SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
18.8K photos
2.29K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro press-klubning “Yer hisobi va davlat kadastri tizimi: maqsadli foydalanish, nazorat hamda raqamli texnologiyalar”mavzuidagi sessiyasi

⁉️Savol. Kadastr sohasida raqamlashtirish ishlari qanday bormoqda?

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro press-klubning “Yer hisobi va davlat kadastri tizimi: maqsadli foydalanish, nazorat hamda raqamli texnologiyalar” mavzuidagi sessiyasi

⁉️Savol. Sohani raqamlashtirish o‘z-o‘zidan inson faktorini kamaytiradi, korrupsiyani oldini oladi. Bu borada qandaydir o‘zgarish bo‘ldimi?

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Xalqaro press klub
"Бугунги кунда 24,4 млн гектар қишлоқ хўжалиги ерлари эга кесим қилинди. Яъни буни электрон харитаси яратилиб, улар кимга тегишли қаерда жойлашганлиги аниқ ҳисоб китоб қилинди. Бу 404 мингтадан зиёд ердан фойдаланувчи. Бундан ташқари туман, шахар хокимликлари номига 1 млн 190 минг гектар заҳирадаги ерлар давлат рўйхатидан ўтказилди".

Отабек Аллаберганов, Кадастр агентлиги директорининг биринчи ўринбосари
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro press-klubning “Yer hisobi va davlat kadastri tizimi: maqsadli foydalanish, nazorat hamda raqamli texnologiyalar”mavzuidagi sessiyasi

⁉️Savol. Ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazib, uning natijasi bo‘yicha elektron xarita tuzish, aholi uchun ochiq onlayn platformada joylashtirish vazifasi ilgari surilgan edi. Mazkur vazifa bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Yer va kadastr nazorati yo‘nalishida 2022-yilning 1-aprel holatiga amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🗓 14.04.2022
🌙Mohi Ramazonning saharlik va iftorlik vaqtlarini biz bilan bilib boring!

Muqaddas oyning bugun 13 kuni

☀️Saharlik vaqti – 04:25
🌛Iftorlik vaqti – 19:04

#DavKadastrPalata #RamazonMuborak

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Servitut instituti takomillashtiriladi▫️

⚜️Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–204-son, 12.04.2022 y.) qabul qilindi

⚜️ Qaror bilan Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

⚜️ “Yo‘l xarita” doirasida o‘zganing yeridan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) instituti yanada rivojlantiriladi.

⚜️Doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yerdan foydalanish sohasidagi huquqiy munosabatlar takomillashtiriladi.

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer ajratishning quyidagi tartibi joriy etildi:

▪️ temir yo‘l liniyalari va avtomobil yo‘llari uchun viloyat hokimlari qarori bilan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;
▪️elektr, aloqa liniyalari, gaz, neft, suv va kanalizatsiya quvurlari, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi tarkibidagi ichki yo‘llar va kichik suv havzalari uchun yer ajratish talab etilmaydi (texnik talablarda belgilangan hollar mustasno). Bular uchun servitut belgilanadi;
▪️ servitut huquqi kelishuv shaklida, kelishuvga erishilmaganda esa sud qarori bilan rasmiylashtirilishi mumkin;
▪️ servitut belgilangan yer uchun yer solig‘i (ijara to‘lovi) yer mulkdori, egasi, foydalanuvchisi va ijarachisi tomonidan to‘lanadi.

⚜️ Qaror bilan Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tashkil etildi.

#DavKadastrPalata #servitut

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro press-klubning “Yer hisobi va davlat kadastri tizimi: maqsadli foydalanish, nazorat hamda raqamli texnologiyalar” mavzuidagi sessiyasi

⁉️Savol. Joriy yilda aholiga ijaraga beriladigan 80 ming gektar yerni davlat ro‘yxatidan o‘tkazib keyin tanlovga chiqarish vazifasi qo‘yilgan. Bu borada nima ishlar qilindi?

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
​​14-Aprel, Nyu-Yorkda elektron pochta orqali qo‘lyozma xatlar yuborish xizmati tashkil topgan kun.

📘🖌20 yil ilgari deyarli barcha tashkilotlar yozishmalarni va hujjatlarni qog‘ozda olib borardi. Elektron pochtaga va raqamli hujjatlarga o‘rgangan bugungi zamon odami uchun bu holat notanish, hatto o‘rta yoshlilar ham bu ko‘nikmalarni unutib boryapti.

📖🖊Lekin bu siyohli ruchka va qog‘oz keraksiz eskilikka aylandi degani emas. Nyu-Yorkda tashkil etilgan yangi “Bond” firmasi mana shunday vaziyatlarda qo‘l keladigan yangi texnologiyani bozorga olib chiqdi. Endi zamonaviy texnologiyalar yordamida qo‘lyozma matnlar tayyorlab, ularni maxsus printerlarda chop ettirish yoki pochti orqali kerakli manzilga yuborish mumkin.

📓🖌Qo‘lyozma maktublar yetkazish xizmati 2014-yil 14 aprelda sovg‘alar yetkazuvchi tashkilot qoshida ochildi. Ammo qo‘lyozma maktublarga ehtiyojning yuqoriligini e’tiborga olgan holda xizmat kengaytirildi. G‘oya muallifi Sonni Kaverbalning so‘zlariga qaraganda, xizmat mijozlarni qog‘oz va qalam sotib olishdan ozod qilib, qo‘lyozma hujjatlarni tezkor ravishda manzilga yetkazib beradi.

📘🖍Maktub jo‘natish jarayoni bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab planshet yoki smartfondagi maxsus dastur orqali mijozning dastxati olinadi va saqlanadi. Dastur dastxatning o‘ziga xos jihatlarini eslab qoladi: harflarning qiyalik darajasi, ular orasidagi masofa va hokazo.

📕✏️Shu tariqa qo‘lda yozilgan bir necha abzats matn yordamida katta-katta hujjatlarni yaratish mumkin bo‘ladi. Shundan so‘ng mijoz klaviaturada o‘z dastxatidan foydalangan holda matn yozadi va uni kompaniya xodimlariga yuboradi. Maktub maxsus printerda chop etilib, konvertga solingan holda 1 kun ichida manzilga yetkaziladi.

▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook
​​🏢2022-yilning 14 aprel holati boyicha Surxondaryo viloyatida 577 153 ta ko‘chmas mulk obyektlari mavjud.

SHUNDAN:
📕Turar joylar - 545 702 ta

Turar aholi soni - 449 578 ta
Ko‘p qavatli xonadon - 40 969 ta
Bo‘sh yer maydon - 54 900 ta
Xizmat uylari - 345 ta

📕Noturar joylar-29 567 ta

Jismoniy shaxslar - 12 451 ta
Yuridik shaxslar - 17 116 ta

🔰Viloyat kesimida eng ko'p ko'chmas mulk obyektlari Denov tumaniga to'g'ri keladi. 2022-yilning 14 aprel holati boyicha Denov shahridagi 75 056 ta ko‘chmas mulk obyektlari mavjud.

⭕️Tumanlar kesimida:

☑️ Oltinsoy tumani 32 525 ta
☑️ Angor tumani 27 840 ta
☑️ Boysun tumani 28 535 ta
☑️
Denov tumani 75 056 ta
☑️ Qumqo'rg'on tumani 48 131 ta
☑️ Qiziriq tumani 22 878 ta
☑️ Sariosiyo tumani 44 075 ta
☑️ Termiz tumani 24 995 ta
☑️ Uzun tumani 35 856 ta
☑️ Sherobod tumani 45 202 ta
☑️ Sho'rchi tumani 41 941 ta
☑️ Termiz shahri 50 510 ta
☑️ Muzrabot tumani 30 636 ta
☑️ Jarqo'rg'on tumani 51 195 ta
☑️ Bandixon tumani 17 778 ta

🏢Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Korrupsiya - taraqqiyot dushmani!▪️

💠 Korrupsiya bu - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyatdir.

💠 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy matbuot xizmatlari korrupsiyani oldini olishga qaratilgan mulohazali videoroliklar yaratganlar. Ulardan yana biri Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tayyorlangan.

❗️ Eslatib o’tamiz: Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiste’mol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz - 1097 ishonch telefoni orqali habar berishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #hududlar #korrupsiyaga_qarshi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#surxon_kadastr_infografika
♻️Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasiga 2022-yilning 14 aprel holati bo`yicha ko‘chmas mulk obyektlari haqida ma`lumot.

▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook
#kadastr_murojaat_Infografika
♻️Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasida 2022 yil 1-chorak davomida kelib tushgan murojaatlar.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
SAVOL: Yer maydonini xususiylashtirishni qanday afzallik tomonlari bor ?

JAVOB: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 14-fevralidagi 71-sonli qaroriga asosan yer maydonlarini xususiylashtirishni quyidagicha afzallik tomonlari bor.

🔷 Mulk huquqiga ega bo'lish, yer uchastkasini bir qismini sotish yoki hadya qilish.

🔷 Davlat tomonidan yer uchastkalari olib qo'yilmaydi faqat sotib olinishi mumkin.

🔷 Yer maydonini mustaqil qo'shish, taqsimlash va ajratish huquqini beradi.

🔷 Yer uchastkasidan garov sifatida foydalanish huquqini beradi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Surxondaryo viloyatidagi yer maydoni jihatidan eng kichik hudud qaysi?
Anonymous Quiz
45%
Angor tumani
15%
Denov shahri
40%
Termiz shahri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro press-klubning “Yer hisobi va davlat kadastri tizimi: maqsadli foydalanish, nazorat hamda raqamli texnologiyalar” mavzuidagi sessiyasi

⁉️Savol. Kadastr va soliq qonunchiligi qaysi hududlarda ko‘proq buzilayapti?

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Президент ечимини кутиб турган яна бир нечта муаммони санаб ўтди.

Хусусан, “Рақамли Ўзбекистон – 2030” дастури доирасида вазирлик ва тармоқларнинг 11 та лойиҳаси кечикмоқда.

Жумладан, Транспорт ва Молия вазирликларида – 3 тадан, Инвестиция, Соғлиқни сақлаш вазирликлари, Кадастр агентлиги, Миллий банк, “Ўзагросуғурта”да – 1 тадан.

Бугунги кунда айрим вазирлик ва идоралар эски, ишончсиз ва ўзаро интеграция қилинмаган ахборот тизимларидан фойдаланиб келмоқда.

Бундан ташқари, ҳудудларда IT соҳасини ривожлантириш бўйича ишлар бир маромда эмас. IT хизматларининг 90 фоизи Тошкент шаҳрига тўғри келади. Энг оғир ҳолат Қорақалпоғистон, Андижон ва Сурхондарёда.

Шу билан бирга, 46 та ҳудудий лойиҳа ижроси кечикмоқда.
Ахборот технологиялари соҳасидаги натижалар ва жорий йилги вазифалар муҳокамаси юзасидан йиғилиш ўтказилди.
Хизматлар кўламини мунтазам кенгайтириб бориш, соҳада экспорт ҳажмини шу йил якунига қадар 100 миллион долларга етказиш бўйича кўрсатмалар берилди. IT-паркларга кўпроқ компанияларни жалб қилиш, масофавий хизматлар марказлари ташкил этиш вазифаси қўйилди.
Телекоммуникация тармоқларини кенгайтириш, соҳада мутахассислар тайёрлашни такомиллаштириш масалалари кўриб чиқилди.

Состоялось совещание по достигнутым результатам в сфере информационных технологий и задачам на текущий год.
Поручено постоянно расширять спектр услуг, до конца текущего года довести объем экспорта в отрасли до 100 миллионов долларов. Поставлена задача привлечь больше компаний в IT-парки, организовать центры дистанционных услуг.
Рассмотрены вопросы расширения телекоммуникационных сетей, совершенствования подготовки специалистов для сферы.

#Mirziyoyev #yigilish #IT #raqamlashtirish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter