Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
13.4K photos
1.62K videos
59 files
11.5K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#INSON_HUQUQLARI_OLIY_QADRIYAT

📍 Qumqo'rg'on tuman adliya bo‘limi tomonidan boshqa tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Inson  qadri  uchun” tamoyili asosida Inson huquqlari oliy qadriyat” va "Mehnat huquqlarini o'rganamiz" huquqiy aksiyalari doirasida tumanning "Achamoyli" va "Chayontepa" mahallalarida sayyor qabul o‘tkazildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullar davomida fuqarolaridan kelib tushgan 30 dan ortiq turli masalalarga oid murojaatlar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo'lsa, 20 ga yaqin fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi hamda fuqarolarning o'rganish muddat talab etadigan murojaatlari adliya bo'limi ish yurituviga olindi.

Sayyor qabullardan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning muammolarini joyida hal etish, o‘rganilishi talab etiladigan murojaatlar nazorat tartibida ko‘rib chiqish uchun qabul qilish, aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli ta’sir choralari qo‘llash, sayyor xizmatlar (notarius, davlat xizmatlari, FHDY va boshqalar) tashkil etishdan iboratdir.

Sayyor qabullarda ishtirok etgan aholi uy-joy bilan ta’minlashda subsidiya olishda ko‘maklashish, elektr tarmoqlaridagi past kuchlanishni bartaraf etish, ish bilan ta’minlash va boshqa masalalarda huquqiy maslahatlar berish yuzasidan murojaatlar qildilar. Aksariyat murojaatlarni qabul davomida hal etish choralari ko‘rildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏3
#Inson_huquqlari_oliy_qadriyat

Inson sha’ni - oliy qadriyat. Shu boisdan yurtimizda olib borilayotgan barcha sa’y-harakatlar, islohotlar markazida shaxs va uning manfaatlari turadi. Fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlashda esa adliya organlarining alohida o‘rni bor.

⚡️ Bandixon tuman adliya bo‘limi tomonidanInson qadri uchun” tamoyili asosida Inson huquqlari oliy qadriyat” va "Mehnat huquqlarini o'rganamiz" huquqiy aksiyalari doirasida tumanning "Bandixon" va "Obikor" mahallalarida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabullar davomida fuqarolaridan kelib tushgan 20 dan ortiq turli masalalarga oid murojaatlar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo'lsa, 10 dan ortiq fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi hamda fuqarolarning o'rganish muddat talab etadigan 26 ta murojaati adliya bo'limi ish yurituviga olindi.

➡️ Adliya bo‘limi ish yurituviga olingan murojaatlarning 10 tasi mehnat munosabatalariga oid bo‘lib, qabullar davomida ishtirokchilarga mehnat kodeksi, saylov qonunchiligi, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish maqsadida qonunchiligimizda bo‘lgan so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar, qonuniy mehnat migratsiyasi va boshqa jihatlar bo‘yicha ham tushuntirishlar berildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍2
#Inson_huquqlari_oliy_qadriyat
#Sayyor_qabul

⚡️ Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Abdurasulov hamda Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi mas’ullari tomonidan tumandagi “Oqqo‘rg‘on” mahallasida “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida tumanning “Oqqo‘rg‘on”, “Oftobmakon”, “Navro‘z”, “Yakkabog‘”, “Jarqishloq”, “Xayrabod”, “Obodon”, “Laylakxona”, “Xo‘shchekka”, “Kattasovur” mahalla fuqarolar yig‘ini fuqarolari jalb qilingan holda sayyor qabul o‘tkazildi.

➡️ Qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bir qator muammoli masalalalar, jumladan, uy-joy, kommunal, yo‘l qurilishi, nafaqa olish, nafaqa va pensiya hisoblanishi bilan, mehnat huquqlari bilan bog‘liq hamda mahalliy davlat organlari va ma’muriy idoralarning qarorlari, buyruqlari va harakatlari ustidan shikoyatlar berish yuzasidan kelib tushgan 15 ga yaqin murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqish muddat talab etadigan 22 ta murojaat ish yurituvga qaratilib, ijrosi nazoratga olindi.

➡️ O‘tkazilgan sayyor qabul davomida ishtirokchilarga “o‘zimiz keldik” shiori ostida 20 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ham ko‘rsatilib, davlat xizmatlaridan masofaviy elektron tartibda foydalanish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4