SURXONDARYO KADASTR
1.88K subscribers
19.1K photos
2.33K videos
22 files
11.4K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
▫️Surxonkadastr▫️

💠 Kadastr agentligi binosida Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yil 9 oyi davomida Yer va kadastr nazorati bo`yicha amalga oshirgan ishlari hamda sohadagi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

▫️Bu haqda Uza.uz xabar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
📧SAVOL: Yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk(lar) haqida ma’lumot berish so‘ralgan advokatlik so‘roviga javob berish uchun to‘lov bormi? Bor bo‘lsa, u qaysi normativ-huquqiy hujjatda belgilab qo‘yilgan?

🧾JAVOB: Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, O‘zbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari to‘g‘risidagi qonunning 17-moddasi “Davlat kadastrlariga oid axborot davlat hokimiyati organlariga bepul, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga esa belgilangan tartibda haq evaziga taqdim etiladi”.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi «Davlat kadastrlari sohasida davlat xizmatlarini narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan tartibning 4.14-bandi ko‘chmas mulkka oid kadastr ma’lumotlarni taqdim etish bazaviy hissoblash miqdorining 5 foizi (davlat organlari uchun bepul) qilib belgilangan bo‘lib, Siz tomoningizdan to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng ma’lumot taqdim etilishini ma’lum qilinadi.
Fuqarolar nomlarida ko‘chmas mulk obyektlari bor yoki (yo‘qligi) haqidagi ma’lumotnoma, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi “Vazirlar Mahkamasining” «Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirish to‘g‘risida» gi 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi 535-son qaroriga muvofiq 2020 yil 2-sentabrdan boshlab fuqarolarni mulkida turar-joy borligi (yo‘qligi) haqida axborot berish uchun to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi qilib belgilandi.
Fuqarolarning nomida turar joy mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnoma Yagona Interaktiv Davlat xizmatlari portali yoki joylardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🗣#Kadastr_sayyor_qabul

📣DIQQAT EʼLON!

⚡️ Hurmatli Surxondaryo viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🟥 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🏛 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 27-oktabr kuni soat 11:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📝 Sayyor qabul 👍Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Allaberganov Atabek Validjanovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

🗺Manzil: Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, Mustaqillik ko'chasi, 7-son Bolalar musiqa va san'at maktabi.

Telegram 📸 Instagram 📹YouTube 🌐 Facebook 🌍Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20 oktyabr - Xalqaro aviadispetcherlar kuni nishonlanadi.

♻️Bu bayram Xalqaro aviatsiya dispetcherlari birlashmasi federatsiyasi tuzilganligi yubileyi arafasida taʼsis etilgan. Havo transporti rivojlanishi tarixida 1961 yil muhim iz qoldirgan. Xalqaro aviadispetcherlar kuni bayramini turli mamlakatlar aviadispetcherlari nishonlaydilar.

⭕️Dunyo aviadispetcherlarning kasb bayrami-shu kasb egalarining aviamaʼlumotni xavfsizligini taʼminlashda asosiy o‘rin egallashlarini yana bir bora ko‘rsatib berdi. aviadispetcherlarning zimmasida inson hayoti uchun javobgarlik hissi turadi, shuning uchun har bir dispetcher o‘z ishiga kirishar ekan, vaziyat qandayligidan qatʼiy nazar o‘zining ishini bajarishi lozimdir.

🌀 Aviadispetcherlarsiz havo fazosi kengligini o‘rganish juda qiyin bo‘lardi. Shuning uchun xalqaro aviadispetcherlar kunida bu mutaxassislarni aviakompaniya maʼmuriyati rahbarlari va albatta hamkasblari katta tantana bilan tabriklaydilar.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#surxonkadastr_o`quvseminar
Ер умуммиллий бойлик, Ўзбекистон халқининг ҳаёти, фаолияти ва фаровонлигининг асоси, энг муҳим табиий ресурс ҳисобланади. Шу сабабли, ерлардан оқилона, самарали ва белгиланган мақсадда фойдаланишни таъминлаш, ерларни муҳофаза қилиш, салбий жараёнларнинг олдини олиш ва оқибатларини тугатиш мақсадида ҳар йил мониторинг ўтказилиб, ҳисобот юритилади. Давлат кадастрлари палатаси Сурхондарё вилоят бошқармаси ходимлари олдига ҳам жорий йилнинг 20 декабр санасига қадар ер ва унинг 8та тоифаси, бўйича аниқ ҳисобини юритиш вазифаси қўйилган. Бошқармада ташкил этилган семинарда шаҳар ва туманлардаги мутахассисларга ҳисоботни юритиш тартиб таомиллари тушунтирилди.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
​​⚡️Коррупцияга қарши биргаликда курашамиз

🔹*Аввал хабар берганимиздек Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги директорининг жорий йил 24-июндаги 148-09-сонли буйруғига биноан 2022-йил 17-октябрдан 17- ноябргача эълон қилинган “Коррупцияга қарши курашиш ойлиги” доирасида “Коррупцияга қарши курашиш ва коррупцияга йўл қўйганлик учун жавобгарлик тўғрисидаги қонунчилик ҳужжатлари” мавзусида Сурхондарё вилояти кадастр тизимида учрашувлар, йиғилишлар ва семинарлар бўлиб ўтмоқда. Бугун навбатдаги семинар Бойсун тумани кадастр ходимлари учун бўлиб ўтди.

*🔹Тадбирда Кадастр агентлиги ва Давлат кадастрлари палатасининг Сурхондарё вилояти бошқармалари комплаенс-назорат хизмати ходимлари Ш.Максумов ва Ў.Хамраевлар, бошқармаларнинг Бойсун туман бўлим ва филиали раҳбарлари, ходимлари, ер ва кадастр назорати инспекторлари иштирок этдилар.

🔹Семинарда Ш.Максумов ўз маърузасида Ўзбекистон Республикасининг “Коррупцияга қарши курашиш тўғрисида” ги қонуни ҳамда Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги ҳамда Жиноят кодексларининг коррупция билан боғлиқ моддаларини мазмун-моҳиятини очиб берди. Ҳар бир моддани диспозициясини тушунтирар экан, маъмурий ҳуқуқбузарлик ва жиноий фаолиятнинг объектив ва субъектив томонлари ҳамда объект ва субъектларини батафсил тушунтирди. Коррупцияни олдини олиш, бундай ҳуқуқбузарлик ва жиноий фаолият учун жазо муқаррарлиги таъкидлаб ўтилди.

🔹Тадбирда сўзга чиққан Ў.Хамраев коррупцияга қарши курашиш бугунги кунда давлат сиёсати даражасида олиб борилаётганлиги, шу муносабат билан коррупцияга йўл қўйганлик учун жавобгарликни янада кучайтириш мақсадида бир қатор жиноий-ҳуқуқий меъёрий ҳужжатларга ўзгартириш ва қўшимчалар киритилаётганлигини гапириб ўтди.

🔹Иштирокчиларнинг диққат эътиборини, меҳнат интизомига риоя қилиш, мурожаатчиларга хушмуомалада бўлиш, жисмоний ва юридик шахслардан келиб тушаётган мурожаатларга ўз вақтида жавоб бериш, коррупцияни келтириб чиқарувчи омилларни олдини олишга қаратди.

🔹Семинарда соҳа ходимлари ўзларини қизиқтирган саволларга нотиқлар томонидан батафсил жавоб олдилар. Тадбир, иштирокчиларнинг фаоллиги билан эсда қоларли бўлди.

🔹Мақсадимиз эса “Коррупцияга қарши курашиш ойлиги”да фаол қатнашиб, кадастр тизимини коррупциядан холи тизимга айлантириш ва халқимизни кадастр хизматидан рози қилишдир.


_🏢_Давлат кадастрлари палатаси Сурхондарё вилояти ахборот хизмати.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Xalqaro forum▫️

💠 Bugun, Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetida xalqaro va milliy ekspertlarning ilmiy g‘oyalar hamda ilmiy-amaliy tajriba almashinuvi platformasini yaratishga qaratilgan “I TDIU taraqqiyot strategiyasi forumi: global va milliy iqtisodiyot trendlari” xalqaro forumi o‘z ishini boshladi.

💠 Ikki kun davom etadigan mazkur хalqaro forum dasturiga ko‘ra, bir necha davlatlarning yo‘nalishga doir taniqli professorlari, mashhur kompaniyalar asoschilari qatorida, Davlat kadastrlari palatasi raisining ham chiqishi rejalashtirilgan. Unda, "Davlat xizmati: ko‘chmas mulkni boshqarishning zamonaviy tendensiyalari" mavzusidagi amaliy ma’ruzasi bilan chiqishi kutilmoqda.

⚡️Mavzuga yana qaytamiz...

#DavKadastrPalata #xalqaro_forum

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹KADASTR XALQ XIZMATIDA🔹

🟦 “Kadastr xalq xizmatida” shiori ostidagi Davlat Kadastrlari palatasining vatandoshlarimizning aynan kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish, o‘rganish bo‘yicha loyihasi o'z samarasini bermoqda.

🟦 Loyiha bo‘yicha navbatdagi tashabbus Surxondaryo viloyatining Denov tumanida amalga oshirildi. Unda bir necha fuqarolarning kadastr masalasi bo‘yicha murojaatlari ijobiy hal etildi.

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️ Yerni xususiylashtirishning qanday talablari bor?

O‘zbekiston milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanali orqali «Kadastr sohasidagi kamchilik va yutuqlar» mavzusida bo‘lib o‘tgan ovozli chatda kuzatuvchilar tomonidan berilgan savollarga 👍 Kadastr agentligi Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Bekzod Nishonov javob berdi.

🌐 https://youtu.be/DohEiUWLRog

🗺 https://uza.uz/posts/416501

Telegram 📸 Instagram 📹YouTube 🌐 Facebook 🌍Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Матбуот_анжумани
Термиз шаҳридаги Матбуот уйида Давлат кадастрлари палатаси Сурхондарё вилояти бошқармасининг жорий йил 9 ойи давомида амалга оширган ишлари ҳамда соҳадаги ўзгаришларга бағишланган матбуот анжумани ўтказилди.
Марказий ва маҳаллий оммавий ахборот воситалари вакиллари, блогерлар иштирок этган анжуманда Давлат кадастрлари палатаси Сурхондарё вилояти бошқармаси бошлиғи С.Шаймарданов кейинги йилларда мамлакатимизда ер муносабатларини тартибга солиш ва кўчмас мулкларни ҳисобга олиб, давлат рўйхатини юритишда юз берган янгиланишлар ҳақида атрофлича маълумот берди. Жорий йилнинг ўтган даврида соҳада амалга оширилган ишлар таҳлил қилинди.
Матбуот анжуманида кадастр ҳужжатларини расмийлаштириш ва кадастр паспортини шакллантириш юзасидан амалга оширилаётган ишлар тўғрисида ҳам фикр алмашилди. Иштирокчилар ўзларини қизиқтирган саволларга атрофлича жавоб олди.
21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni

🇺🇿1989 yil 21 oktyabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Unga asosan, o‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasida yagona davlat tili sifatida tan olingan. Mazkur qonun 1995 yil 21 dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan.

👬 Bugungi kunda dunyo bo‘yicha 50 mln nafardan ko‘proq odam o‘zbek tilida so‘zlashadi.

Eslatib o‘tamiz, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 42-moddasiga ko‘ra, fuqarolarning tarbiya va taʼlim berishda tilni erkin tanlashdan iborat huquqlarini buzish, tildan foydalanishda to‘sqinlik qilish va cheklash, davlat tilini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida yashovchi boshqa millatlar va elatlarning tillarini mensimaslik bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
🏢 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
🇺🇿A'zolik— https://t.iss.one/surxonkadastr