SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
18.8K photos
2.29K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Birlashgan Мillatlar Тashkilotining Global Geofazaviy Axborot Boshqaruvining Osiyo va Tinch okeani forumi o'tkazilmoqda


🌱 Joriy yilning 6–10 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali shahrida bo‘lib o‘tayotgan 12- yalpi majlisda "Barqaror dunyo uchun geofazoviy innovatsiyalarni qabul qilish” mavzusida forum a’zolari - Milliy geofazoviy agentliklar, geofazoviy sanoat va Indoneziyaning Bali shahrida yig‘ilgan hamjamiyat uchun qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan tanishishmoqda.

🇺🇿 Mazkur forumda Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev "O'zbekiston rivojlanishida Geofazoviy innovatsiyalardan foydalanish" mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi. Unda dunyo mamlakatlari vakillariga Kadastr agentligi tizimi faoliyati yo'nalishlari, Fazoviy ma'lumotlar Milliy infratuzilmasi, kadastr tizimi moddiy texnik bazasi, Respublikadagi yer fondi toifalari hamda ko'chmas mulk obyektlari haqida ma'lumotlar taqdim qilindi.

⭐️ 🌟 Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi raisi taqdimot so'nggida Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasi va kadastr tizimini yanada rivojlantirish uchun kelgusidagi maqsad va rejalari bilan ham tanishtirib o'tdi.

#DavKadastrPalata #geofazoviy_forum

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Uy-joydan mahrum etish mumkin emasligiga oid qonunosti hujjatlar qaytadan ko‘rib chiqiladi

Mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini taʼminlash, shu jumladan, mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilanadi.

🏬 Uy-joy daxlsizligi huquqini taʼminlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlari qayta ko‘rib chiqiladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/surxonkadastr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Президенти: Фаластин халқи Бирлашган Миллатлар Ташкилоти резолюциялари билан тасдиқланган ҳуқуққа, яъни, ўзининг мустақил давлатини барпо этиш ҳуқуқига эга, деган қатъий позициямизни яна бир бор билдирамиз

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur infografikada berilgan.

📆 Hisobot davri: 1-8-noyabr, 2023-yil

📁 Jami kelib tushgan: 15 756 ta
       Shakllantirilgan:  5 871 ta

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10-noyabr Xalqaro bugalterlar kuni.

♻️Har yili 10-noyabr Xalqaro buxgalterlar kuni sifatida nishonlanadi. Kuchli bugalterlar guruhi har qanday savdo tashkiloti muvaffaqiyatning garovidir. Ko'p mamlakatlarda bugalterlar bayrami joriy qilingan bo'lssada, bayramni xalqaro miqyosda o'tkazish zarurligi bir necha bor muhokama qilingan.

♻️Luki Pachiollining "Hammasi arifmetika, geometriya va proporsiya haqida” nomli kitobi chop etilgan kun 10-noyabr 1494-yil bayram sanasi sifatida tanlab olindi.

♻️Luki Pachiolini "bugalterlar otasi” deb atashadi. Pachiolining buxgalteriya sohasidagi ko'rsatmalari to'rt yuz yillik davomida maxsus ma'ruzalarda, buxgalteriya ishlarini siljishida asos bo'lib xizmat qildi. Pachioli ishlarini naqadar muhim ekanligini yana shundan ham ko'rish mumkunki, kitob 10-noyabr 1494-yilda nashr qilingan.

♻️Bundan 51-yillar oldin Ioann Gutenberg alohida metall harflar va belgilar yordamida kitob nashr qilishni kashf qilingan edi, va ma'lumki, kitob nashr qilish o'sha vaqtda juda
qimmat edi.
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

🇺🇿Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

♻️Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!


Kanalga ulanish:https://t.iss.one/surxonkadastr
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ayol mulkdorlar soni 10,4 %ga oshgan

🌟 Davlat kadastrlari palatasining 2023-yil 10 oyi davomidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha ayol mulkdorlar nomidagi jami obyektlar soni 2 137 366 tani tashkil etadi. 2022 yildagi ma'lumotlatga ko'ra, ularning soni 1 914 018 ekanligini inobatga olsak, bugungi kunga kelib, yil yakunlanmasidan ayol mulkdorlar soni 10,4 %ga ortganini ko'rishimiz mumkin.

👩‍💻 📊 Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p ayol mulkdorlar doimgidek Toshkent shahri hamda Toshkent viloytida, eng kam mulk egalari esa Sirdaryo hamda Navoiy viloyatlarida ekanligini ko'rishingiz mumkin.

➡️ Keyingi ushbu turdagi statistik ma'lumotlarimiz erkak mulkdorlar haqida bo'ladi.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr xalq xizmatida.

🔷 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Muzrabot va Angor tumani filial xodimlari bilan birgalikda “KADASTR XALQ XIZMATIDA” tamoyili asosida kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
#Bilasizmi

Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda rad etilishi haqida bilasizmi?

🇺🇿Hukumatning 535-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

📆 belgilangan muddatda tegishli to‘lov miqdori to‘lanmasligi;

✏️so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

📰ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

📍ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

❗️vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇
https://t.iss.one/surxonkadastr
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining eng koʻp oʻlchami oshirildi


“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining oʻlchamini oshirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–876-son, 09.11.2023-y.) 🇺🇿Prezident tomonidan imzolandi.

📔 Yer kodeksi hamda “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirish va koʻshimchaga koʻra, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Prezident qarori bilan belgilangan ayrim hududlarda 0,06 gektardan 5 gektargacha boʻlgan oʻlchamda yer uchastkalari beriladi.

❗️ Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11 NOYABR "KASABA UYUSHMALARI KUNI"

♻️Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida deputatlar 11 noyabrni «O'zbekistonda kasaba uyushmalari xodimlari kuni sifatida nishonlash to'g'risida»gi qonun loyihasini qabul qilindi. Mazkur qonun bilan 11 noyabr O'zbekistonda kasaba uyushmalari kuni sifatida belgilandi.

♻️Eslatib o'tamiz, hujjat 2020 yilning 10 noyabrda Qonunchilik palatasi hamda 20 noyabrda Senat tomonidan qabul qilingan.

Ma'lumot uchun: kasaba uyushmasi – fuqarolarning mehnat faoliyati yoki o'qish turi bo'yicha umumiy manfaatlar bog'lab turadigan ixtiyoriy jamoatchilik birlashmasidir. Kasaba uyushmalari maqsadi – o'z a'zolarining mehnat hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yoqlab chiqish va himoya qilish.
AZIZ XODIMLAR, BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati:
Axborot xizmatlari rahbarlari uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi

Termiz shahridagi Matbuot uyida Surxondaryo viloyati hokimligi  Axborot xizmati hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorligida axborot xizmatlari rahbarlari uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.

Unda axborot xizmatlari faoliyatiga doir qonunchilik, ular faoliyati samaradorligini oshirish, media makondagi turli tanqidiy holatlar, ma’lumotlar va fikr-mulohazalarga haqqoniy va tezkor munosabat bildirish, tashkilot imijini mustahkamlash, OAV bilan samarali hamkorlik, hududiy media-rejalar ijrosi kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Seminarda bildirilgan fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar asosida kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
#Bilasizmi

🇺🇿 Davlat bayrog'iga nisbatan hurmatni ta'minlagan holda uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolar va boshqa obyektlarda, yashash yoki ish joylarida, shuningdek ularga tutash bo'lgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanilishi mumkin.

☑️ Davlat bayrog'ining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizasiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o'tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas, bundan Davlat bayrog'iga nisbatan hurmatni ta'minlagan holda uning tasviri tushirilgan belgilardan ustki kiyim-boshni bezatish yoki O'zbekistonga tegishlilikni belgilash maqsadida foydalanish mustasno.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ayol mulkdorlar soni 10,4 %ga oshgan

🌟 Davlat kadastrlari palatasining 2023-yil 10 oyi davomidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha ayol mulkdorlar nomidagi jami obyektlar soni 2 137 366 tani tashkil etadi. 2022 yildagi ma'lumotlatga ko'ra, ularning soni 1 914 018 ekanligini inobatga olsak, bugungi kunga kelib, yil yakunlanmasidan ayol mulkdorlar soni 10,4 %ga ortganini ko'rishimiz mumkin.

👩‍💻 📊 Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p ayol mulkdorlar doimgidek Toshkent shahri hamda Toshkent viloytida, eng kam mulk egalari esa Sirdaryo hamda Navoiy viloyatlarida ekanligini ko'rishingiz mumkin.

➡️ Keyingi ushbu turdagi statistik ma'lumotlarimiz erkak mulkdorlar haqida bo'ladi.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM