SURXONDARYO KADASTR
1.87K subscribers
18.8K photos
2.28K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
KADASTR XODIMLARI ISHTIROKIDA NAVBATDAGI YIG`ILISH O`TKAZILDI.

🔸 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig`i Menglimamat Abdiraxmanov boshchiligida va boshqarma ishchi-xodimlari ishtirokda navbatdagi yig'ilish o'tkazildi.

Unda boshqarma tizimidagi shahar va tumanlar bo‘limlari xodimlari ham ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.

Yig`ilishda qonun buzilishi holatlari, ma'muriy ish materiallarini majburiy ijroga qaratish yuzasidan muddati kelgan hujjatlarni MIB ga yuborish. “E-yer nazorat” tizimiga barcha aniqlangan ma'lumotlarni kiritish bo'yicha qilingan ishlarni yakunlash va bundan so'ng doimiy ravishda “E-ma’muriy ish” tizimi bilan birgalikda bazalarga kiritib borilishi hamda qo`llanilgan jarimalarni undiruvlari muhokama etildi.

Yer nazorati va berilgan topshiriqlar ijro yuzasidan kuzatilayotgan kamchiliklari uchun bir qator tuman bo'limlari faoliyati tanqid ostiga olindi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram Instagram YouTube Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ishonch_raqam #1097

⚡️HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

🇺🇿Aholi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlarini tartibga solish maqsadida Kadastr agentligining 1097 qisqa raqami orqali fotosurat, videoyozuvlarni jo'natish belgilandi.

📌Shuningdek Kadastr agentligi tomonidan @e_yernazorat_bot telegram bot orqali yoki Kadastr.uz sayti orqali ham murojaatingizni qabul qilish yo'lga qo'yildi.

📝Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega va mas'ullar tomonidan o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqiladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram Instagram YouTube Facebook
▫️Masʼullarga nisbatan keskin choralar ko‘rildi▫️

🔳Bugun Davlat kadastrlari palatasi raisi boshchiligida Markaziy apparat xodimlari, bo‘lim boshliqlari hamda palataning hududiy viloyat, tuman va shahar filiallari boshliqlari, kadastr muhandislari, arxivariuslar ishtirokida ZOOM platformasi orqali kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔳 Yig‘ilishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan yakka tartibdagi ko‘chmas mulklar xatlovi va ularni UzKAD tizimiga kiritishda yo‘l qo‘yilgan xatolar bo‘yicha hududiy boshqarma xodimlarining kamchiliklar ko‘rib chiqilib, tahlil etildi. Respublika bo‘yicha 50ga yaqin xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinib, 200 dan oshiq kadastr xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rildi.

⚡️Tez orada to‘liq ma’lumot taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #tahlil #choralar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
KUN HIKMATI

🌀Fikrlaringizni kuzating, ular so'zlarga aylanadi, so'zlaringizga ahamiyat bering, ular harakatlarga aylanadi. Harakatlaringizni kuzating, ular odatlarga aylanadi, odatlaringizni kuzating, ular xarakterga aylanadi. Xarakteringizga ahamiyat bering, u hayotingizga aylanadi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
Telegram
Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #brifing

⚡️ 29-noyabr, seshanba kuni:

🟥 Brifing

😀 Mavzu: ⭐️Kadastr sohasi qonunchiligidagi yangiliklar, asosiy o‘zgarishlar

🎚️ Vaqti: 12:00

➡️ Ishtirok etadi: Neʼmat Atamuratov, ⭐️Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastr_atamalari

▪️YER MONITORINGI▪️

Yer monitoringi yer tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer fondining holatini kuzatib turish tizimidan iborat.

Davlat yer kadastrini yuritishni, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni, yerlarni muhofaza qilishni axborot bilan ta’minlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi.

📝 O‘zbekiston Respublikasining Yer Kodeksi, 14-modda

https://t.iss.one/surxonkadastr
#kadastr #tayinlov #tabrik

📣TAYINLOV

👍Kadastr agentligining Yuridik boshqarmasi boshlig’i lavozimiga Amirqulov Djamshid Djumayevich tayinlandi.

🔠Djamshid Amirqulov shu kunga qadar Yuridik boshqarmaning bosh yuriskonsulti lavozimida faoliyat yuritgan.

👍Kadastr agentligi jamoasi Dj.Amirqulovni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Тўра Боболов Татаристон Президенти билан учрашди

Сурхондарё вилояти ва Россия Федерацияси ҳудудлари билан ташқи савдо алоқаларини ривожлантириш, ҳудуднинг иқтисодий салоҳиятини намойиш этиш, инвестиция ва туризмга оид тақдимотлар ўтказиш мақсадида вилоят ҳокими Тўра Боболов бошчилигидаги делегация ушбу мамлакатга етиб борди.

Ташрифнинг биринчи куни вилоят ҳокими Тўра Боболов Қозон шаҳрида Татаристон Республикаси Президенти Рустам Минниханов билан учрашди. Шундан сўнг, делегация аъзолари иштирокида кенгайтирилган тарзда музокаралар ўтказилиб, Татаристон Республикаси ва Сурхондарё вилояти ўртасида ташқи савдо алоқаларини ривожлантириш, иқтисодий, инвестициявий ва туризм соҳаларида ўзаро ҳамкорликни ривожлантириш масалалари муҳокама қилинди.

Музокаралар чоғида вилоят ҳокими Тўра Боболов ва Рустам Минниханов Татаристон ва Сурхондарё вилояти корхоналари ўртасидаги ўзаро ҳамкорлик, товар ва хизматларни ўзаро етказиб беришни кенгайтириш ҳамда гуманитар алоқаларни мустаҳкамлаш масалаларини муҳокама қилдилар.

Учрашув давомида Рустам Минниханов Татаристон Сурхондарё вилояти билан ҳамкорликни янада ривожлантиришдан манфаатдор эканлигини, сўнгги йилларда ўзбекистонлик ҳамкорлар билан алоқалар фаол ривожланиб, ўтган йилги товар айирбошлаш ҳажми қарийб 200 миллион АҚШ долларини ташкил этган бўлса, жорий йилнинг биринчи ярмида ушбу кўрсаткич 34 фоизга ўсганлигини таъкидлаб ўтди.

Вилоятимиз делегациясининг Қозон шаҳрига сафари доирасида Татаристон Республикасининг Савдо-саноат палатасида ишбилармон доира вакиллари билан учрашуви, Қишлоқ хўжалиги ва озиқ-овқат вазирлигида масъуллар билан музокаралари ҳамда Татаристоннинг иқтисодий ва сармоявий салоҳияти тақдимоти бўлиб ўтадиган Ягона тақдимот маркази, юқори технологиялар соҳасидаги технопарк – IT-парк, шунингдек, Қозон федерал университетига ташрифи режалаштирилган.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site