Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
13.3K photos
1.62K videos
59 files
11.5K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#oquv_seminar #seminar #saylov #937

Joriy yilning 11-sentabr kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Surxondaryo viloyat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashida O‘zbekiston Respublikasining "Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qo‘yish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilariga yangi saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari hamda O‘zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonun mazmun mohiyati bo‘yicha tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍31🔥1