Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
13.3K photos
1.62K videos
59 files
11.4K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#Saylov_2021

Saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Muddatidan oldin ovoz berish saylovga 10 kun qolganida boshlanadi va saylovga 3 kun qolganida tugallanadi.

📌 Muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazish vaqti tegishli okrug saylov komissiyalari tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning eʼtiboriga OAV orqali yetkaziladi.

➡️ Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida boʻla olmasligining sabablari (taʼtil, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) koʻrsatilgan ariza asosida tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Saylov 2021

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo’limlarda saylov targ’ibotlari davom etmoqda. Xususan, Qumqo’rg’on tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 431,432-sonli saylov uchastkalariga borib, saylov uchastkasi komissiya a’zolariga MSKning 2021 yil 25 avgustdagi 1104-sonli qarori, Saylov qonunchiligi bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya