SURXONDARYO KADASTR
1.88K subscribers
18.7K photos
2.27K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Aholi tomonidan sohamizga oid kelgan har qanday murojaatlar doim etibordadur.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining barcha tumani filial xodimlari bilan birgalikda "Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda.

💠Jumladan Sho`rchi tumanining Jarqishloq, Ezgulik, Elbayon, hamda Ibn-Sino mahalla fuqarolari tomonidan kelgan murojaatlar qonuniy tartibda o‘rganilib chiqilib ijobiy hal etilgan.

📊 Ma'lumot o'rnida, 2023 yil 20-iyun kunlari mobaynida Sho‘rchi tumani filialiga 220 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan bo‘lib murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 221 ta murojaatdan 156 ta ijobiy hal qilingan, 54 ta huquqiy tushunchalar berilgan, 11 ta rad etilgan.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalari statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha haftalik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: 13-19-iyun, 2023-yil

⚖️ Jami: 316 tа

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💬Ma'lumot o'rnida💬

💠 Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak?

❗️Kadastr pasporti yoʻqolganda yoki yaroqsiz holga kelganda, qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti 2 ish kuni mobaynida beriladi.

▫️Batafsil mazkur infografikada

Rasmiy sahifalarimiz
👇
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident #xalqaro_tashrif

🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 🇮🇷 Эрон Ислом Республикаси Президенти Иброҳим Раисийнинг таклифига биноан расмий ташрифи.

🟢Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Эрон Ислом Республикаси Президенти Иброҳим Раисийнинг таклифига биноан расмий ташриф билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Эрон Ислом Республикаси Президенти Иброҳим Раисийнинг таклифига биноан расмий ташриф билан Теҳрон шаҳрига келди.

🟢Президент Шавкат Мирзиёев расмий ташриф билан Теҳронга келди

🟢Теҳрондаги “Саадобод” мажмуасининг “Жумҳури” саройида Эрон Ислом Республикасига расмий ташриф билан келган Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевни расмий кутиб олиш маросими бўлиб ўтди.

🟢Президент Шавкат Мирзиёев ва Президент Иброҳим Раисийнинг тор доирадаги учрашуви бўлиб ўтди
🟢Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Эрон Ислом Республикаси Президенти Иброҳим Раисийнинг музокаралари икки мамлакат расмий делегациялари иштирокида кенгайтирилган таркибда давом этди.

🟢Олий даражадаги музокаралар якунлангач, икки томонлама ҳужжатларни имзолаш маросими бўлди.

🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Теҳрон шаҳрида инновациялар ва технологиялар ихтисослаштирилган кўргазмасига ташриф буюрди.

🟢Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев расмий ташриф доирасида Эрон Ислом Республикаси Олий диний раҳбари оятуллоҳ Сайид Али Хоманеий билан учрашди.

🟢Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Эрон Ислом Республикасига расмий ташрифи якунига етди. “Меҳробод” аэропортида давлатимиз раҳбарини Эрон саноат, кончилик ва савдо вазири Аббос Алиободий ва бошқа расмий шахслар кузатиб қўйди. Президентимиз Тошкентга қайтиб келди.

🟢 Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Эронга расмий ташрифи икки томонлама муносабатларни янги - кенг қамровли ҳамкорлик даражасига кўтариш сари муҳим қадам бўлди

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Senat yig‘ilishi▪️

⚜️ Kuni kecha, Senatning Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, aholi bilan uchrashuvlar va sayyor qabullar tashkil qilish, ko‘tarilgan masala va muammolarni zudlik bilan joyida hal qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Kadastr agentligi rahbariyatining axboroti tinglandi. Agentlik tomonidan murojaatlar tahlili, o‘tkazilgan sayyor qabullar, mas’ul xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun javobgarlik masalalari ko'rib chiqildi.

◼️Shu bilan birga, sohada o‘z yechimini kutayotgan ayrim muammoli masalalar mavjudligi aytib o‘tildi. Xususan, respublika hududidagi 2 mln 400 mingdan ortiq aholi xonadonlarining kadastr hujjatlari yo‘qligi va bino-inshootlariga nisbatan mulk huquqini belgilovchi tartib mavjud emasligi sababli aholi tomorqa uchun kredit, subsidiya hamda uy-joyini kengaytirishga ipotekadan foydalana olmayapti, shu tufayli Agentlikka hamda Xalq qabulxonalariga murojaatlar soni ko‘paygan. Tahlil natijalariga ko‘ra ayni shu mazmundagi murojaatlar jami murojaatlarning 40 foizdan ortig‘ini tashkil etishi ta’kidlab o‘tildi.

▫️Majlisda muhokama qilingan masalalar yuzasidan Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

👉 Batafsil: https://senat.uz/events/post-892

#DavKadastrPalata #senat_yig_ilishi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_atamalari

🔴MANZIL

💬Manzil — ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestrida ro‘yxatga olingan yoki ro‘yxatga olinmagan ko‘chmas mulk obyektlari — yer uchastkalari, binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan imoratlar, shu jumladan, qurilayotgan, alohida ajratilgan joylar, avtomobil saqlash joylari (chiziqli inshootlar bundan mustasno) (keyingi o‘rinlarda obyektlar deb ataladi) joylashgan joyni bir xil identifikatsiyalaydigan elementlarning noyob yig‘indisi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasida o‘quv-seminar tashkil etildi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasida “E-AUKSION” elektron savdo platformasining xususiylashtirish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashdagi ahamiyati mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

💠 Unda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" aksiyadorlik jamiyati Surxondaryo viloyati vakillari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni, “E-AUKSION” elektron savdo platformasidan foydalanish tartibi, mazkur platformada realizatsiya qilinadigan mulk turlari, xususan yer uchastkalari hamda savdoda turgan boshqa mulklar, ko‘chma savdo joylari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

💠Ushbu seminar davomida ko‘rgazmali vositalar orqali “E-AUKSION” elektron savdo platformasida so‘nggi 5 yillikda savdoga chiqarilgan va sotilgan mulklar dinamikasi namoyish etilib, auksion savdolarda ishtirok etish tartibi bosqichma-bosqich tushuntirib berildi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM