SURXONDARYO KADASTR
1.88K subscribers
18.7K photos
2.27K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
✈️ Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarori talablarini bajarish bo‘yicha Surxondaryo viloyat Boysun tumanida ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlari olib borilmoqda.

♻️Surxondaryo viloyat Termiz tumanidagi 7 hududning umumiy maydoni 84 398 gektar bo‘lib, shundan suvli yerlar 12 378 gektarni tashkil etadi. Termiz tumani bo’yicha deshifrovka ishlari bajarilib, deshifrovka materiallari asosida tuman hududidagi 402 yerdan foydalanuvchilarning yer maydonlari va yer turlari yo‘qlamadan o‘tkazilmoqda.

♻️ Shuningdek elektron raqamli qishloq xo‘jalik xaritalari ham yaratilmoqda. Jumladan, suvli yerlar 12
378 ga, jami ko’p yillik daraxtlar 906 ga, bog’zorlar 12 ga, tutzorlar 398 ga, , yaylov yerlar 11 468 ga tashkil qiladi.
▫️Xalqaro forum▫️

💠 Joriy yilning 20-21-oktabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilgan xalqaro forum ishtirokchilarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

💠 Ikki kun davom etgan mazkur xalqaro forum dasturiga ko‘ra Davlat kadastrlari palatasining ham ishtiroki qiziqarli ma’lumotlarga boy o‘tdi.

#DavKadastrPalata #xalqaro_forum #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #brifing

😀 25-oktabr, seshanba kuni:

🟥 Brifing

😀 Mavzu: Kadastr agentligi faoliyatini takomillashtirishga oid Prezident qarori mazmun-mohiyati

🟢 Vaqti: 16:00

🟢 Ishtirok etadi: Neʼmat Atamuratov, Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍Kadastr agentligining tegishli buyrug'iga asosan tizimda 17-oktabrdan 15-noyabrga qadar "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" eʼlon qilindi.

25-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida Kadastr agentligi komplayens-nazorati xizmati bo'lim boshlig‘i Baxtiyor Shamansurov va Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i Isatay Tleuov ishtirokida seminar tashkil qilindi.

Tadbirda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari, shahar va tuman bo‘limi xodimlari zoom platformasi orqali qatnashishdi.

Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari — xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, kadastr xodimlari faoliyatida uchrayotgan muammolar, qalbaki kadastr hujjati rasmiylashtirish holatlari haqida so‘z bordi.

📷Uchrashuv davomida maxsus videorolik namoyish etildi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyatida mavjud yer maydonlarining 8 ta yer toifasi to`g`risida ma`lumot

🏢Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi axborot xizmati.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️ 2023-2025 yillarda O‘zbekiston hududida Milliy koordinatalar tizimi joriy etiladi

Bu haqda bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Neʼmat Atamuratov maʼlum qildi:

Prezident qarori bilan 2023-2026 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlari faoliyatining asosiy prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi:

🔘 25 mln 169 ming gektar yer uchastkalarini o‘lchash va ularning elektron xaritalarini yaratish;

🔘 8 mln 200 mingdan ortiq bino va inshootlarni o‘lchash va ularning elektron bazasini yaratish;

🔘 9 370 ta mahalla chegaralarini belgilash;

🔘 111 ta tumandagi yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish;

🔘 1 665 ta maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash kabilar shular jumlasidan.

📔 Karor bilan, shuningdek, fazoviy maʼlumotlar sohasida qabul qilinadigan standartlar ro‘yxati ham tasdiqlandi.

2023 yil 1 yanvardan boshlab Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining qonuniy faoliyatiga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aralashish yoki taʼsir o‘tkazish qatʼiy taqiqlanadi.

Qaror bilan quyidagi ishlarni bajarish belgilandi:

➡️Geodeziya va kartografiya sohasida qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash ishlarini tashkil etish;

➡️2023-2025 yillarda O‘zbekiston hududida Milliy koordinatalar tizimini joriy etish; Davlat koordinatalar tizimidan (SK-42) Butunjahon koordinatalar tizimiga (WGS-84) o‘tish parametrlarini ishlab chiqish.

➡️ Batafsil

🌐 Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▫️Rasmiy munosabat▫️

⚡️IJTIMOIY TARMOQLARDA AYLANAYOTGAN "10400 AQSH DOLLARI" HAQIDA ANIQROQ

Bugun kunning ikkinchi yarmida deyarli barcha ijtimoiy tarmoq kanallarida "Kadastr muhandisi 10.400 AQSh dollari bilan ushlandi" degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

Aslida 10400 Aqsh dollarini kim olgan?

Demak, joriy yil 21 oktabr kuni fuqaro Sh.Ya. Toshkent viloyat IIBB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida "Ibroxim" ismli shaxs Yangiyo‘l tumani Xalqobod maxallasi hududidagi “U.Yusupov” nomli agrofirmaga qarashli 32 sotix yer maydonini jami 29.000 AQSh dollariga sotishligini va ushbu yer maydonini Yangiyo‘l tuman kadastr bo‘limida ishlovchi tanishi orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 2.400 AQSh dollari berish kerakligini, shundan "avans" sifatida oldindan kadastr xodimi 400 AQSh dollari va yer maydoni egasi "Ibroxim" ismli shaxs 10.000 AQSh dollari talab qilishayotganligini bayon qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Arizaga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida "Ibroxim" deya aytilayoigan fuqaro I.A kelishilgan summadan "avans" sifatida 10.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida, kadastr muhandisi esa 400 AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Lekin, ijtimoiy tarmoq sahifalar sarlavhalarida esa "kadastr muhandisi" iborasi birinchi planga qo‘yilib, 10.400 AQSh dollari olganligiga urg‘u berilmoqda.

Ijtimoiy tarmoq egalaridan har bir ma’lumotni yaxshi o‘rgangan holda omma e’tiboriga havola etishlarini so‘rardik, zero birgina yuzaki o‘rganilgan xabar ortidan nafaqat bir insonning balki butun bir tashkilotning nomi qoralanayotganini anglash lozim.

📌 Biz bu rasmiy munosabat orqali xodim tomonidan qilingan noqonuniy harakatni oqlamoqchi emasmiz, aksincha qonun ustuvorligi ta’minlanishi tarafdorimiz. OAVlar va blogerlardan esa ma’lumotni noto‘g‘ri tarqatmasliklarini so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Инвестиция дастурларини шакллантириш маҳалладан бошланади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Қашқадарё вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш чора-тадбирлари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по мерам социально-экономического развития Кашкадарьинской области.

#Mirziyoyev #videoselektor #Qashqadaryo #hisobot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter