SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
18.8K photos
2.29K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#prezident #xalqaro_tashrif

🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 🇮🇷 Эрон Ислом Республикаси Президенти Иброҳим Раисийнинг таклифига биноан расмий ташрифи.

🟢Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Эрон Ислом Республикаси Президенти Иброҳим Раисийнинг таклифига биноан расмий ташриф билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Эрон Ислом Республикаси Президенти Иброҳим Раисийнинг таклифига биноан расмий ташриф билан Теҳрон шаҳрига келди.

🟢Президент Шавкат Мирзиёев расмий ташриф билан Теҳронга келди

🟢Теҳрондаги “Саадобод” мажмуасининг “Жумҳури” саройида Эрон Ислом Республикасига расмий ташриф билан келган Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевни расмий кутиб олиш маросими бўлиб ўтди.

🟢Президент Шавкат Мирзиёев ва Президент Иброҳим Раисийнинг тор доирадаги учрашуви бўлиб ўтди
🟢Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Эрон Ислом Республикаси Президенти Иброҳим Раисийнинг музокаралари икки мамлакат расмий делегациялари иштирокида кенгайтирилган таркибда давом этди.

🟢Олий даражадаги музокаралар якунлангач, икки томонлама ҳужжатларни имзолаш маросими бўлди.

🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Теҳрон шаҳрида инновациялар ва технологиялар ихтисослаштирилган кўргазмасига ташриф буюрди.

🟢Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев расмий ташриф доирасида Эрон Ислом Республикаси Олий диний раҳбари оятуллоҳ Сайид Али Хоманеий билан учрашди.

🟢Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Эрон Ислом Республикасига расмий ташрифи якунига етди. “Меҳробод” аэропортида давлатимиз раҳбарини Эрон саноат, кончилик ва савдо вазири Аббос Алиободий ва бошқа расмий шахслар кузатиб қўйди. Президентимиз Тошкентга қайтиб келди.

🟢 Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Эронга расмий ташрифи икки томонлама муносабатларни янги - кенг қамровли ҳамкорлик даражасига кўтариш сари муҳим қадам бўлди

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Senat yig‘ilishi▪️

⚜️ Kuni kecha, Senatning Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, aholi bilan uchrashuvlar va sayyor qabullar tashkil qilish, ko‘tarilgan masala va muammolarni zudlik bilan joyida hal qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Kadastr agentligi rahbariyatining axboroti tinglandi. Agentlik tomonidan murojaatlar tahlili, o‘tkazilgan sayyor qabullar, mas’ul xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun javobgarlik masalalari ko'rib chiqildi.

◼️Shu bilan birga, sohada o‘z yechimini kutayotgan ayrim muammoli masalalar mavjudligi aytib o‘tildi. Xususan, respublika hududidagi 2 mln 400 mingdan ortiq aholi xonadonlarining kadastr hujjatlari yo‘qligi va bino-inshootlariga nisbatan mulk huquqini belgilovchi tartib mavjud emasligi sababli aholi tomorqa uchun kredit, subsidiya hamda uy-joyini kengaytirishga ipotekadan foydalana olmayapti, shu tufayli Agentlikka hamda Xalq qabulxonalariga murojaatlar soni ko‘paygan. Tahlil natijalariga ko‘ra ayni shu mazmundagi murojaatlar jami murojaatlarning 40 foizdan ortig‘ini tashkil etishi ta’kidlab o‘tildi.

▫️Majlisda muhokama qilingan masalalar yuzasidan Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

👉 Batafsil: https://senat.uz/events/post-892

#DavKadastrPalata #senat_yig_ilishi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_atamalari

🔴MANZIL

💬Manzil — ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestrida ro‘yxatga olingan yoki ro‘yxatga olinmagan ko‘chmas mulk obyektlari — yer uchastkalari, binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan imoratlar, shu jumladan, qurilayotgan, alohida ajratilgan joylar, avtomobil saqlash joylari (chiziqli inshootlar bundan mustasno) (keyingi o‘rinlarda obyektlar deb ataladi) joylashgan joyni bir xil identifikatsiyalaydigan elementlarning noyob yig‘indisi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasida o‘quv-seminar tashkil etildi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasida “E-AUKSION” elektron savdo platformasining xususiylashtirish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashdagi ahamiyati mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

💠 Unda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" aksiyadorlik jamiyati Surxondaryo viloyati vakillari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni, “E-AUKSION” elektron savdo platformasidan foydalanish tartibi, mazkur platformada realizatsiya qilinadigan mulk turlari, xususan yer uchastkalari hamda savdoda turgan boshqa mulklar, ko‘chma savdo joylari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

💠Ushbu seminar davomida ko‘rgazmali vositalar orqali “E-AUKSION” elektron savdo platformasida so‘nggi 5 yillikda savdoga chiqarilgan va sotilgan mulklar dinamikasi namoyish etilib, auksion savdolarda ishtirok etish tartibi bosqichma-bosqich tushuntirib berildi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_biz_haqimizda

🌍 OAV biz haqimizda

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida 🌟Kadastr agentligining aholi murojaatlari bilan ishlash holati tinglandi.

➡️Batafsil: "O'zbekiston24" telekanalining "Yangiliklar" informatsion dasturida

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚜️Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asoslari

❗️Yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

💠yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;

💠binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;

💠qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💸Korrupsiya bu - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyatdir.

🫥Shu sababdan ham Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi sizlarni Korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

🔵Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining
📞 1097 ishonch telefoni orqali xabar bering.

🔴Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Сурхондарёда 2030 йилга қадар қўшимча 100 мингдан ортиқ ўқувчи ўрни яратилади

🇺🇿Ўзбекистон либерал-демократик партиясидан Ўзбекистон Республикаси Президентлигига номзод Шавкат Мирзиёев сурхондарёлик сайловчилар билан учрашув чоғида келгуси етти йилда таълимни ривожлантиришга оид режалар ҳақида тўхталди.

Сурхондарё вилоятида мактабгача таълимга бўлган эҳтиёж 100 фоиз қопланади. Бунинг учун 2 мингта янги давлат ва хусусий боғчалар ташкил этилади (ҳозирда 60 фоиз).

Замонавий мактаблар барпо этиш, уларнинг қувватини ошириш, хусусий секторга шароит яратиш ҳисобига, 2030 йилга қадар, қўшимча 100 мингдан ортиқ ўқувчи ўрни яратилади.

Шу билан бирга, вилоятдаги барча мактаблар замонавий компьютер синфлари ва интерактив доскалар билан жиҳозланади.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #murojaat
AHOLI MUROJAATLARI DOIMO E’TIBORDA

Viloyatimiz aholisi hamda tadbirkorlari diqqatiga!

💠 Agar Sizda kadastrga oid savol yoki masala bo‘lsa, u holda ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining ☎️ (55) 451 22-14 va
(55) 451 22-19) telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilish yoki
💻https://t.iss.one/surxonkadastr_chat ga ✏️murojaat yoʻllash bilan mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.

❗️ Muhim eslatma: Murojaatda ism-familiyangiz, yashash manzilingiz, telefon raqamingizni yozib qoldirishni unutmang.

🏢 Shuningdek, bevosita Boshqarma binosiga kelib oʻzingizni qiziqtirgan savollar yuzasidan huquqiy ma’lumotga ega boʻlishingiz ham mumkin.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Yer_kodeksi

⚜️O‘z yeringizdagi huquqingizni bilasizmi ?

Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagi huquqlarga ega:

🔵 yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga muvofiq mustaqil xo‘jalik yuritish;

⭕️yerlarni sug‘orish va ularning zaxini qochirish, agrotexnika va boshqa meliorasiya ishlari o‘tkazish;

🔵 qishloq xo‘jalik ekinlarini, dov-daraxtlarni sug‘orish hamda boshqa maqsadlar uchun sug‘orish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish;

⭕️ uy-joy binolari, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy hamda boshqa imoratlar va inshootlarni barpo etish, yer uchastkalaridan foydalanish maqsadi va loyiha hujjatlariga muvofiq ularni qayta qurish va buzib tashlash.

🔵 yer uchastkasi olib qo‘yilgan taqdirda unga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilish;

⭕️ yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha foydalanishga va ichki xo‘jalik ijarasiga berish;
▪️Yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish bo‘yicha barcha imtiyozlar bekor qilinmoqda ▪️

🇺🇿 Prezident tomonidan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga nisbatan xususiy mulkchilik instituti joriy etilishi va mulk huquqining daxlsizligiga oid qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan prezident ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-99-sonli farmon imzolandi.

Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda:

◾️ qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish (realizatsiya qilish);

◾️ yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi tartiblar, imtiyoz va istisnolarni to‘liq chiqarib tashlash;

◾️ jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘arma faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlari bo‘yicha o‘zgarishlar.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xalqaro_aloqalar

🇺🇿O‘zbekiston va 🇦🇿Ozarbayjon kadastr idoralari o‘rtasida yer hisobi, geoaxborot tizimlari, kadastr tizimlarining modernizatsiyasi yo‘nalishida idoralararo ishchi guruhlarning onlayn sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🟢Joriy yilning 8-iyun hamda 22-iyun sanalarida 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi 🌟Kadastr agentligi hamda 🇦🇿Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Mulk masalalari davlat xizmati o‘rtasida idoralararo ishchi guruhlarning tajriba almashishga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidan:

😎Yer maʼmurchiligi hamda yer hisobini yuritish;
😎Yer va kadastr nazorati;
😎Raqamlashtirish va Yer boshqaruviga oid axborot tizimlari;
😎Ozarbayjonning «Nesas» hamda O‘zbekistonning «Uzkad» axborot tizimi imkoniyatlari;
😎geoaxborot tizimlari va manzillar reyestri;
😎Fazoviy maʼlumotlar infrastrukturasini yaratish yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish o‘rin oldi.

Maʼlumot uchun: Davlatlararo sohaviy hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya o‘rtasida belgilangan harakatlar rejasiga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tomonlarning hamkorlik ko‘lami – yer munosabatlari, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini yuritish sohasida tajriba almashish, shuningdek mazkur yo‘nalishlarda elektron xizmatlar ko‘rsatish masalalarini qamrab oladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM