari yo'lida" tamoyili asosida aholini hamda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolari joyiga borib o'rganilgan holda hal etib kelinmoqda.

🫥 Hususan, Denov tumani xodimlari tomonidan "Mahallabay" va "Xonadonbay" o‘rganish ishlari olib borilib xalq roziligi yo'lida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

🫥 Maqsadimiz har bir fuqaroga tez, sifatli va madaniyatli xizmat koʼrsatib xalqimizni rozi qilishdir.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
💸Servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar

🔴Yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilanishini nazarda tutuvchi shartnoma yoki sudning qarori servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.

🔴Servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatda
🔵 yer uchastkasi ko‘rsatiladi
🔵 chegaralar belgilanadi
🔵 amal qilish muddati va to‘lov miqdori ko‘rsatiladi.

Asos: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi 803-sonli qonuniga ko'ra

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


Quyidagi o‘rmon fondi yerlari ijaraga berilmaydi:

- o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalari;
- o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvuldiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari;
- eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlar;
- o‘rmonlarning temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqalab o‘tgan ihota mintaqalari;
- alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlar;
- davlat biosfera rezervatlarining o‘rmonlari;
- davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o‘rmonlari;
- ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlar;
- ilmiy-tajriba stansiyalari yerlari;
- qo‘riqxonalar, milliy tabiat bog‘larining qo‘riqxona zonalari;
- o‘rmon xo‘jaligi tashkiloti ehtiyojlari uchun foydalaniladigan yerlar (sug‘oriladigan yerlar, ko‘chatxona va pitomniklar, o‘rmon bilan qoplangan yerlar, dorivor o‘simliklar plantatsiyalari joylashgan yerlar);
- noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan daraxt va boshqa o‘simlik turlari bilan band bo‘lgan uchastkalar.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati #bilasizmi

🏠Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

➡️Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

➡️Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

➡️Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

➡️Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

➡️Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari (850 000 so‘m);

Asos:
🌏 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10-iyuldagi 186-sonli qaroriga asosan

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

🫥Davlat xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim:🫥

🔵Davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish, axloq normalariga doimiy rioya qilish;
🔵Masʼuliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish;
🔵Murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish;
🔵Xushmuomalalik, eʼtiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otish;
🔵Oilasida sog‘lom muhitni taʼminlab, oila aʼzolariga doimiy g‘amxo‘r bo‘lish, farzandlarida vatanparvarlik va boshqa yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish;
🔵Fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qatʼi nazar, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda bo‘lish;
🔵Jamiyatda axloqning umumeʼtirof etilgan qoidalariga amal qilish.

Asos : O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.10.2022 yildagi 595-son qarori:

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥Korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda

🫥 Kuni kecha, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasiSurxondaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Maksumov va O‘.Xamrayevlar, Inson resurslarini boshqarish bo‘yicha bosh mutaxassis Sh.Mamatmurodov hamda Termiz tuman bo‘lim va filial rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar, inspektorlar bilan sohada korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan umumiy profilaktika tadbir o‘tkazildi.

🫥 Termiz tuman kadastr bo'lim filial xodimlari bilan o'tkazilgan davra suhbatida xodimlar o'rtasida korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari haqida tushuntirishlar berildi va ishtirokchilariga korrupsiya va ularning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

🫥 Shuningdek, yig'ilganlarga mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yohud o'zga shaxslarning manfaatlarini ko'zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, halollik va mas'uliyat bilan ishlash lozimligi ta'kidlab o'tildi.

🫥 Maqsadimiz kadastr idoralarini korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish va xalqimizni kadastr xizmatidan rozi qilishdir.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🎬🎬🎬🎬

OGOH BO’LING!
Har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham kuchli
‼️

😄Davlatimiz Rahbari raisligida 2023-yil 27-oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda respublikada 2 million 400 mingdan ortiq xonadonning egalik hujjati yo‘qligi, ularning kadastr hujjati qilinsa, odamlarga huquqiy, iqtisodiy zamin bo‘lishi ta’kidlanib, hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish bo‘yicha qonun loyihasini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

❗️Ammo hali qonun qabul qilinmagan bo‘lsada, hujjat qilib olish umidida ayrim fuqarolar tomonidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish qilish holatlari kuzatilmoqda.

Batafsil video lavhada.

#kadastr #ijtimoiy_rolik #yer_nazorati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

⚔️ Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Qumqo'rg'on tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning "Imomtepa" mahallasi hududidagi hokimligi zahirasida bo'lgan yer uchastkasini Denov tumani "Buyuk Ipak yo'li" mahallasida yashovchi fuqaro A.J.S tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 0.05 gektar yer maydonini egallab olib, 20 metr uzunlikda beton devor qurayotganligi holati aniqlandi.

🎰 Aniqlangan holat yuzasidan Qumqo'rg'on tuman bo'limi inspektorlar tomonidan fuqaro A.J.S ning noqonuniy beton devoriga nisbatan MJTKodeksning 60-modda, 3-qismi bilan ma'muriy jarima qarori qabul qilinib, ogohlantirish xati berilgan.

🕰 Shundan so'ng, tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilgan devor binosi fuqaro A.J.S tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishildi va ushbu yer maydoni tuman hokimligi zahirasiga qaytarilishi ta'minlandi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr sohasiga doir yana bir yangi xizmat ishga tushdi!

🅰 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 02-sentyabrdagi qaroriga muvofiq “Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash” davlat xizmati my.gov.uz portalida ishga tushirildi.

Endilikda fuqarolar onlayn ariza berish orqali ko‘chmas mulkni birlashtirish va birlashtirilishi natijasida hosil bo‘lgan mulkning yangi chegaralari belgilanganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani ortiqcha ovvoragarchiliksiz olish imkoniyatiga ega.

😄Ushbu xizmatdan barcha yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.

❗️Mazkur xizmatni olish uchun qoʻshimcha hujjatlar talab qilinmaydi!

🪙Ko‘rsatilgan davlat xizmati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

#kadastr #onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM