SURXONDARYO KADASTR
1.95K subscribers
19.6K photos
2.37K videos
22 files
11.6K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев темир йўл соҳасини ислоҳ қилиш бўйича устувор вазифалар муҳокамаси юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по приоритетным задачам реформирования железнодорожной сферы.

#Mirziyoyev #yigilish #iqtisodiyot #temiryullar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#kadastr_sohasida_atamalar

🔵 Qurilishi tugallanmagan obyektlar – qurilishi belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq boshlangan, lekin belgilangan kunida tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, ammo qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanish uchun ruxsatnomasi asosida foydalanishga qabul qilinmagan bino va inshootlar.

#terms_in_the__cadastral_field

🔵 Unfinished objects - buildings and structures whose construction began in accordance with the approved project documents on a plot of land allocated in the prescribed manner, but were not completed on the specified date, or the construction of which was completed, but the construction (reconstruction) of buildings and structures was completed and was not accepted for use based on a permit for the use of buildings and structures.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Geografik obyektlar nomlari katalogi

📃 Geografik obyektlarning nomlaridan barcha oʻrinlarda toʻgʻri va xatosiz foydalanishni ta’minlash maqsadida Geografik obyektlar nomlari katalogi doimiy ravishda yangilangan shaklda nashrdan chiqarib borilishi koʻzda tutilgan.

◼️Mazkur katalog “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri ma’lumotlar bazasi asosida tayyorlandi.

🌟 Yuqoridagi infografika orqali siz ushbu katalogni chop etish uchun Davlat kadastrlari palatasi Respublika toponimika xizmati boshqarmasi tomonidan o'rganib chiqilgan Davlat reyestrida mavjud geografik obyektlar soni bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #toponimika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Munitsipal mulklar to'g'risidagi ma'lumotlar integratsiya qilinadi

◼️Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Soliq qo‘mitasi va boshqa davlat organlari axborot tizimlaridagi munitsipal mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu tizimlarni o‘zaro integratsiya qilish orqali “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga yuklanadi.

💸Shuningdek, Toshkent shahrida belgilangan obyektlar negizida Kompaniya tomonidan loyiha qiymati 1 million AQSh dollarigacha ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🦅Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda🦅

⭐️Kadastr agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi Qiziriq tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan tumanning Qorasuv mahallasi hududida yashovchi fuqaro J. J tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz "Oysara tepa" madaniy meros yodgorligi hududidan 15.0 kv.metr hajmda noqonuniy molxona binosi qurib olganligi holati aniqlandi.

🟡Mazkur holat yuzasidan tuman inspektori tomonidan 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan yer qonunbuzilishi sodir etganligi sababli ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ushbu noqonuniy qurilishlarni 15 kun muddatda ixtiyoriy bartaraf etish bo'yicha fuqaroga rasmiy ogohlantirish berildi.

❄️Natijada fuqaro tomonidan berilgan muddat ichida, o'zboshimchalik bilan qurilgan Molxona binosini buzib olib, yer maydoni ixtiyoriy o'z holatiga qaytarilishiga erishildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Matbuot xizmati

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

▪️DIQQAT E’LON!▪️

❗️ Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar!

💠 Sizning kadastr xizmatiga oid savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

👔 ⌨️⌨️⌨️⌨️⌨️⌨️"Yer qonunzuilish holatlari va ularning oldini olish bo'yicha"

▶️ Jonli efir 🚀TELEGRAM platformasi orqali o‘tkaziladi.

📆 Vaqti: 2023-yil 28-sentabr, soat 15:00 da

🗣Savollaringizni surxonkadastr_aloqa manziliga yo'llashingiz mumkin

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

📹 «YouTube» ijtimoiy tarmog‘i orqali qilingan murojaat yuzasidan ⭐️Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining rasmiy munosabati.

✔️ O‘rganishda, murojaat muallifi fuqaro R.X.Xidirov yashab kelayotgan uy-joyi Jarqo’rg’on tumani, Yashnaobod (Qiron) mahallasi, Yoshlik ko’chasi, 41-manzilda joylashgan bo’lib, Davlat kadastrlari palatasining 20.02.2018-yildagi “Ko’chmas mulk-3” ma’lumotlar bazasiga soliq to’lovchi sifatida xisobga olingan hamda ushbu uy-joyning umumiy yer maydoni 0.25 gektar, qurilish osti maydoni 192.96 kv.metrdan iborat bo’lgan.

📍Batafsil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

27-sentabr - Butunjahon turizm kuni

🏜 Butunjahon turizm kunining maqsadi – turizmni targ‘ib qilish, sohaning dunyo iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasini yoritish, turli davlatlar xalqlari o‘rtasida aloqalarni rivojlantirishdir.

🇺🇿O‘zbekistonga 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurdi. Shundan 397,3 nafari dam olish maqsadida O'zbekistonga kelgan. Yurtimizga 7 oyda eng ko'p quyidagi davlatlardan turistik maqsadda fuqarolar tashrif buyurgan:

Tojikiston — 1 mln 151,4 ming nafar;
Qirg‘iziston — 912,8 ming nafar;
Qozog‘iston — 879 ming nafar
Rossiya — 417,4 ming nafar;
Turkiya — 58 ming nafar;
Turkmaniston — 39,6 ming nafar;
Janubiy Koreya — 20,2 ming nafar;
Hindiston — 20 ming nafar;
Xitoy — 17,7 ming nafar;
Germaniya — 14,1 ming nafar.

💠 Shu o'rinda, mamlakatimiz turistik sohasini rivojlantirishga hissa qo'shayotgan - turistik tashkilotlar va mehmonxona komplekslari, muzeylar, teatrlar xodimlari, turistik agentlik vakillari - barchani chin yurakdan tabriklaymiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #tayinlov #tabrik
TAYINLOV

Xo'jamqulov Sirojiddin Tursunpulatovich – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi ⭐️Kadastr agentligi 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Uzun tuman filiali boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

💠Sirojiddin Xo'jamqulov – 1987-yilda Surxondaryo viloyati, Uzun tumanida tug‘ilgan. 2010 yil – Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan.

🫥 Tayinlovga qadar Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Uzun tuman filiali yetakchi kadastr muhandisi lavozimida faoliyat yuritgan.

🤝 Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo boshqarmasi jamoasi S.Xo'jamqulovning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Matbuot xizmati

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #tayinlov #tabrik
TAYINLOV

Mamayusupov Islom Shamsiddin o'g'li – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi ⭐️Kadastr agentligi 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Jarqo'rg'on tuman filiali boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

💠 Islom Mamayusupov – 1993-yilda Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2017 yil – Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan.

🫥 Tayinlovga qadar Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'limi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

🤝 Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi jamoasi I.Mamayusupovning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Matbuot xizmati

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Kadastr aholi manfaatlari yo'lida"

🟢 Ayni damda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasining Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi bosh mutaxassisi B.Safarov hamda Muzrabot tuman filiali hodimlari ishtirokida "Kadastr aholi manfaatlari yo'li" tamoyili asosida aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda hal etilishi yuzasidan "Obod mahalla", "Obod ko'cha" va "Obod xonadon"lar bo'yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🟦Shu bois, ⭐️Kadastr xodimlari tomonidan "Aholi manfaatlari yo'lida" Muzrabot tumani, Bog'i eram mahallasida yashovchi bir qancha fuqarolarga Kadastr sohasiga oid murojaatlar borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Matbuot xizmati

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #delimitatsiya_demarkatsiya

🇺🇿O‘zbekiston-🇹🇯Tojikiston davlat chegarasining loyiha demarkatsiyasi muhokama qilindi

Kecha, 26-sentabr kuni Tojikistonning Xo‘jand shahrida O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi yakunlandi.

🟢Unga ko‘ra, 19-25-sentabr kunlari O‘zbekiston-Tojikiston davlatlararo chegarasining loyiha demarkatsiya chizig‘idan o‘tish masalalari muhokama qilindi.

🟢Uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tgan.

❗️Ma’lumot uchun, avvalgi uchrashuv 21-28-avgust kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥🫥Manzilli targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.🫥🫥

🫥Kuni kecha Termiz shahrining "Chegara" mahalla fuqarolar yig‘inida Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Maksumov.
🫥Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi bosh mutaxassisi X.Umirov.
🫠Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi O'.Xamrayev.
🫥Termiz shahar filiali boshlig‘i I.Ziyaqulov hamda ushbu filial mutaxassislari bilan birgalikda davra suhbati tashkillashtirildi.

🔄Ushbu davra suhbatida asosiy e’tibor MFY xodimlari va ushbu mahalla fuqarolarining Kadastr sohasiga oid xuquqiy ongi va xuquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda soxaning faoliyati va soxaga oid yangiliklar bilan tanishtirish yuzasidan bo‘lib o‘tdi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM