SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
18.8K photos
2.29K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

⭐️ Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Jarqo'rg'on tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning “Qushtepa” mahallasi hududida joylashgan "Fabullo Story Servis" MCHJga tegishli bo'lgan 0.22 gektar yer maydonini fuqaro X.R.A tomonidan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda yer ajratish xujjatlari mavjud bo'lmasada, o'zboshimchalik yo'li bilan noqonuniy ravishda uy-joy qurish uchun 207.69 kv.metrdan iborat poydevor (fundament) qurib olganligi holati aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan Jarqo'rg'on tuman bo'limi tomonidan 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi MJTKning 60-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan yer qonunbuzilishi sodir etganligi sababli ma'muriy jarima qarori qabul qilinib, noqonuniy poydevor (fundament)larini 15 kun muddatda ixtiyoriy bartaraf etish bo'yicha fuqaroga rasman ogoxlantirish berilgan.

Natijada, fuqaro X.R.A tomonidan berilgan muddat ichida noqonuniy qurilgan poydevor (fundament)lari ixtiyoriy ravishda o'z xisobidan bartaraf etildi hamda ushbu yer maydoni o'z holatiga qaytrarilishi ta'minlandi.

Eslatib o‘tamiz, Yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs tomonidan yer uchastkasi qaytarilishi taʼminlanib, oqibatlari bartaraf etilsa, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilmaydi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қатар Давлатининг собиқ Бош вазири, ушбу мамлакатдаги қатор йирик инвестиция ва саноат холдинглари асосчиси Ҳамад бин Жассим Ол Сонийни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял бывшего Премьер-министра Государства Катар, основателя ряда крупных инвестиционных и индустриальных холдингов страны Хамада бин Джассима Аль Тани.

#Mirziyoyev #qabul #Qatar #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#kadastr_sohasida_atamalar #atama
🔰Boshlang‘ich ma’lumotlar (datalar) — geodezik ma’lumotlar, balandliklar ma’lumotlari va mahalliy ma’lumotlarni (mahalliy koordinatalar tizimini o‘rnatish uchun ma’lumotlarni) umumlashtiruvchi atama. Boshlang‘ich ma’lumotlar koordinatalar tizimi o‘qlarining Yer jismidagi boshlanish holatini, masshtabini va yo‘naltirilganligini belgilaydi.

Izoh: Mahalliy koordinatalar tizimlarini o‘rnatishdagi boshlang‘ich ma’lumotlar (datalar).

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
#huquq

🔰Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi

🔸xususiy mulk huquqini tan olish

🔸xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish

🔸bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash

🔸davlat organining va boshqa organning hujjatini haqiqiy emas deb topish

🔸xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi

🔸burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish

🔸zararning o‘rnini qoplash, neustoyka undirish, maʼnaviy ziyonni qoplash

🔸xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini taʼminlash

🔸davlat organining va boshqa organning qonunga zid bo‘lgan hujjatning sud tomonidan qo‘llanilmasligi

🔸mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Telegram I Facebook I Instagram
Сурхондарё вилояти бўйича 1219 та деҳқончилик учун ерларини e-auksion.uz орқали 30 йилга ижарага олинг!

🔷 Олтинсой туманидан 17 та (кўриш)
🔷 Ангор туманидан 18 та (кўриш)
🔷 Бандихон туманидан 14 та (кўриш)
🔷 Музработ туманидан 57 та (кўриш)
🔷 Жарқўрғон туманидан 27 та (кўриш)
🔷 Қумқўрғон туманидан 4 та (кўриш)
🔷 Денов туманидан 164 та (кўриш)
🔷 Термиз туманидан 491 та (кўриш)
🔷 Узун туманидан 15 та (кўриш)
🔷 Шеробод туманидан 320 та (кўриш)
🔷 Шўрчи туманидан 92 та (кўриш)

"E-AUKSION" мобил иловасини юклаб олинг!

ЮКЛАБ ОЛИНГ.
⬇️App Store ⬇️Google Play

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Сурхондарё вилояти бўйича 5 236 та тадбиркорлик учун ер участкаларини е-auksion савдо платформасида очиқ ва шаффоф савдоларда иштирок этиб, мулк ва ижара ҳуқуқи асосида сотиб олинг.

🔷 Олтинсой туманидан 156 та (кўриш)
🔷 Ангор туманидан 203 та (кўриш)
🔷 Бандихон туманидан 276 та (кўриш)
🔷 Бойсун туманидан 329 та (кўриш)
🔷 Музработ туманидан 371 та (кўриш)
🔷 Денов туманидан 449 та (кўриш)
🔷 Жарқўрғон туманидан 361 та (кўриш)
🔷 Қумқўрғон туманидан 574 та (кўриш)
🔷 Қизириқ туманидан 502 та (кўриш)
🔷 Сариосиё туманидан 152 та (кўриш)
🔷 Термиз туманидан 986 та (кўриш)
🔷 Узун туманидан 311 та (кўриш)
🔷 Шеробод туманидан 418 та (кўриш)
🔷Шўрчи туманидан 143 та (кўриш)
🔷Термиз шаҳридан 5 та (кўриш)

"E-AUKSION" мобил иловасини юклаб олинг!

ЮКЛАБ ОЛИНГ.
⬇️App Store ⬇️Google Play

Видео кўлланма

👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 1-7 - noyabr, 2023-yil

▫️ O'tgan hafta davomida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 7 309 tani tashkil etdi.

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish
Korrupsiya mansab mavqeyidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy huquqiy hodisadir.

🔴Maʼlumki, bu illat har qanday jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazadi. Jamiyatning maʼnaviy ahloqini yemiradi, qonun ustuvorligini kuchsizlantiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklarining jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi.

🔴Shu sababli, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Qiziriq tumani filial xodimlari o'rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish maqsadida boshqarmalarning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassislari Sh.Maksumov va O‘.Xamrayevlar tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

🔴Davra suhbati davomida xodimlarga jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tamagirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi.
Тошкент шаҳрида йирик халқаро тадбир - Иқтисодий ҳамкорлик ташкилотининг 16-саммити бошланмоқда.

Саммитда Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев, Озарбайжон Президенти Илҳом Алиев, Эрон Президенти Иброҳим Раисий, Қирғизистон Президенти Садир Жапаров, Тожикистон Президенти Эмомали Раҳмон, Туркманистон Президенти Сердар Бердимуҳамедов, Туркия Президенти Режеп Таййип Эрдоған, Қозоғистон Бош вазири Алихан Смаилов, Покистон муваққат ҳукумати раҳбари Анвар ул-Ҳақ Какар ҳамда ИҲТ бош котиби Хусрав Нозирий иштирок этади.

Бугун, 8 ноябрь куни делегациялар Тошкентга кела бошлайди. Президентимиз уларнинг раҳбарлари билан икки томонлама учрашувлар ўтказади. Жумладан, бугунга Қирғизистон, Туркия Президентлари, Покистон муваққат ҳукумати раҳбари ва ИҲТ бош котиби билан музокаралар режалаштирилган.

Эртага, 9 ноябрь куни олий даражадаги йиғилиш бўлиб ўтади. Унинг доирасида қатор икки томонлама учрашувлар ўтказилиши кўзда тутилган.

В Ташкенте начинается крупное международное событие - 16-й саммит Организации экономического сотрудничества.

В саммите примут участие Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев, Президенты Азербайджана Ильхам Алиев, Ирана Ибрахим Раиси, Кыргызстана Садыр Жапаров, Таджикистана Эмомали Рахмон, Туркменистана Сердар Бердымухамедов, Турции Реджеп Тайип Эрдоган, Премьер-министр Казахстана Алихан Смаилов, глава временного правительства Пакистана Анвар уль-Хак Какар и генеральный секретарь ОЭС Хусрав Нозири.

Сегодня, 8 ноября делегации начнут прибывать в Ташкент. Президент нашей страны проведет двусторонние встречи с их главами. В частности, на сегодня запланированы переговоры с Президентами Кыргызстана, Турции, главой временного правительства Пакистана и генсеком ОЭС.

Завтра, 9 ноября состоится заседание высшего уровня. На его полях предусматривается проведение ряда двусторонних встреч.

Facebook|Instagram|Twitter
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠'🔠🔠🔠🔠🔠

🛑 Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi—

👤 fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari

🗓 mansabdor shaxslarga — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook 🌐Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🇺🇿Prezident Farmoni (PF–188-son, 07.11.2023 y.) bilan ayrim qonunchilik hujjatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Shunga ko‘ra:

💠 Sudyalar oliy kengashi raisi va aʼzolarini, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorini hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisini Prezidentning taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylash tartibi belgilandi;

💠 yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanishiga oid talabdan kelib chiqib, qonunosti hujjatlardagi bunday cheklovlar bekor qilinadi;

💠 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini belgilashda insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olinadi.

💠 Vazirliklar, Bosh prokuratura va Oliy sud 2024-yil 1-yanvargacha o‘zlariga biriktirilgan soha va tarmoqlar kesimida qonunosti hujjatlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha Adliya vazirligiga taklif kiritadi.

Bunda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratiladi:

⚡️mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini taʼminlash, shu jumladan, mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilash;

⚡️insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkinligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy talab asosida barcha qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish;

⚡️davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, qonunosti hujjatlaridagi huquqiy taʼsir choralarini qayta ko‘rib chiqish;

⚡️uy-joy daxlsizligi huquqini taʼminlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish;

⚡️O‘zbekiston hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normaga muvofiq qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezident Farmoni (PF–188-son, 07.11.2023 y.) bilan ayrim qonunchilik hujjatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

◼️ Unga ko‘ra:

▫️Yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanishiga oid talabdan kelib chiqib, qonunosti hujjatlardagi bunday cheklovlar bekor qilinadi;

▫️Vazirliklar, Bosh prokuratura va Oliy sud 2024-yil 1-yanvargacha o‘zlariga biriktirilgan soha va tarmoqlar kesimida qonunosti hujjatlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha Adliya vazirligiga taklif kiritadi.

◼️ Bunda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi:

▫️ mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini ta’minlash, shu jumladan, mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilash;

▫️ insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkinligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy talab asosida barcha qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish;

▫️ uy-joy daxlsizligi huquqini ta’minlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Savol: - Kimlar yer solig‘i to‘lamaydi?

Javob:
- Yer solig‘idan quyidagi shaxslar ozod qilinadi:

🔹«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
🔹urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
🔹Yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan alohida uyda birga yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

🔹Boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada 16 yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar;

🔹Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar;

🔹Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar.

https://t.iss.one/surxonkadastr
⌨️⌨️⌨️ ⌨️⌨️⌨️⌨️⌨️⌨️⌨️⌨️

Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

⭐️ Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Qumqo'rg'on tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning “Joziba” mahallasi hududidagi ichki ko'chaning 4.55 kv.metrdan iborat yer maydonini fuqaro N.Sh,J tomonidan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda yer ajratish xujjatlari mavjud bo'lmasada, o'zboshimchalik yo'li bilan Molxona binosi qurayotganligi holati aniqlandi.

▶️ Ushbu holat yuzasidan Qumqo'rg'on tuman bo'limi tomonidan 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi MJTKning 60-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan yer qonunbuzilishi sodir etganligi sababli ma'muriy jarima qarori qabul qilinib, ushbu Molxona binosini 15 kun muddatda ixtiyoriy bartaraf etish bo'yicha fuqarolarga rasman ogohlantirish berilgan.

Natijada, fuqaro N.Sh,J tomonidan berilgan muddat ichida Molxona binosi ixtiyoriy ravishda o'z xisobidan bartaraf etildi hamda ushbu yer maydoni o'z holatiga qaytrarilishi ta'minlandi.

‼️ Eslatib o‘tamiz, Yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs tomonidan yer uchastkasi qaytarilishi taʼminlanib, oqibatlari bartaraf etilsa, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilmaydi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM