SURXONDARYO KADASTR
1.91K subscribers
19.2K photos
2.33K videos
22 files
11.5K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
▪️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish tartibi belgilandi ▪️

📃 Hukumat qarori (409-son, 22.08.2023 y.) bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📝 Nizomga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish (har 3 yilda kamida bir marta) Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

➡️ Shunga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari malaka oshirish muddati kelishidan 15 kun oldin Markazga xat yuboradi.

🗓 Markaz xat kelib tushgan kundan 5 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki uni rad etadi.

O‘quv kurslarining eng ko‘p hajmi 72 soatni tashkil qiladi.

👔 Kurslar tamomlangach, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar test sinovidan o‘tkazilib, testdan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat beriladi.

☑️ Malaka oshirish davrida ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi.

📌 Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi (suhbat shaklida).

❗️ OTMni tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha 2 yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_sohasida_atamalar

🔴Geografik axborot tizimi — geografik obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish, ularni tahlil qilish, saqlash, modellashtirish va aks ettirish uchun, shuningdek kartografiyaga oid axborotdan foydalangan holda umumdavlat ahamiyatiga yoki tarmoq ahamiyatiga molik axborotga va hisob-kitobga doir vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan tizimdir.

#термины в кадастровой сфере

🔵Геоинформационная система - для сбора, обработки, анализа, хранения, моделирования и отображения информации о географических объектах, а также информации государственного или сетевого значения с использованием картографической информации и учета. представляет собой автоматизированную систему, предназначенную для решения задач, связанных с книгой.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #infografika #kadastr_pasport

🔴 Necha turdagi kadastr pasporti borligi haqida bilasizmi ?

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​🇺🇿Davlat xizmatchilarining kasbiy madaniyatga oid umumiy odob-axloq qoidalari.

Davlat xizmatchilari:

🔰fuqarolarning jinsi, irqi, millati, fuqaroligi, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei kamsitilishiga olib keluvchi taʼsir choralari va harakatlar (harakatsizlik)ga yo‘l qo‘ymasligi;

🔰halol, adolatli va kamtar bo‘lishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, vazmin va samimiy munosabatni namoyish qilishi;

🔰 jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlarni qabul qilishda qonuniylikni, adolatlilikni va shaffoflikni taʼminlashi;

🔰 davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazuvchi, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini pasaytiradigan harakatlar (harakatsizlik)dan tiyilishi;

🔰 o‘zining xatti-harakati va axloqi tufayli jamoatchilikning tanqidiga uchramaslik choralarini ko‘rishi, tanqid uchun taʼqibga yo‘l qo‘ymasligi, asosli va konstruktiv tanqiddan o‘z faoliyatidagi kamchiliklar hamda nuqsonlarni bartaraf etish yo‘lida foydalanishi;

🔰 davlat organlari va tashkilotlari, davlat xizmatchilari va boshqa shaxslarga o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda shaxsiy masalalar yuzasidan taʼsir o‘tkazmasligi;

🔰 o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olmasligi;

🔰 davlat mulkining but saqlanishini taʼminlashi, o‘ziga ishonib topshirilgan davlat mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi;

🔰 xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilishi, ish vaqtidan oqilona va samarali foydalanishi;

🔰 aholining davlat xizmatlari isteʼmolchisi sifatidagi talablariga muvofiq doimiy ravishda faoliyat sifatini oshirib borish choralarini ko‘rishi;

🔰 qonun bilan intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan huquqbuzarlik va boshqa xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi;

🔰 kasb etikasi va ishchanlik uslubiga rioya etishi;

🔰siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat tashkilotlari manfaatlari yo‘lida xizmat mavqei va imkoniyatlaridan foydalanmasligi kerak.

🌏 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining NAMUNAVIY QOIDALARIdan

Telegram Facebook Instagram YouTube
#murojaatlar #qonun
✏️Murojaatlarni ko‘rib chiqishni rad etgan mansabdorlarga qanday javobgarlik bor ?

🦅Qonunchilikka ko‘ra, 

🫥  jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;

🫥 murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;

🫥 murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;

🫥 murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;

🫥 jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik

🌀 mansabdor shaxslarga 330 ming so‘mdan 990 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #Bandixon_tumani

O‘z vaqtida o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydoni qaytarildi.

🌟 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi, Bandixon tuman bo‘limi tomonidan tumanning Farovon mahallasi hududidan fuqaro M.S tomonidan qishloq xo'jaligi xaritasining 245-dala konturidan o‘zboshimchalik bilan 0.05 gektar yer maydoni egallab olinganligi aniqlandi.

❇️ Tadbir davomida fuqaro bilan suhbat olib borilib, yer qonunbuzilish holatlari MJTKning 60-moddasi 2-qismi oqibatlari haqida tushunchalar berildi, Natijada yer maydoni fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda o'z holiga qaytarilishiga erishildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan qonun xujjatlariga belgilangan tartibda javobgarliklar mavjudligidan habaringiz bormi

🔢 MJTKning 60-modda 2-qismi (Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish) - Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 25 barovari, yuridik shaxslarga esa 50 barovarigacha jarima solishi mumkin.

🔢 MJTKning 60-modda 3-qismi (O‘zboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish) - Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barovari, yuridik shaxslarga esa 300 barovarigacha jarima solishi mumkin.

🔢 MJTKning 60¹ (prim) moddasi (Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish) - Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 25 barovari, yuridik shaxslarga esa 50 barovarigacha jarima solishi mumkin.

🔢 MJTKning 68-modda 1-qismi (Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish) - Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 barovari, yuridik shaxslarga esa 5 barovarigacha jarima solishi mumkin.

🔢 MJTKning 68-modda 2-qismi (Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish takror sodir etilgan bo‘lsa) - Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 barovari, yuridik shaxslarga esa 10 barovarigacha jarima solishi mumkin.

🔢 MJTKning 68¹ (prim) moddasi (Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik) - Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 barovari, yuridik shaxslarga esa 15 barovarigacha jarima solishi mumkin.

🔢 MJTKning 69-modda (Chegara belgilarini, geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish) - Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 barovaridan 5 barovarigacha, yuridik shaxslarga esa 5 barovaridan 10 barovarigacha jarima solishi mumkin.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati

jtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Самарқанд вилоятига келгач, Пайариқ туманидаги Имом Бухорий мақбарасини зиёрат қилди.

По прибытии в Самаркандскую область Президент Шавкат Мирзиёев посетил мавзолей Имама Бухарий в Пайарыкском районе.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand #ziyorat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🌍 Yer xatlovi oxirgi marta qachon o‘tkazilgan?

Yerning hisobini aniq yuritish va samarali foydalanish qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik, ishlab chiqarish, qurilish, geologiya kabi ko‘plab sohalar uchun juda muhim.

➡️Batafsil o'qish uchun

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Inson manfaatlari - oliy qadriyat!▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan "Kadastr aholi manfaatlari yo'lida" tamoyili asosida aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga borgan holda hal etish va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

💠 Aholi manfaatlari uchun yo'lga qo'yilgan ushbu tashabbus fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolariga ijobiy yechim topishda davom etmoqda.

▫️Surxondaryo viloyati 1, 2
▫️Farg'ona viloyati
▫️Jizzax viloyati

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM