SURXONDARYO KADASTR
1.87K subscribers
18.8K photos
2.28K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🕑 “Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi 24-30 oktabr kunlarida tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔹DXMdagi xizmatlarimiz🔹

Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
▫️ D
avlat xizmatlari markazi;
▫️YIDXP – my.gov.uz orqali.

🔸Xizmatdan foydalanuvchilar:
▫️Yuridik va jismoniy shaxslar

🔸Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
▫️
375 000 so'm (BHMning 1,5 baravari)
▫️Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 1 ish kuni.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#surxonkadastr_ kadastr_hujjatlarini_rasmiylashtirish
♻️Aholining yer uchastkalari va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va uning huquqiy kafolatini taʼminlash maqsadida Surxondaryo viloyatida “Mahallabay”, “Xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

⭕️Jumladan, kuni kecha Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i S.Shaymardanov tomonidan Termiz tumanining “At-Termiziy” hamda “Uchqizil” mahallalarida yashovchi nogiron, temir daftarda turuvchi ehtiyojmand oilalarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
​​🔹1-noyabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?🔹

▪️ Davlat kadastrlari palatasi 1-noyabrdan qonunchilikdagi ro'y beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

✔️Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini, ular elektron reyestrga kiritilgandan so‘ng amalga oshiradi.

✔️O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati kengaytiriladi.

✔️Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar axborot tizimida ro‘yxatga olinadi.

✔️Sirdaryo viloyatida nikoh tuzish va nikohdan ajratish bo‘yicha arizalarni davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkaziladi.

✔️Tibbiyot muassasalaridagi vakant lavozimlarga talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni ishga joylashtirish choralari ko‘riladi.

✔️Eksportchilarga soliq bazasini kamaytirish imtiyozi umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qat’i nazar qo‘llanadi.

✔️Intellektual mulk huquqlarini buzganlarga huquqiy ta’sir choralari maxsus portal orqali amalga oshiriladi.

✔️Mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda to‘lov tizimlari operatorlariga elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi.

✔️Sinov tariqasida fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha maxsus planshet orqali ro‘yxatga olish boshlanadi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar
#TAYINLOV

Urozov Husniddin Hazratqulovich - Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

🔷 Ma'lumot uchun, Urozov Husniddin Hazratqulovich shu kunga qadar Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Yer va kadastr nazorati bo`limi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi jamoasi Urozov Husniddin Hazratqulovichni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tilaydi!

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram Instagram YouTube Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabuli
♻️Xabaringiz bor kuni kecha Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori birinchi o`rinbosari A.Allaberganov hamda Komplayens-nazorat xizmati bo‘limi boshlig‘i B.Shomansurov va Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig`i M.Abdiraxmanov boshchiligida Sho`rchi tumani Oqkamar mahallasi 3-sektor hamda Mustaqillik ko'chasi, 7-son Bolalar musiqa va san'at maktabi binolarida 2 kun davomida sayyor qabul o‘tkazildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#PQ_346_son #2022_yil_1_noyabrdan

⚡️Ko’p qavatli uylarning umumiy mulki hududida qo’shimcha obyekt qurish taqiqlandi

🏢 Qurilish-montaj ishlari tugallangan ko‘p kvartirali uylardan foydalanish uchun ruxsatnoma berilganidan so‘ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni yoki tutash yer uchastkasini kamaytirish va tutash yer uchastkasida qo‘shimcha ko‘p kvartirali uy yoki umumiy mol-mulk bo‘lmagan obyekt qurish uchun o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Jahon banki missiyasi Buxoroda

“Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish”
investitsiya loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida Rozanna Nitti boshchiligida Jahon banki missiyasi 👍Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalarida bo‘ldi.

➡️Batafsil o'qish uchun

🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Savol: Yerni xususiylashtirish qanday toifadagi yerlarga amal qiladi

Javob: Avvalo shuni aytishimiz kerak - qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga nisbatan amal qiladi.

BULAR...

⭕️yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;
⭕️O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;
⭕️ xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalari;
⭕️bo‘sh turgan yer uchastkalari.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Оммавий ахборот воситалари вакиллари учун навбатдаги брифингда 24-28 октябрь кунлари бўлиб ўтган ва шу ҳафтага режалаштирилган тадбирлар тўғрисида маълумот бердим.

Бошланган ҳафтада давлатимиз раҳбари ҳузурида турли соҳалар, хусусан, энергетика, маҳаллий саноат, суд-ҳуқуқ масалаларига доир йиғилиш ва тақдимотлар бўлиб ўтади.

1 ноябрь куни Президентимиз Германия ташқи ишлар вазири Анналена Бербок бошчилигидаги делегацияни қабул қилади.

3 ноябрь кунига эса БАА ҳукумат ишлари бўйича вазири Муҳаммад бин Абдуллоҳ ал-Гаргавий билан учрашув режалаштирилган.

Facebook|Instagram|Twitter
01-Noyabr, Butundunyoda veganlar kuni

💢Veganlar kuni -1994 yil 1 noyabrda Veganlar jamiyati o‘zlarining 50 yilligini nishonlagan vaqtlarida paydo bo‘lgan. Vegan so‘zi Donald Uotson tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lib, inglizcha so‘zning boshidan uchta va oxirgi ikki harfdan olingan.

🥕Veganizm- hayot shakli, veganlar - veganizm tarafdorlari - faqat sabzavotlarni iste'mol qiladilar, go‘sht mahsulotlarini umuman iste'mol qilmaydilar. Veganlar ovqat ratsionidan go‘sht va baliq mahsulotlarinigina emas, tuxum. sut, asal va shunga o‘xshash mahsulotlarni ham olib tashlaydilar. Veganlar teridan, mo‘yna, jun, ipakdan tayyorlangan kiyimlar kiymaydilar.

🥗Bularni rad etishni turli sabablari bo‘lishi mumkin, lekin asosiysi- bu hayvonlarni o‘limiga daxldor bo‘lib qolmaslik va ularga nisbatan shafqatsizlik qilmaslikdir. Veganlar kunida ko‘plab mamlakatlarning Vegan tashkiloti vakillari va boshqa faollar tomonidan bayram mavzusiga bag‘ishlangan turli ma'rifatparvar va xayr-ehson tadbirlari
o‘tkazadilar.
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

1-noyabrdan ko’p qavatli uylarning umumiy mulki hududida qo’shimcha obyekt qurish taqiqlandi.

⚜️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ko‘p kvartirali uylardan foydalanish uchun ruxsatnoma berilganidan so‘ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni yoki tutash yer uchastkasini kamaytirish va tutash yer uchastkasida qo‘shimcha ko‘p kvartirali uy yoki umumiy mol-mulk bo‘lmagan obyekt qurish uchun o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi.

▫️PQ-346-son qarori

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Surxondaryo viloyatida 47 ta Qishloq xo'jaligi yerlarini 30 yilga ijaraga oling

🔸 Angor tumanidan 4 ta (кўриш)
🔸Bandixon tumanidan 3 ta (кўриш)
🔸 Muzrabot tumanidan 1 ta (кўриш)
🔸Denov tumanidan 1 ta (кўриш)
🔸Qumqo`rg`on tumanidan 7 ta (кўриш)
🔸Sherobod tumanidan 30 ta (кўриш)
🔸Sho'rchi tumanidan 1 ta (кўриш)

Savdolarda qatnashish uchun qo'llanma 👉 (кўриш)

"E-AUKSION" mobil ilovasini yuklab oling!

https://t.iss.one/surxonkadastr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⁉️2 million 600 ming xonadon huquqlarini belgilovchi hujjatlari yo'qligining sababi nimada va ularning oldini olish bo'yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

⁉️Shu kunga qadar yurtimizda qancha yerlar auksionga chiqarilgan?

📝Bu savolga Davlat kadastrlari palatasi Koʼchmas mulk huquqlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish boshqarmasi boshlig'i Sanjar Аbdurazzoqov javob berdi.

🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM