SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
18.9K photos
2.31K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
🟢 Ayni damda Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida Kadastr agentligi tomonidan Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti (МИИГАиК) bilan birgalikda “Hududlarni rivojlantirish uchun geofazoviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar” (Лучшие практики применения геопространственных технологий для развития территорий) mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o'z ishini boshladi.

🔰 Mazkur seminardan ko'zlangan maqsad Geofazoviy texnologiyalarni qo‘llash sohasida ilg‘or tajribalardan foydalanish va axborot almashish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjumanning o‘tkazilishi bilan davlatlarimiz o‘rtasida soha bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash hamda Kadastr agentligi, davlat kadastrlarini yuritishga mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralar mutaxassislari hamda oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqarishda va sohada kadrlar tayyorlash jarayonlarida yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanishida amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
⚡️Yer uchastkalarini o'zboshimchalik bilan egallab olmang

🔰O‘zbekiston Respublikasining ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 60-moddasi 2-qismiga ko'ra

❗️Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan, ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanganlik uchun

fuqarolarga — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari ya'ni 7 500 000 so'm,

mansabdor shaxslarga — ellik baravari, 15 000 000 so'm miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

☝️Huddi shunday huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

🏢Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Ayollarning ijtimoiy faolligi🔹

⚪️ Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hamda tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ozchilikni tashkil etsa-da, tizimda ayollarga e’tibor alohida ekanligini e’tirof etish muhim.

⚪️ O‘tgan hafta 7-8 oktabr kunlari hududiy boshqarmalarning Oila va xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raislari uchun uyushtirilgan seminar trening yuqori saviyada tashkil etilganligi so‘zimiz isbotidir.

⚪️ Shuningdek, mazkur tadbir tashqi OAVlari nigohida alohida talqin etildi:

▫️Uza.uz
▫️O‘zbekiston Yozuvchilar
▫️Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида маҳаллаларда тизимли муаммоларни ҳал қилиш бўйича видеоселектор йиғилиши бошланди.

Тадбир аввалида бошланган ислоҳотлар, амалга оширилаётган лойиҳаларнинг барчаси инсон қадрини таъминлаш орқали аҳолини рози қилишга қаратилгани яна бир бор таъкидланди.

Жорий йилги дастурлар доирасида 4 100 та маҳаллани обод қилиш, боғча, мактаб, соғлиқни сақлаш, сув, электр, канализация билан боғлиқ муаммоларини ҳал қилишга бюджетдан қарийб 29 триллион сўм маблағ ажратилгани кўрсатиб ўтилди. Бунинг натижасида:

- 434 та маҳаллада ички йўллар таъмирланди;

- 672 та маҳаллага ичимлик суви тармоғи тортилгани ҳисобига, 1,5 миллион аҳоли илк бора тоза ичимлик суви билан таъминланди;

- жорий йилда 2 мингдан ортиқ маҳаллага хизмат қиладиган 34 та янги мактаб ишга туширилди, 338 таси реконструкция қилиниб, 360 таси таъмирланди. Буларнинг ҳисобига 78 мингта янги ўқувчи ўринлари яратилди;

- жойларда 580 та трансформатор, 20 минг километр тармоқлар янгиланиб, 413 та маҳалладаги 1,5 миллион нафар аҳолининг электр таъминоти яхшиланди.

Facebook|Instagram|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#surxon_kadastr_matbuot
♻️Yer uchastkalari va ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlari kafolatlarini taʼminlash, yer uchastkalarini olishda tenglik va shaffoflikni yaratish yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuncha berish maqsadida videorolik.

▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook
#bilasizmi #Kadastr

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi quyidagi hujjatlar asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

🔷yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun

🔺davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi, o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori

🔺 meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi notarial idora tomonidan berilgan guvohnoma

🔺 huquq auksion asosida sotib olinganligi to‘g‘risidagi tuman (shahar) hokimi tomonidan berilgan davlat orderi;

👆shu huquqlardan biri mavjud bo‘lganda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi
.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook
KUN HIKMATI

Qalbdan chiqqan so'z qalbga yetib boradi. Til uchida aytilgani esa ko'ngil ostonasidan nariga o'ta olmaydi.

🏢Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi axborot xizmati.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanalida 12-oktabr kuni, soat 11:00da Kadastr agentligi masʼul xodimlari ishtirokida ”Kadastr agentligida qanday islohotlar qilinyapti?” mavzusida OVOZLI CHAT o‘tkaziladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#kadastr_Infografika.
📊2022-yilning 9 oy davomida Surxondaryo viloyatida ko‘chmas mulk obyektlari bo'yicha ma'lumot Infografika ko'rinishida.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari
palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook
#Surxondaryo_kadastr #Yer_nazorati

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasida faoliyat yuritayotgan Yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan 2022-yilning oʼtgan 9 oyi davomida 742 ta holatda 243,42 gektar yer maydoni oʼzboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

Аniqlangan holatlar boʼyicha Yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan quyidagi ishlar bajarildi:

📄 243,42 gektardagi 742 ta holat
boʼyicha noqonuniy egallab olgan shaxslarga yozma koʼrsatmalar yuborildi;

169,99 gektardagi 394 ta holat ixtiyoriy bartaraf etilishi taʼminlandi;

📨 51,04 gektardagi 240 ta holat boʼyicha sud organlariga daʼvo arizalar kiritildi;

🧾 0.5 gektardagi 3 ta holat boʼyicha hal qiluv qarorlari tasdiqlandi;

🛡12,01 gektardagi 44 ta holat qoʼshma tartib asosida prokuratura organlariga yuborildi.

🏢Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi axborot xizmati.
▫️Onlayn seminar▫️

🔵 Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan navbatdagi onlayn seminari bugun, 12-oktabr kuni «Yer va mol-mulk soliqlari, suv resurslari hamda yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlarini to‘ldirish» mavzusida bo‘lib o‘tadi.

🔵 Mazkur seminar Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

⚡️Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasi orqali kuzatishingiz mumkin.

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00

#DavKadastrPalata #onlayn_seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
🔹Korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar🔹

🔘 Sohada poraxo'rlik va korrupsion jinoyatlarning oldini olish maqsadida Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari Komplaens nazorati mutasaddilari tomonidan ishchi-xodimlar uchun muntazam ravishda targ'ibot tadbirlari o'tkazib kelinmoqda.

🔘 Quyida shu mavzuda hafta davomida bo'lib o'tgan yig'ilishlar tafsiloti bilan tanishing:

▪️Qashqadaryo viloyati
▪️Buxoro viloyati
▪️Surxondaryo viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
KUN HIKMATI

🌀Maqsadsiz yashash samarasiz o'tgan umr kabidek. O'z oldingizga ezgu maqsad qo'yib, bu borada sobitqadam bo'lib harakat qilsangiz irodangiz chiniqib, xayotda yanada mas'uliyatli bo'lib, munosib yashashdek umidvorlik tuyg'ularingiz kuchayadi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram Instagram YouTube Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Yer fondi toifalari🔹

🔲 Davlat kadastrlari palatasi mazkur ma’lumotda O‘zbekiston Respublikasining jami yer maydonlari va yer fondi toifalarini taqdim etadi.

#DavKadastrPalata #yer_fondi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️Davlat ro‘yxatidan o'tgan ▫️

🔘 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 5-11- oktabr kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi. Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📊 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 7 603 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев Остона шаҳрида Осиёда ҳамкорлик ва ишонч чоралари бўйича кенгашнинг олтинчи саммитида нутқ сўзламоқда.

Сўзининг аввалида давлатимиз раҳбари ўтган давр давомида ушбу тузилма хавфсизликни таъминлаш, Осиёда ўзаро ишонч ва барқарор тараққиётни мустаҳкамлаш масалалари бўйича кенг ва очиқ мулоқот учун муҳим майдон сифатида ўзининг ғоятда зарур эканлигини кўрсатганини таъкидлади. Ўзбекистон форумни трансформация қилиш масаласи бўйича қўшма фаолиятда иштирок этишга тайёрлигини билдирди.

"Бугун биз халқаро муносабатларда ноаниқлик тобора ўсиб, мулоқот ва ишончнинг мисли кўрилмаган даражада тақчил бўлиб бораётганига гувоҳ бўлмоқдамиз.

Буларнинг барчаси кўп томонлама ҳамкорлик асосларига путур етказмоқда, можароларнинг авж олишига сабаб бўлиб, глобал иқтисодиётда тизимли узилишларга олиб келмоқда.

Юзага келган янги геосиёсий воқелик бутун Осиё қитъаси барқарорлигига салбий таъсир кўрсатмоқда.

Инқирозли ҳолатлар Марказий Осиё давлатларига ҳам тўғридан-тўғри дахл қилмоқда, иқтисодий интеграцияни чуқурлаштириш бўйича бизнинг саъй-ҳаракатларимизни секинлаштирмоқда", деди Президент.

Facebook|Instagram|Twitter
Ушбу омилларнинг умумий хавфсизлик манфаатлари, тараққиёт ва фаровонлигимизга таъсиридан келиб чиқиб, Президентимиз қуйидаги устувор йўналишларга диққат қаратишга чақирди.

Афғонистондаги вазият алоҳида эътиборни талаб қилмоқда. "Афсуски, бошқа ўткир халқаро муаммолар қалқиб чиқиши натижасида Афғонистон масаласи иккинчи даражага тушиб қолмоқда.

Ўттиз йил муқаддам ушбу давлат амалда халқаро террорчилик маконига айланиб қолгани билан боғлиқ аччиқ тажриба қайта такрорланишига асло йўл қўйиб бўлмайди.

Афғонистон муваққат ҳукумати билан ўзаро ҳамкорлик бўйича умумий ва мувофиқлаштирилган ёндашувларни ишлаб чиқишимиз зарур.

Афғон муаммоси юзасидан кенг консенсусга эришиш ва глобал даражада амалий чора-тадбирларни қабул қилиш мақсадида
Афғонистон ҳукумати билан томонлар мажбуриятларини босқичма-босқич бажариш алгоритмини тайёрлаш ва келишиш лозим. Бунинг учун юқори даражадаги халқаро музокара олиб борувчи гуруҳни шакллантириш ҳақидаги ташаббус ифода этилган Осиё мамлакатларининг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясига қўшма мурожаати имкониятларини кўриб чиқишни таклиф этамиз".

Facebook|Instagram|Twitter
Президентимиз сўзининг якунида замонавий таҳдидларни фақат мулоқот, бир-бирининг манфаатларини ҳисобга олиш, умумэътироф этилган халқаро ҳуқуқ меъёрларига амал қилиш орқали самарали енгиб ўтиш мумкинлигига ишонч билдирди.

"Айнан шунинг учун ҳам биз илгари сурган умумий хавфсизлик ва фаровонлик йўлида ҳамжиҳатлик борасидаги Самарқанд ташаббусининг асосий мақсади инсоният келажаги учун бефарқ бўлмаган, тинчлик, тотувлик ва биргаликда гуллаб-яшнаш учун интилаётган барча соғлом кучларни амалий мулоқотга жалб этишга қаратилгандир.

Биз Қозоғистоннинг Кенгашга 2024 йилга қадар раисликни давом эттириш ниятини қўллаб-қувватлаймиз ва қозоғистонлик дўстларимизга омадлар тилаймиз.

Ишончим комил, шериклик ва ишончни мустаҳкамлаган ҳолда умумий интилишларимиз билан биз эзгу мақсадларга – мамлакатларимиз тинчлиги, барқарорлиги ва равнақини таъминлашга эришамиз", деди Шавкат Мирзиёев.

Facebook|Instagram|Twitter
🇺🇿Davlat tili mavqeyi va nufuzini oshirish bo'yicha amaliy o'quv-seminar bo'lib o'tdi.

🏢Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasida “O‘ZBEK TILINING DAVLAT TILI SIFATIDAGI NUFUZI VA MAVQEYINI TUBDAN OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi PF-5850-sonli Farmoni hamda Kadastr agentligining 2022-yil 11-fevral kungi 11-23-son ish rejasining 13-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz Davlat universiteti bilan hamkorlikda “Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq ish yuritish” bo‘yicha hamda "Qadring baland bo`lsin ona tilim" shiori ostida o‘quv-seminari bo‘lib oʼtdi.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari
palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook