SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
18.8K photos
2.29K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#geoinnovatsiya #seminar

⚡️Kadastr xodimlari uchun o'quv seminar bo'lib o'tmoqda.

🔰"Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasining asosiy vazifalaridan biri Uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish sohasida mutaxassislar tayyorlashga ko‘maklashish bo'lgani uchun ayni vaqtda markazda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida faoliyat olib boradigan mutaxassislar uchun o'quv seminari tashkil qilingan.

🔹Ushbu seminarda uchuvchisiz uchish apparatlarini qo'llashda qanday qonun qoidalar borligi va ularni qanday boshqarish o'rgatiladi.

📝Bugun ham Uchuvchisiz uchish apparatlarni uchirish va ishlatish bo‘yicha normativ hujjatlar mavzusida o'quv seminari bo'lib o'tdi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Kadastr pasportini tayyorlash yakka tartibdagi turar joylarga necha ish kunida qilib berilishi kerak?
Anonymous Quiz
3%
1 ish kunigacha
44%
3 ish kunigacha
47%
5 ish kunigacha
6%
10 ish kunigacha
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi

⚡️HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

🔸So'nggi vaqtlarda Yer uchastkalarini olish va foydalanish bo'yicha firibgarlik holatlari ko'p uchrab turgani barchamizga ayon.
🔸Shu sababli Kadastr agentligi fuqarolarimizni ogohlikka chaqiradi.

YER BILAN BOG'LIQ KORRUPSIYA VA TAMAGIRLIK HOLATLARIGA DUCH KELSANGIZ HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARIGA YOKI 1097 QISQA RAQAMIGA MUROJAAT QILING!

FIRIBGARLARGA ALDANIB QOLMANG!
📌Ogohlik davr talabi!!!

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
17-may Butunjahon telekommunikatsiyalar va axborot jamiyati kuni

♻️Butunjahon telekommunikatsiya kuni halqaro telekommunikatsiya ittifoqiga (XTI) asos solingan va 1865 yili birinchi Xalqaro telegraf konvensiya imzolangan kun sharafiga 17 mayda har yili nishonlanadi.

♻️ 2005-yil noyabrda Axborot jamiyati masalalari bo‘yicha yuqori darajada butunjahon uchrashuvi (AJYuDU) BMT Bosh Assamleyasiga 17-may kunini Butunjahon axborot jamiyati kuni deb elon qilishi taklifi bilan chiqdi.

♻️2006-yil 27-martda BMT Bosh Assamleyasi rezolyutsiyani (A/RES/60/252) qabul qildi, unga asosan Butunjahon axborot jamiyati kuni 17 mayda har yili nishonlanadi.

♻️ Butunjahon telekommunikatsiyalar va axborot jamiyati kunining maqsadi bo‘lib axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish jamiyat va mamlakatlarga imkoniyatlar to‘g‘risidagi xabardor bo‘lishlik darajasini oshirish imkoniyati hisoblanadi.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
KUN HIKMATI
♻️Odamlar nimanidir bilmaganliklari uchun emas, balki o‘zlarini bilimdon va dono hisoblaganliklari sababli yanglishadilar, adashadilar.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #murojaat_uchun

FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

🔰Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi faoliyati doirasida Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish yoki bo'lmasa turli xil muammoli vaziyatlar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida Respublikamizning barcha hududlaridagi boshqarma hamda tuman-filiallaridagi mutaxassislarga murojaat qilishingiz mumkin.

Quyida hududlardagi boshqarma hamda tuman-filiallar bo'yicha to'liq ma'lumotlar mavjudi.

♦️Qoraqalpog'iston Respublikasi;

♦️Samarqand viloyati;

♦️Sirdaryo viloyati;

♦️Surxondaryo viloyati;

♦️Qashqadaryo viloyati;

♦️Toshkent shahar;

♦️Toshkent viloyati;

♦️Navoiy viloyati;

♦️Namangan viloyati;

♦️Xorazm viloyati;

♦️Jizzax viloyati;

♦️Farg'ona viloyati;

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#bilasizmi

Oʼzboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish qanday javobgarliklarga sabab boʼlishini bilasizmi?.

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 60-moddasi (3-qismi)ga asosan;

Oʼzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʼlgan va tutash boʼlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish:

🔷 Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari;

🔷 Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
♻️Hurmatli fuqarolar yer olish masalasida firibgarlarga aldanib qolmang!

▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook
⚡️"KORRUPSIYA – JAMIYAT KUSHANDASI"
🔰 Kuni kecha Kadastr agentligi Termiz tumani bo‘lim va filiali barcha xodimlari ishtirokida "KORRUPSIYA – JAMIYAT KUSHANDASI" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🔹Davra suhbati davomida Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Termiz tuman filial boshlig`i E.Achilov tomonidan xodimlarga jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tamagirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ichki ijro-intizomiga rioya qilishlari, ish joyiga ogoxlantirishsiz kech kelmaslik, ish unumdorligini oshirish, “Kasb odobnomasi”ga va “Odob axloq” qoidalariga zid ravishda ish olib bormaslik kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi.
🇺🇿Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook
▫️Auksion savdolarida mulkga ega bo'ling▫️

⚜️ Respublika bo'yicha tadbirkorlik uchun mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarilgan yer uchastkalari bilan tanishing!

Ular bugungi kunga qadar 12 694 tani
tashkil etmoqda:

🔘 Qoraqalpog'iston Respublikasidan 780 ta (ko'rish)
🔘 Andijon viloyatidan 912 ta (ko'rish)
🔘 Buxoro viloyatidan 906 ta (ko'rish)
🔘 Jizzax viloyatidan 2342 ta (ko'rish)
🔘 Qashqadaryo viloyatidan 825 ta (ko'rish)
🔘 Navoiy viloyatidan 336 ta (ko'rish)
🔘 Namangan viloyatidan 621 ta (ko'rish)
🔘 Samarqand viloyatidan 919 ta (ko'rish)
🔘 Surxondaryo viloyatidan 612 ta (ko'rish)
🔘 Sirdaryo viloyatidan 823 ta (ko'rish)
🔘 Toshkent shahridan 58 ta (ko'rish)
🔘 Toshkent viloyatidan 43 ta (ko'rish)
🔘 Xorazm viloyatidan 1381 ta (ko'rish)
🔘 Farg'ona viloyatidan 2136 ta (ko'rish)

#DavKadastrPalata #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Endilikda yer uchastkasini masofadan turib xususiylashtirish mumkin boʻldi

Har bir jismoniy va yuridik shaxs oʻziga tegishli boʻlgan yer uchastkasini faqat oʻzigina sotib oladi. Bu auksionga qoʻyilmaydi va boshqa odam sotib olishi yoki boshqa odamga oʻtib ketishi mumkin emas.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Сурхондарё вилояти ҳокими Тўра Боболовнинг Термиз шаҳрида бўлиб ўтган сайёр қабулида 367 нафар фуқаронинг 450 га яқин муаммолари тингланди. 83 та мурожаатчининг муаммолари шу ернинг ўзида ечим топди.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.iss.one/axborot_xizmati
Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Республика товар-хом ашё биржаси фаолиятини такомиллаштириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по мерам совершенствования деятельности Республиканской товарно-сырьевой биржи.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент раислигида товар-хом ашё биржасида савдоларни кўпайтириш, маҳаллий корхоналар иштирокини кенгайтириш бўйича йиғилиш бошланди.

“Биржа самарали ишламаса, бозор муносабатлари ҳам бўлмайди. Биржа савдолари эркин рақобатни шакллантиради, тадбиркорларга янги бозорларни очади, “яширин иқтисодиёт” ва коррупцияни кескин камайтиради”, деди давлат раҳбари.

Ислоҳотлар натижасида:

- сўнгги уч йилда биржа савдо айланмаси 2 бараварга ўсиб, 90 триллион сўмга етди, сотиладиган товарлар сони 3 бараварга кўпайди (200 тадан 627 тага етди);

- хорижий давлатларда биржанинг 20 та савдо майдончалари ташкил этилиб, жорий йилнинг 4 ойида 170 миллион долларлик маҳсулот сотилди;

- ўтган йили 1 минг 274 та хорижий компания Ўзбекистон биржасига катта ҳажмларда маҳсулот қўйишни бошлади.

“Мана натижа. Лекин бу имкониятларимизнинг ўндан бири ҳам эмас”, - деди Президент ҳамда Ташқи савдо, Ташқи ишлар вазирликларига хориждаги барча элчихоналарни жалб қилиб, бундай савдо майдончаларини ташкил этиш бўйича топшириқ берилди.
Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi inspektorlari tomonidan maʼmuriy amaliyot sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MAʼLUMOT

🔰Kadastr agentligi inspektorlari tomonidan joriy yilning 16-may holatiga yer va kadastr nazorati sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha jami 1017 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

📌Xususan:

💠ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganlik uchun 557 nafar shaxs;
💠yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun 326 nafar shaxs;
💠o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirganlik uchun 70 nafar shaxs;
💠yer tuzish loyihalaridan o’zboshimchalik bilan chetga chiqqanlik uchun 45 nafar shaxs
💠Chegara belgilarini, geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirganlik uchun
19 nafar
shaxs ma’muriy jazoga tortilgan.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAYYOR QABULGA MARHAMAT!!!

📌 Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Allaberganov Otabek Validjanovich boshchiligida 2022 yil 19 may kuni Surxondaryo viloyati, Boysun tumani jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan sayyor qabul o‘tkaziladi.

♻️Mazkur uchrashuvlarda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatlarini yuritish uchun yer maydonlarini ajratish Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tqazish, va boshqa sohaga doir muammolar va o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

♻️Sayyor qabul qatnashish istagida bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar vakillari 2022-yil 19-may kuni soat 11.00 dan 16.00 ga qadar Surxondaryo viloyati Boysun tumani Olmazor ko‘chasi, 6-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabiga tashrif buyurishingiz mumkin.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook