SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
18.8K photos
2.29K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
1-oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni!

Ushbu kun munosabati bilan yurtimizdagi barcha o‘qituvchi va murabbiylarni chin dildan samimiy muborakbod etamiz!

Aziz Ustozlar, ilm yo‘lidagi shijoatingiz, metin irodangiz, tog‘dek sabringiz, bilim ummonidagi sabog‘ingiz doimo sarbaland bo‘lsin! Sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinchlik va farovon hayot hamisha hamrohingiz bo‘lsin!

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2023-yil 1-oktabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti uy-joy fondiga oid ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Suv xavzalari "E-auksion" elektron platformasi orqali ijaraga beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Munitsipal mulklar to'g'risidagi ma'lumotlar "Raqamli Toshkent" kompleks dasturiga integratsiya qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Seysmik xavfsizligi II-IV toifadagi bino va inshootlar bo'yicha mutaxassislar sertifikatlashtiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar faqat sud tomonidan qo'llaniladi.
👉 Batafsil

⚜️ Tabiiy gaz shartnomalariga oid ma'lumotlar Soliq qo'mitasining axborot tizimiga kiritiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Shamol stansiyasida ishlab chiqarilgan elektr uchun "Yashil energiya" sertifikati beriladi.
👉 Batafsil

⚜️Ayrim fuqarolarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlari qoplab beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim nafaqa va moddiy yordam bo'yicha arizalar "Yagona milliy ijtiomiy himoya" axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Eksklyuziv huquqlar berilgan xo'jalik yurituvchi subyektlarning reyestri shakllantiriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💐Kadastr ustozlariga shogirlaridan e’tirof

📝 Bilim beruvchi muallim va o‘qituvchilardan tashqari xayot yo‘lida, ish faoliyatida o‘z o‘gitlari va bilimlari bilan bo‘lishuvchi, shogirdlar yetishtirib sohalar rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan ustozlar yurtimizda talaygina.

🌟 Davlat kadastrlari palatasida ham bunday ustozlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Tizimda faoliyat yuritayotgan turli yo‘nalishlarga mansub ustozlarimizni bugungi bayramlari bilan chin dildan muborakbod etamiz.

#DavKadastrPalata #ustozlar_bayrami

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4 oktyabr – Butunjahon jonivorlarni himoya qilish kuni.

🕌 Mazkur sana 1931 yilda Florensiya shahrida (Italiya) Xalqaro tabiatni himoya qilish harakati faollari tashabbusi bilan taʼsis etilgan.

Xalqaro Yovvoyi tabiatni himoya qilish jamg‘armasi maʼlumotlariga ko‘ra, har kuni yer yuzidan jonivorlarning 3 tadan turi yo‘qolib ketmoqda. So‘nggi chorak asr davomida sayyoramizning biologik xilma-xilligi 30 foizga qisqargan.

🦒🦘🐘 Shu bois, ko‘plab mamlakatda ushbu sanada hayvonlarni himoya qilish jamiyatlari tomonidan turli targ‘ibot aksiyalari, ommaviy tadbirlar o‘tkazib kelinadi.

🏢
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #subsidiya

⚡️Uy-joy uchun subsidiya olish istagi bo‘lgan fuqarolarga quyidagilar tavsiya etiladi:

🏠Olinayotgan uy subsidiyaga sotiladigan bo‘lishi lozim;
(kadastri tayyor, yangi qurilgan uylardan bo‘lishi shart)

💳Uyning boshlang‘ich badalini to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ning bo‘lishi;
(masalan uy narxi 300 mln so‘m, uning 15 foizi 45 mln so‘mni tashkil etadi, ushbu summaning 32 mln so‘mi davlat tomonidan to‘lansa, 13 mln so‘mi fuqaro tomonidan to‘lanishi kerak)

👨‍💼Uy narxining qolgan 85 foizi 20 yilga kredit shaklida beriladi va ushbu kreditni har oy to‘lash uchun yetarli oylik maoshi yoki kafilning bo‘lishi;

❗️Eng asosiysi fuqaro yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida uy-joyning bo‘lmasligi.

☝️Yuqoridagi shartlarga mos keluvchi fuqarolar joylardagi DXMlar yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshirishlari mumkin.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

⭐️Kadastr agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi, Sariosiyo tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan, tumanning Sebzor mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan "Sebzor Farovon" dalasi fermer xo'jaligi yer maydonidan fuqaro A.B tomonidan hech qanday huquqiy xujjatlarsiz o'zboshimchalik bilan 0.02 gektar yer maydoni egallab olganligi holati aniqlandi.

🔄Ushbu holat yuzasidan tuman inpektorlari tomonidan fuqaroga MJTKning 60-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan yer qonunbuzilishi sodir etganligi sababli ma'muriy jarima qarori qabul qilinib, ushbu yer maydonini 15 kun muddatda ixtiyoriy ravishda qaytarish bo'yicha fuqaroga rasman ogohlantirish berildi.

🟡Natijada fuqaro tomonidan berilgan muddat ichida o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydoni ixtiyoriy ravishda qaytarilishiga erishildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚖️ Notariuslar va 🌟Kadastr organlarining idoralararo hamkorligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko'ra:

notariuslar bilan ma’lumot almashinuvida yer uchastkalari va ko‘p yillik dov-daraxtlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham taqdim etish;

🏠turar joy oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlashda notariusga ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini taqdim etish amaliyotini bekor qilish;

⚙️notariuslar va kadastr organlarining o‘zaro hamkorligini “Elektron hukumat” tizimi orqali amalga oshirish;

🌳ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kadastr pasportini tayyorlashning aniq muddatlarini belgilash kabi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Asos: VM-470,14.09.2023

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #imtiyoz

⚡️Yetim bolalar kadastr xizmatlari uchun davlat bojidan ozod etilgan.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar
ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) davlat boji to‘lashdan ozod etilgan.

Bu norma 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi "Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra belgilangan.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #Termiz_shahri

🫥🫥Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda🫥🫥

⭐️Kadastr agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi Termiz shahar bo‘limi inspektorlari tomonidan shaharning Kattabog' mahallasi hududidan fuqaro P.A. tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz shahar hokimligi zahira yer maydonidan 45.0 kv.metr o'lchamda noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganligi holati aniqlandi.

🔴Ushbu holat yuzasidan shahar inpektorlari tomonidan fuqaroga MJTKning 60-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan yer qonunbuzilishi sodir etganligi sababli ma'muriy jarima qarori qabul qilinib, ushbu yer maydonini 15 kun muddatda ixtiyoriy ravishda qurilgan qurilishlarni bartaraf qilinib, o'z holatiga qaytarish bo'yicha fuqaroga rasman ogohlantirish berildi.

🔄Natijada fuqaro tomonidan berilgan muddat ichida o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydoniga qurilgan qurilishlarni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilinib, yer maydoni o'z holatiga qaytarilishiga erishildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Matbuot xizmati

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥Kadastr aholi manfaatlari yo'lida🫥

💠 Xabaringiz bor, murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganish va ularga yechim topish, aholini qiynab kelayotgan bir qancha muammolarini qonun doirasida bartaraf etish maqsadida Surxondaryo viloyatida «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining barcha tuman (filial) xodimlari bilan birgalikda "Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida yoshlar daftari va temir daftarga kiritilgan yoshlar va ayollarning kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda.
💠Jumladan Sho`rchi tumanining Ko‘klam, Bobotog‘, Elbayon, hamda Ibn-Sino mahalla fuqarolari tomonidan kelgan murojaatlar qonuniy tartibda o‘rganilib chiqilib ijobiy hal etilgan.

📊 Ma'lumot o'rnida, o‘tgan hafta mobaynida Sho‘rchi tumani filialiga 10 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan bo‘lib murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami10 ta murojaatdan 5 ta ijobiy hal qilingan, 4 ta huquqiy tushunchalar berilgan, 1 ta rad etilgan.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM