SURXONDARYO KADASTR
1.88K subscribers
18.7K photos
2.27K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
▫️Hududiy yangiliklar▫️

◻️ Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarida faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarni malakasini oshirish maqsadida 2022-yilning o'tgan 5 oyi mobaynida 37 nafar xodimlarni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi Farg'ona filialida hamda Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tashkillashtirilgan malaka oshirish kurslarida ishtirok etishdi.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#murojaatlar #statistika #tahlil
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalariga 2022 yil 30-may-03 iyun kunlari oralig‘ida kelib tushgan murojaatlar tahlili
✉️Jami kelib tushgan murojaatlar soni –255 ta

🔺Yer maydoni ajratish bo‘yicha 49 ta
🔺Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 56 ta
🔺Mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 6 ta
🔺Nizoli holatlar bo‘yicha 49 ta
🔺So‘rovnomalar 95 ta

📚Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 255 ta murojaatdan 202 ta ijobiy hal qilingan, 243 ta murojaat muddatida yopilgan.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
#surxon_kadastr_infografika
♻️Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasiga 2022-yilning 06-iyun holati bo`yicha ko‘chmas mulk obyektlari haqida ma`lumot.

▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook
▫️Tizimdagi yo‘nalishlar tahlili▫️

🔷 Bugun, Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatida Palata raisi M.Valiyev boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Zoom platformasi orqali respublikamizning barcha hududlaridan ishtirok etgan boshqarma va filial rahbarlari bilan kun tartibidagi bir qancha masalalar ko‘rib chiqildi.

🔷 Yig‘ilishda dastavval, tizimdagi ijro intizomi, xodimlarning faoliyatdagi mas’uliyati, ishga mos ko'rinishda kiyinish va odob-ahloq qoidalariga rioya etish masalalari tahlil etildi.

🔷 Shuningdek:
▫️UzKAD dasturida suv obyektlarini hisobga olish jarayonlari;
▫️Bo‘sh yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish va ko‘chmas mulk ob’ektlarini xususiylashtirishga kelgan murojaatlar tahlili;
▫️korrupsiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan qilingan ishlar hisoboti va takliflar tinglandi.

#DavKadastrPalata #yo_nalishlar_tahlili

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#TAYINLOV
Xoliqov Ixtiyor BaxtiyorovichDavlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati Sariosiyo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ixtiyor Xoliqov-
1985 yil Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tug‘ilgan.2008 yili Samarqad Davlat Arxitektura qurilish institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar - Kadastr agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sariosiyo tumani bo‘limi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Sport telekanalining "Sog'lom turmush tarzi" ko'rsatuvi Kadastr agentligi markaziy apparatida mehmon bo'ldi.

Batafsil📹

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Президент Тошкент ерусти ҳалқа метросининг иккинчи босқичи қурилишини бориб кўрди.
Ерусти метросининг қарийб 12 километрлик бу қисмида 7 та бекат бўлади. Улар орасидаги қатнов вақти 13 дақиқани ташкил этади. Мазкур йўналиш бир кунда 40 мингга яқин йўловчига хизмат кўрсатиш қувватига эга бўлади.
Тошкент шаҳрида жамоат транспортини ривожлантириш ва метрополитенда йўловчиларни кўпайтириш лойиҳалари тақдимот қилинди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с ходом строительства второго этапа надземного кольцевого метро Ташкента.
На данном отрезке протяженностью почти в 12 километров будет 7 станций. Интервал движения поездов составит 13 минут. Линия сможет перевозить около 40 тысяч пассажиров в день.
Здесь же состоялась презентация проектов по развитию общественного транспорта в городе Ташкенте, увеличению пассажиропотока в метрополитене.

#Mirziyoyev #tanishuv #transport #metro

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#kun_tarixi
7-Iyun. 1632 yil. Tojmahal- Hindistondagi boburiylar sulolasi davriga oid me’moriy yodgorlik qurish boshlangan kun.

🌐💢Toj-Mahal maqbarasi 1632 yil 7-iyunda Hindiston Mugal imperiyasining poytaxti bo'lgan Agra shahrida (imperator Shoh Jaxonning suyukli rafiqasi tug'ilganidan vafot etgan Mumtaz Mahal sharafiga qo'yilgan).

🔰 Qurilish 20 yildan ortiq davom etdibosh me'mor Musulmon Ustad-Iso nomi bo’lgan bo’lib, ishda 20 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Unda hind ustalaridan tashqari, Fors, Turkiya, Samarqand va hatto Venetsiyadan taklif qilingan eng yaxshi me'morlar ishtirok
etishdi.

♻️💠Maqbara me'moriy ansambliga masjid, mehmon uyi va istirohat bog'i kiradi. Toj Mahalning o'zi majmuaning g'arbiy tomonida, Jamuna daryosi bo'yida joylashgan. Park markazda kesishgan kanallar bo'yicha 4 ta teng qismga bo'linadi va ularning har biri o'z navbatida tor kanallar orqali 4 qismga bo'linadi.
Toj Mahal maqbarasi haqli ravishda dunyo me'morchiligining eng yaxshi durdonasi
hisoblanadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Texnogen xavfi yuqori bo'lgan obyektlar▫️

🌋 Davlat kadastrlari palatasi Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

🏜 Mazkur maʼlumotda siz, Texnogen xavfi yuqori bo'lgan obyektlar joriy yil yanvar-may holati boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #davlat_kadastrlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Kadastr #yer_nazorati

🔰Kadastr agentligi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan joylarda samarali yer va kadastr nazoratini amalga oshirish bo‘yicha olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida 2022-yilning 5 oyi davomida jami 7 618 ta holatda 2 623,5 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlandi.

📌Shundan,

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda 3 095 ta,
🔹aholi punktlari yerlarda 3 621 ta,
🔹sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarda 173 ta,
🔹tarixiy madaniy ahamiyatga molik yerlarda 6 ta,
🔹o‘rmon fondi yerlarda 30 ta,
🔹suv fondi yerlarda 83 ta hamda zaxira yerlarda 610 tani tashkil etadi.

💠Aniqlangan yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar ko‘rish maqsadida:
🔸7 564 ta yer qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborilib, shundan 3 575 tasi fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi;
🔸yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 2 757 ta holatda sudlarga kiritilgan da’vo arizalarga asosan 393 ta holatda sudning hal qiluv qarori (noqonuniy qurilmalarni buzish bo‘yicha) qabul qilindi.
🔸Boshqa holatlar bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

📤Shuningdek, rasmiylashtirilgan hujjatlar tegishli choralar ko‘rish uchun 616 ta holatda prokuratura organlariga hamda 163 ta holatda majburiy ijro byurosiga yuborildi.

📝Bundan tashqari, respublika bo‘yicha jami 545 ta holatda 8 215,2 gektar yer maydonlaridan maqsadsiz foydalanilganligi aniqlanib, 26 ta holatda 1,8 gektar yer maydonlari bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari hamda 519 ta holatda 8 213,4 gektar yer maydonlari bo‘yicha mahalliy hokimliklarga taqdimnomalar kiritildi, shundan 28 ta holatda 196,8 gektar yer maydonlarining tuman hokimliklari zaxirasiga qaytarilishi ta’minlandi.

📌Hozirda yer va kadastr nazorati tadbirlari davom etmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#TAYINLOV
Jo‘rayev Nuriddin Nortojiyevich Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Nuriddin
Jo‘rayev- 1989 -yil Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumanida tug‘ilgan.2014-yil - Beruniy nomli Toshkent davlat texnika universiteti tamomlagan.

Tayinlovga qadar - Kadastr agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sariosiyo tuman bo‘limi boshlig‘i v.b lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook
​​🏢 DAVLAT KADASTRLARI PALATASINING ASOSIY VAZIFALARI

🔹Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrini yuritadi;
🔹Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida (Milliy Geoaxborot tizimi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
🔹Davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritadi;
🔹Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi, cheklanishi, bekor bo‘lishi va ko‘chmas mulkka doir boshqa bitimlar to‘g‘risidagi yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratadi va uning doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;

🇺🇿Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qarori 1-ilovasining 3-bobida Kadastr agentligining asosiy vazifalari va funksiyalari belgilab qo‘yilgan.

▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.