SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
18.8K photos
2.29K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев космик фаолиятни ривожлантиришга қаратилган қўшимча чора-тадбирлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией дополнительных мер, направленных на развитие космической деятельности.

#Mirziyoyev #taqdimot #kosmos #takliflar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
⚜️Faoliyat nazorati⚜️

💠 Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev boshchiligida bugun Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabuldan so‘ng, palata raisi viloyatning barcha filial boshliqlari hamda tizim mutasaddilari uchun yig‘ilish o‘tkazdi.

💠 Uchrashuvda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda kadastr pasportini shakllantirish sifatini oshirish va ijro muddatlariga rioya qilish masalalari ko‘tarildi. Bundan tashqari tumanlarda Davlat yer kadastri va Bino-inshootlar davlat kadastrini yuritish holatlari ko'rib chiqildi va tahlil etildi.

💠 Shuningdek, faoliyat davomida intizomga e'tibor qaratish, korrupsion holatlarga yo'l qoymaslik masalalariga alohida to'xtalib o'tildi.

#DavKadastrPalata #tahlil #Surxondaryo

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#bilasizmi #Huquqiy_asos

⚡️DAVLAT YER KADASTRI

Davlat yer kadastri yerlarning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy rejimi, ularning toifalari, sifat ko‘rsatkichlari va bahosi, yer uchastkalarining joylashgan manzili va o‘lchamlari, ularni yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, ijarachilarga hamda mulkdorlarga taqsimlash to‘g‘risidagi zarur, ishonchli maʼlumotlar va hujjatlar tizimidan iborat.

O‘zbekiston Respublikasining Yer Kodeksi, 15-modda.

https://t.iss.one/surxonkadastr
е-auksion savdo platformasi orqali Surxondaryo viloyatidagi 1259 dan ortiq ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling.

🔷 Oltinsoy tumanidan 76 ta (кўриш)
🔷 Angor tumanidan 74 ta (кўриш)
🔷 Bandixon tumanidan 7 ta (кўриш)
🔷 Boysun tumanidan 72 ta (кўриш)
🔷 Muzrabot tumanidan 71 ta (кўриш)
🔷 Denov tumanidan 263 ta (кўриш)
🔷 Jarqo`rg`on tumanidan 77 ta (кўриш)
🔷 Qumqo`rg`on tumanidan 91 ta (кўриш)
🔷 Qiziriq tumanidan 74 ta (кўриш)
🔷 Sariosiyo tumanidan 128 ta (кўриш)
🔷 Uzun tumanidan 90 ta (кўриш)
🔷 Termiz tumanidan 57 ta (кўриш)
🔷 Sherobod tumanidan 77 ta (кўриш)
🔷 Sho`rchi tumanidan 94 ta (кўриш)
🔷 Termiz shahardan 8 ta (кўриш)

e-auksion.uz

"E-AUKSION" mobil ilovasini yuklab oling!

A`zolik https://t.iss.one/surxonkadastr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Oltinsoydagi sayyor qabul 🔹

💠 Kuni kecha Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev hamda hududiy boshqarma boshliqlari ishtirokida Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida o'tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning kadastr hujjatlatlarini rasmiylashtirish, mulkni davlat ro'yxatidan o'tkazish va shu kabi masalalar bo'yicha 30ga yaqin murojaatlari ko'rib chiqildi.

💠 Fuqaro va tadbirkorlarning kadastrga oid qiynayotgan muammolari tinglanib, aksariyati joyida hal etildi. O'rganilishi vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

#DavKadastrPalata #DKP_raisining_sayyor_qabuli

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Savol:Uyimni kadastr hujjatini qilganimdan so‘ng yana yoniga qo‘shimcha uy solganman. Bu holatda kadastr hujjatlarimga o'zgartirish kiritamanmi?

Javob: Mazkur holatda kadastr hujjatlari tayyorlangan turar-joyingizda kelishilgan loyiha va belgilangan ruxsatnoma asosida qo‘shimcha qurilgan uy-joyni ham kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishingiz zarur bo‘ladi.

Bunda sizda mavjud kadastr pasportiga o‘zgartirish kiritilib, yangilab beriladi.

Kadastr xizmatlariga to‘lanadigan belgilangan xizmat haqi faqat qo‘shimcha qurilgan (kadastr hujjatida mavjud bo‘lmagan) binolarning maydonidan kelib chiqib hisoblanadi.

Undan so‘ng qo‘shimcha qurilgan binoni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

https://t.iss.one/surxonkadastr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Korrupsiya_taraqqiyot_dushmani

9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Kadastr agentligi tizim tashkilotlari tomonidan tayyorlangan navbatdagi videorolik.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▫️Ko‘chmas mulk bozorida yuz bergan o‘zgarishlar▫️

2022 yil oktabr oyida ko‘chmas mulk bozoridagi vaziyat tahlil qilinganda:

▫️Ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari soni o‘tgan yilning oktabr oyiga nisbatan 4,3%ga oshgan.

▫️Yil boshidan buyon savdo hajmining eng yuqori o‘sish sur’atlari Jizzax – 42%, Sirdaryo – 29% viloyatlarida va Toshkent shahrida – 15% kuzatildi.

▫️Yil boshidan buyon ikkilamchi bozorda 1 kv.m uchun uy-joyning o‘rtacha narxi 11,4%ga oshdi.

▫️Toshkent shahrida ikkilamchi bozorda uy-joy narxlarining o‘sishi 4,6%ni (sentabrda 1,7%) tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ko_chmas_mulk

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Bugun Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni

🌎BMT Bosh Assambleyasining 1999 yil 17 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 25 noyabr Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni, deb eʼlon qilingan.

🔰2014 yilda BMT Bosh kotibi ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni yo‘q qilishga qaratilgan “UNiTE” nomli tashabbusini ochiq deb eʼlon qildi. Shu munosabat bilan har yili dunyo bo‘ylab 25 noyabridan 10 dekabrgacha “16 kun zo‘ravonliksiz!” shiori ostida jamoatchilikning faol ishtirokida tadbirlar o‘tkaziladi.

🔰O‘zbekistonda ham ayollarni himoya qilish, ularning turli zo‘ravonliklarning qurboni bo‘lmasligi uchun kurashish dolzarb ahamiyatga ega. Joriy yilda qabul qilingan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun shu maqsadga xizmat qilmoqda.

🔰Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni mamlakatimizda ham keng nishonlanmoqda. “16 kun zo‘ravonliksiz!” shiori ostidagi
tadbirlarga start berildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Korrupsiya kelajak kushandasi▫️

🔲 Farzandlari kelajagi zulmat bilan qoplanishini istamagan har bir zamondoshimiz albatta ularga avvalo o‘zi to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olishi, buning uchun o‘zi o‘rnak bo‘lmog‘i lozim.

📹 Mazkur videorolik orqali ana shu fikrlar olg‘a surilgan.

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Siyosiy-ma'rifat soati_kadastr

Kadastr agentlgi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan navbatdagi "Siyosiy-ma'rifat soati"da ishtirok etishdi.

Haftaning har juma kunida tashkil etilayotgan "Siyosiy-ma'rifat soati" yurtimizda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarning mohiyatini xodimlarga keng va batafsil tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

📹 KO'RISH

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube