SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
19K photos
2.32K videos
22 files
11.4K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Surxondaryoda aholi manfaati ustuvorligi ta‘minlamoqda.

🌏O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘iga muvofiq joylarda aholi kayfiyati bilan bog‘liq dolzarb masalalarni o‘rganish, sohaviy masalalarni joyida hal etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish maqsadida Respublika ishchi guruhi tashkil etilgan.

🫥 Hozirda Surxondaryo viloyatida ushbu topshiriq ijrosi bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi bosh mutaxassisi B.O‘ralov hamda ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi masʼullari boshchiligida tuman (shahar) filiallarida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

🫥 Ushbu sayyor qabullar Denov, Jarqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarida bo‘lib o‘tdi va aholi tomonidan jami 30 dan oshiq murojaatlar kelib tushdi. Kelib tushgan murojaatlarning 17 tasi ijobiy hal etildi hamda 15 tasiga huquqiy tushunchalar berildi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yerlardan foydalanishda, qonuniylik va shaffoflik ta'minlanmoqda

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Bandixon tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tuman Melioratsiya bo'limiga qarashli mahalliy ariqning muhofaza yer maydonidan "Birdamlik" MFYda yashovchi fuqarolar M.S va boshqalar tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 4.5 kv.metrdan yer maydonini egallab olib, xojatxona binolari qurib olganligi holati aniqlangan.

♻️ Aniqlangan holat yuzasidan Bandixon tuman bo'limi inspektorlar tomonidan fuqaro M.S va boshqalarning noqonuniy qurilmasiga nisbatan MJTKodeksning 60-modda, 2-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilgan.

🌎 Shundan so'ng, tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilgan xojatxona binolarini fuqaro M.S va boshqalar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishildi va ushbu yer maydoni o'z holatiga qaytarilishi ta'minlandi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
Yer hisobini yuritish yangi tartibda amalga oshiriladi.

🌏O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.10.2023 yildagi 578-sonli qarori asosida «Yer hisobot” AAT dasturi ishga tushirilishi munosabati bilan🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Termiz tumani va Termiz shahri filiallari namuna sifatida tanlab olinib, maʼlumotlar asosida belgilangan shakllar to‘ldirilishi hamda tahlil jarayonlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, Zoom platformasi orqali hududlarda 2024 yil
1 yanvar holatiga tuzilgan Yer hisobotini hujjatlarini arxivlash, “Uzkad” dasturidagi yer hisobini yurituvchi mutaxassislari roli bo‘yicha xulosalarni o‘z vaqtida ijrosini taʼminlash, yerlardan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha yer hisobini to‘g‘ri yuritish yuzasidan ham kelishib olindi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев металлургия корхоналарини ривожлантириш чора-тадбирлари бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по развитию металлургических предприятий.

#Mirziyoyev #taqdimot #sanoat #metallurgiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


🫥 Qonun bilan viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlarni mazkur sudlarda taftish tartibida ko‘rish bosqichi joriy etildi.

◼️Apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan ishlarni yangidan ko'rish uchun birinchi instansiya sudlariga yuborish tartibi bekor qilindi hamda ularning zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish mas’uliyati yuklatildi.

◼️Ishni taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda, shuningdek ishni yuqori instansiya sudida taftish tartibida qayta ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.

👉 Batafsil: https://uzdkp.uz/uz/huquqiy-malumot-119/

Asos: O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–888-son Qonuni, 25.12.2023-y

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navbatdagi _siyosiy-maʼrifat# soat

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalari va tuman (shahar) bo'lim, filial xodimlari "Siyosiy-maʼrifat soati"da faol qatnashmoqda. Zero siyosiy jarayonlarga befarq bo‘lmaslik jamiyat rivojiga hissa qo‘shishda faol bo‘lishni taʼminlaydi.

💠Mazkur "Siyosiy - maʼrifiy soat" haftaning har juma kunida tashkil etiladi.

Telegram Facebook Instagram YouTube