SURXONDARYO KADASTR
1.91K subscribers
19.2K photos
2.33K videos
22 files
11.5K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🕑Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi 18-24 -iyul kunlarida tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
♻️Yerni xususiylashtirish uchun fuqaro tomonidan qancha mablag‘ to‘lanadi?

Javob:
💢Mulkdorlar, yerdan foydalanuvchilar uchun xususiylashtirish to‘lovi mazkur yer uchastkasi uchun hisoblangan yer solig‘i miqdorining 20 barobari deb belgilangan.

🔘Masalan: agar fuqaro bitta hovliga bir yilda 200 ming so‘m soliq to‘laydigan bo‘lsa, (bunda mol-mulk solig‘i qo‘shib hisoblanmaydi, aynan yer uchastkasiga to‘lanadigan soliqqa nisbatan hisoblanadi), xususiylashtirish uchun 4 mln so‘m to‘lov amalga oshiriladi.

https://t.iss.one/surxonkadastr
▫️Huquqiy savodxonlik oyligi▫️

⚜️ Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o'z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o'z o'rnida foydalanmaslik uchun yaroqli holga keltirmaslik

▫️Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o'z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o'z o'rnida foydalanmaslik uchun yaroqli holga keltirish yuzasidan majburiyatlarni bajarmaslik - bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

O‘zbekiston Respublikasi 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks
67-modda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiya millat kelajagiga, insonlarning osoyishta hayotiga va taraqqiyotga xavf soladi.

Kadastr agentligi jamoasi soha xodimlarini, fuqaro hamda tadbirkorlarimizni korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashga chorlaydi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #davlat_xizmatlari #interaktiv_xizmatlar

ҲУРМАТЛИ ФУҚАРОЛАР ҲАМДА ТАДБИРКОРЛАР!

Кадастр агентлигининг
қуйидаги хизматларидан www.my.gov.uz орқали давлат идорасига келмасдан фойдаланишингиз мумкин:

1. Кўчмас мулк объектларига бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказишга ариза юбориш;

2. Кадастр паспортини шакллантириш;

3. Фуқароларнинг номида шахсий уй-жойи борлиги ёки йўқлиги тўғрисидаги маълумотнома олиш;

4. Турар жойни нотурар жой тоифасига ўтказишга қарорни олиш;

5. Бино ва иншоотнинг ташқи кўринишини ўзгартиришни келишиш;

6. Кўчмас мулкни ҳадя этиш ёки айирбошлаш ҳамда олди-сотди бўйича мурожаат йўллаш;

7. Турар жойнинг майдони бўйича маълумотнома олиш;

8. Бино ва иншоотларни ижара шартномасини давлат рўйхатидан ўтказиш;

9. Ўзганинг ер участкасидан чекланган тарзда фойдаланиш ҳуқуқи (сервитут) тўғрисидаги келишувни давлат рўйҳатидан ўтказиш;

10. Қурилиши (реконструкцияси) тугалланган бино ва иншоотларни фойдаланишга қабул қилиш (якка тартибдаги уй-жой қуриш объекти учун);

11. Қурилиши (реконструкцияси) тугалланган бино ва иншоотларни фойдаланишга қабул қилиш (Якка тартибда уй-жой қуриш объекти бўлмаган объект учун);

Шунингдек “Электрон лицензиялаш портали” орқали юридик шахслар

Геодезия ва картография фаолиятини юритишга лицензия олиш учун ариза беришлари мумкин.
#кадастр_хизмати #биласизми

⚡️Ер участкаларига кадастр паспортини тайёрлаш ва кадастр ҳужжатларини расмийлаштириш нархлари

🔸Ер участкасини ажратиш бўйича иш мавжуд бўлганда, якка тартибда тураржой қуриш учун ажратилган ер участкаси - БЕПУЛ;

🔸Ер участкасини ажратиш бўйича иш мавжуд бўлмаганда, якка тартибда тураржой қуриш учун ажратилган ер участкаси - БҲМнинг 1,25 баравари (375 000 сўм);

🔸Деҳқон хўжалигини юритиш учун ажратилган ер участкаси - БҲМнинг 1,25 баравари (375 000 сўм);

🔸Нотураржой объектларини қуриш учун ажратилган ер участкаси - БҲМнинг 1,25 баравари (375 000 сўм);

🔸Қишлоқ хўжалиги эҳтиёжлари учун ажратилган ер участкаси - БҲМнинг 2,5 баравари (750 000 сўм);

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad

Facebook Instagram
▫️Matbuot kotiblari malakasi oshirilmoqda▫️

🔰 Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy va tizim tashkilotlarining matbuot kotiblari uchun malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etilgani haqida xabar bergandik.

🔰 Ushbu hafta Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarma matbuot kotiblari poytaxtga kelib, o'quv seminarlarda faollik ko'rsatmoqdalar.

🔰 Bugun, axborot siyosatini yuritish, matbuot xizmati faoliyatini tashkil etishda qonunchilikdagi ahamiyatli jihatlar hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, maqsadli auditoriya bilan ishlash mavzularida darslar tashkil etildi. Navbatdagi bosqichlar haqida yana ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #matbuot_kotiblari #o_quv_kurslari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️422 ta Hukumat qarori bekor qilindi ▫️

🔲 “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (396-son, 21.07.2022 y.) bilan normativ-huquqiy hujjatlarni “tartibga soluvchi gilotina” usuli orqali tizimlashtirish natijasida 422 ta Hukumat qarori o‘z kuchini yo‘qotdi.

🔲 O‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlarning 90 foizi (331 ta)ni yaxlit qarorlar, 10 foizi (91 ta)ni esa hujjatlarning ayrim bandlari tashkil qiladi.

📌 Hujjat Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Surxondaryoda inspektorlar uchun o`quv seminar bo`lib o`tdi.

🔰Kuni kecha Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig`i M.Abdiraxmanovning topshirig`iga asosan Ma`muriy amaliyot bo`limi xodimlari tomonidan tumanlar (Shahar) bo`limi xodimlariga yer va kadastr nazorati bo`yicha qilingan ishlari tahlil qilindi, Yer nazorati va berilgan topshiriqlar ijro yuzasidan kuzatilayotgan kamchiliklari uchun bir qator tuman bo'limlari faoliyati tanqidiy muhokama qilindi.

🔰Inspektorlar tomonidan yo`l qo`yilgan xato kamchiliklarni o`z vaqtida bartaraf qilish hamda "E-Ma`muriy ish" hamda "E-yer nazorat" bazalariga ma`muriy ish hujjatlarini qonun talablari asosida yuritilishi yuzasidan tegishli o`quv seminar mashg`uloti o`tkazildi.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
💰 Sotib olmoqchi boʼlgan hovli-joyingiz "Snos"ga tushmaganmikin?

💁🏻‍♂️ Endi buni osongina aniqlashtirish mumkin.

🏘 Uy-joy buzilishga tushgan yoki tushmaganligi (Snos) toʼgʼrisidagi maʼlumotnomani my.gov.uz orqali onlayn oling.

👨🏻‍💻 Buning uchun “Koʼchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʼgʼrisida maʼlumotnoma berish” xizmatini tanlab, boʼsh kataklarga kadastr raqami va bino nomini yozsangiz boʼlgani.

💸 Xizmat pullik (15000 soʼm) va albatta my.gov.uz dan foydalanganda (13500 soʼm) 10% chegirma mavjud.

🗓 Xizmat koʼrsatish muddati 3 kun.

🏠 Ushbu qulaylik hovli-joy sotib olayotganda, uyni kapital taʼmirlayotganda juda qoʼl keladi.

Muhimi, koʼngil xotirjam boʼladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Президент Шавкат Мирзиёев аҳоли турмушини яхшилаш ва тадбиркорлар фаоллигини оширишга қаратилган таклифлар муҳокамаси юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по обсуждению предложений, направленных на улучшение жизни населения и повышение активности предпринимателей.

#Mirziyoyev #yigilish #takliflar #murojaatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter