SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
19K photos
2.33K videos
22 files
11.4K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#huquq #bilasizmi

⚡️Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda kadastr hujjatlari va ularning nusxalari talab etilmaydi.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda quyidagi hujjatlarni aholi va tadbirkorlik subyektlaridan talab qilish bekor qilingan:

shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
mehnat daftarchalari va ularning nusxalari;
kadastr hujjatlari va ularning nusxalari;
soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi;
diplom ma’lumotlari (oliy ta’lim va o‘rta maxsus);
tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlari;
“Manzil-ma’lumot”, shuningdek, doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar.

💠Bu turdagi hujjatlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olinadi.

🫥Yuqorida ko‘rsatilgan hujjat yoki ma’lumotlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanib, MJtKning 215-5-moddasiga asosan⚖️ ma'muriy javobgarlikka tortiladi.

Asos: 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.03.2021 yildagi
PF-6191-son va 24.07.2021 yildagi PF-6269-sonli farmonlari

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun

🫥Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida tug‘ilgan.

🫥2016 yil 2 sentyabr kuni, 78 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi, 3 sentyabrda Samarqand shahrida dafn etildi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bino va inshootlar haqida onlayn maʼlumot oling!

◼️Hozirgi kunda fuqarolarimiz bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani uydan chiqmasdan turib olishlari mumkin.

📃Ma’lumotnomada bino va inshootlarga doir quyidagi ma’lumotlar aks etgan bo’ladi:

- joylashuv manzili;
- kadastr raqami;
- turar joy yoki noturar joyligi;
- umumiy maydoni;
- huquqiy egasi (egalari);
- bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;
- huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
- cheklanish mavjudligi;
- kadastr qiymati.

◼️Natija avtomat taqdim etilib, QR kodli ma’lumotnoma shakllanadi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA
▪️ Hududlarda xodimlarga korrupsiyaning huquqiy oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom etmoqda.▪️

💰 Mavzuga doir to'liq ma'lumotlarni "Asrnew.uz" rasmiy telegram kanalida hamda saytlari orqali o'qishingiz mumkin.

📍BATAFSIL


Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTubeasr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati aholisiga Kadastr sohasiga oid Korrupsiya holatlarini oldini olish bo'yicha murojaat.

➡️Batafsil o'qish uchun

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_huquqiy_targibot

⚖️HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Ayni damda, ⭐️Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasida 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 25.12.2023-yildagi O'RQ-884, O'RQ-887, O'RQ-888, O'RQ-889-sonli Qonunlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini xodimlarga yetkazish yuzasidan seminar o'tkazildi.

🫥Seminarni Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi bo'lim boshlig'i Q.Ulug'ov hamda Termiz tumanlararo Ma'muriy sudi sud'yalari D.Jo'rayev va B.Chulliyevlar va soha xodimlari ishtirokida olib borishdi.

O'tkazilgan seminarda kadastr xodimlari mavzuga doir Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish haqida

Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида Ислом Каримов ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.

Президент Шавкат Мирзиёев возложил цветы к подножию памятника Исламу Каримову в городе Ташкенте.

#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X