SURXONDARYO KADASTR
1.88K subscribers
18.7K photos
2.27K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
KUN HIKMATI
Bitta daraxtdan millionta gugurt donasi yasash mumkin. Birgina gugurt donasi bilan esa millionta daraxtni yoqib yuborsa bo'ladi. Birgina yomon ish bilan hayotingdagi millionlab yaxshi ishlaringizni kuydirib yuborishdan ko'ra, ezgulik va yaxshilik yo'lidan yurishga intiling.

🏢Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi axborot xizmati.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 3-4 октябрь кунлари Венгрияга амалга оширган расмий ташрифининг асосий воқеалари

Facebook|Instagram|Twitter
​​6 Oktyabr - "Xalqaro shifokorlar kuni”

🔴Dunyo miqyosida nishonlanadigan sanalar juda ko'p. Xalqaro tashkilotlar tomonidan e'lon qilingan sana va bayramlar munosabati bilan o'sha kuni bu soha mutaxassislari bir-birlarini qutlaydilar, yangilik va o'zgarishlar bilan tarixiy kunni qarshi oladilar. Ana shunday sanalarning aksariyati tibbiyot xodimlariga ham tegishlidir.

🔵Oktyabr oyining birinchi dushanbasi dunyoning ko'plab mamlakatlarida xalqaro shifokorlar kuni sifatida nishonlanadi. Bu yil 6 oktyabr kuni dunyodagi barcha davlatlarda shifokorlar o'z kasbiy bayramlarida bir-birlariga samimiy tilak va istaklar bildiradilar. Jumladan, jonajon O'zbekistonimizda ham bu bayramga alohida taraddud ko'rilmoqda.

🟣O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi va sog'liqni saqlash hamda farmasevtika xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi hamkorligida xalqaro shifokorlar kunini ko'tarinki ruhda o'tkazish chora-tadbirlar rejasi belgilangan.

🟢Unda sog'liqni saqlash muassasalari yosh mutaxassislari, tarmoq oliy ta'lim muassasalari talabalari, tibbiyot kollejlari va akademik litsey o'quvchilari o'rtasida sohaning yetuk kadrlari bilan tibbiy mavzularda suhbat va uchrashuvlar o'tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, hamkasblariga ibrat bo'lib kelayotgan shifokorlarni moddiy-ma'naviy jihatdan rag'batlantirish ko'zda tutilgan.

🟡Sohada uzoq yillar faoliyat ko'rsatgan faxriylar holidan xabar olish bayramning ahamiyatini yanada oshiradi. Fursatdan foydalanib, respublikamiz davolash muassasalarida mehnat qilayotgan barcha tibbiyot xodimlarini xalqaro shifokorlar kuni munosabati bilan qutlab qolamiz. Ularning ezgu, sharafli va mas'uliyatli ishlarida omadlar yor bo'lsin.

⭕️Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida ushbu sanaga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi. O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirga tegishli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, shifokorlar taklif etildi.

🧑‍🔬Izchillik bilan amalga oshirilayotgan tibbiy-ijtimoiy islohotlar samarasida xalqimizga jahon andozalari darajasida birlamchi tibbiy-profilaktika, shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko'rsatish ko'lami yildan-yilga kengaymoqda.

👩🏼‍🔬“Sog'lom ona – sog'lom bola” konsepsiyasini hayotga tatbiq etish jarayonida xotin-qizlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazish, homilador ayollarni polivitaminlar bilan ta'minlash, ona-bola skrining xizmatini rivojlantirish, neonatal va perinatal yordamni samarali tashkil etish, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

🏢
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
🇺🇿Aʼzolik: https://t.iss.one/surxonkadastr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Ko‘chmas mulk obyektlari🔹

🟦 2022 yil yanvar-sentabr holatiga jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari soni va turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ushbu videoinfografikada tanishishingiz mumkin.

🟦 Unda obyektlar, umumiy yer maydoni va qurilish osti maydoni haqidagi ma’lumotlar respublika bo‘yicha jamlangan.

#DavKadastrPalata #info #ko_chmas_mulk

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
2022 yil 04-oktabr kuniga qadar nechta ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani maʼlum bo‘ldi,

🇺🇿Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, hududda 2022 yil 01- oktyabr kuniga qadar jismoniy va yuridik shaxslarning 47 ming 166 ta ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Shundan,

🏘 yakka tartibdagi turar joylar 20 ming 405 ta;

🏢 xususiylashtirilgan kvartiralar 5 ming 394 ta;

🏡 yakka tartibdagi turar joy qurish uchun berilgan yer uchastkasi
4 ming 633 ta;

🏬 noturar joy ko‘chmas mulk obyektlari 4 ming 489 ta;

🏪 noturar joy obyektlari uchun berilgan yer uchastkalari 12 ming 245 ta.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook
Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning burchidir!

🔰 Kadastr organlari tomonidan aholi oʼrtasida huquqiy savodxonlikni oshirish hamda sohada korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida bir qator samarali ishlar olib borilmoqda.
♻️ Jumladan, bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassislari Sh.Maksumov va O`.Xamrayevlar ishtirokida Sariosiyo tumanining Lutfkor MFY raisi, mahalla faollari hamda profilaktika inspektori hamkorligida targʼibot tadbirlari oʼtkazildi.
♻️ Tadbir davomida soha vakillari tomonidan kadastr hujjati tayyorlash, tadbirkorlik uchun yer uchastkalarini olish va boshqa masalalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi shuningdek, kadastr xodimlari tomonidan tamagirlik, korrupsion holatlarga guvoh boʼlgan taqdirda boshqarmaning koplaens-nazorat boʼlimlariga murojaat qilishlari toʼgʼrisida tushunchalar berildi.
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
#Surxondaryo #yer_nazorati

💠Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi inspektorlari joriy yilning 9 oyi mobaynida jami 742 ta 242.6 gektar yer maydonlarini o`zboshimchalik bilan egallash olish holatlarini aniqlashgan.

Shundan

402 ta holatdagi 171.9 gektar yer maydonlari bartaraf etildi.

⌛️340 ta holatdagi 70.7 gektar yer maydonlari bartaraf etish jarayonida

🏢Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi axborot xizmati.
🇺🇿Xabaringiz bor Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida 2022-yil 18-iyuldagi "Aholiga bo‘lib berilgan ekin yerlari va tomorqa uchastkalaridan samarali foydalanish bo‘yicha ustuvor vazifalar to‘g‘risida"gi kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 59-sonli bayoni 10-bandida, Davlat soliq qo‘mitasi raisining 2022-yil 2- avgustdagi 3AO-258-son topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Surxondaryo viloyatida xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.

♻️Ushbu xatlov jarayonlarida yaxshi natijalarga erishgan xodimlarni Davlat Kadastr palatasi Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman filiali rahbari G‘.Ibragimov tomonidan Oltinsoy tuman mutaxassislari rag‘batlantirildi.
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
Президент Шавкат Мирзиёев бугун Сирдарё вилоятига келиб, Сирдарё ва Сайхунобод туманларидаги фермер хўжаликлари даласини кўздан кечирди, фермерлар ва ёшлар билан суҳбатлашди.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Сырдарьинскую область и осмотрел поля фермерских хозяйств Сырдарьинского и Сайхунабадского районов, побеседовал с фермерами и молодежью.

#Mirziyoyev #safar #Sirdaryo #qishloqxujaligi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter