Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
13.4K photos
1.62K videos
59 files
11.5K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#Faoliyat

Jarqoʻrgʻon tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlar markazi tomonidan tumandagi 4-MTM boʻlimida faoliyat olib borayotgan xodimlarga my.gov.uz portali va undagi xizmat turlaridan foydalanish afzalliklarini tushuntirishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
#Faoliyat

🔰 Uzun tumanida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputati Mavjuda Xasanova, tuman xalq qabulxonasi mudiri va Uzun tuman Adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi direktori ishtirokida fuqarolarning dolzarb muammolari bo'yicha qabul o'tkazildi.

Qabul davomida kadastr masalalariga, oilaviy tadbirkorlik masalalariga va qonunchilikdagi yangiliklarga oid masalalar ko'rib chiqildi va murojaatchilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🔷 Mahalla faollariga o'zlari masofadan turib davlat xizmatlaridan foydalanishlari bo‘yicha kerakli tushunchalarga ega bo‘lishdi .

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
👍2
#Faoliyat

Surxondaryo viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan reja grafikka asosan Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 595-sonli Qarorining mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Shuningdek, davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘RQ 798-sonli Qonuni hamda Referendum yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64 moddasiga kiritilayotgan 200 dan ortiq o‘zgarishlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar ham berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
😁1
#Adliya_aralashuvi_bilan
#Faoliyat_samarasi

Denov tuman adliya bo‘limi tomonidan "Totuvlik" mahallasi, “Oliy qadriyat” ko‘chasida yashovchi fuqaro Sh.Ibroximovaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga “Ishonch telefoni” orqali yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqilib, Denov tuman DXM orqali joriy yilning 26-oktabr kuni budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman bo‘limi tomonidan parvarishlash nafaqasi tayinlanishiga erishildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
👍3
#Faoliyat

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi hamda tuman hokimligi hamkorligida, tumanda istiqomad qiluvchi "Temir", "Ayollar", "Yoshlar" daftarida turuvchi ayollarga Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan "Ayollarga HUQUQIY MADAD" nomli ayollar uchun muhim huquqiy masalalarga oid qo‘llanma tarqatildi.

🏢 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
#FAOLIYAT

🔰 "Madad" NNT Surxondaryo viloyati, Qiziriq tuman huquqiy maslahat byurosi tomonidan 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida "Huquqiy maslahat soati" tashkil etildi.

🔹 Uchrashuvda yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar berildi.

🏢 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
👍1
#Faoliyat
#Hamkorlik

Sherobodda oilaviy ajrimlarning oldini olish boʼyicha suhbat oʼtkazildi

🔰 Tumanning 2-sektor hududida joylashgan 8-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar boʼlimi, Fuqarolik ishlari boʼyicha Sherobod tumanlar aro sudi, tuman Аdliya boʼlimi, tuman Ichki ishlar boʼlimi hamda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tuman boʼlimi, shuningdek, Sherobod tumani jome masjidi bilan hamkorligida tumandagi ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish boʼyicha suhbat oʼtkazildi.

Unda tumandagi barcha mahalla fuqarolar yigʼini xotin-qizlar faollari va oqila ayollar harakati aʼzolari, nizoli oila vakillari qatnashishdi. Suhbat jarayonida masʼullar tomonidan yakka tartibda olib borilgan suhbat jarayoni, shuningdek, tushuntirishlar orqali 24 ta oila yarashtirildi.

🏢 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
👏3
#Faoliyat

Oltinsoy tumani adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tuman hokimligi majlislar zalida tumandagi davlat tashkilotlari, umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim va tibbiyot birlashmasi mas'ul xodimlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2022-yil 18-martdagi PQ-173-sonli qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati batafsil tushuntirildi. Ishtirokchilar tomonidan E-huquqshunos dasturi va boshqa masalalar yuzasidan berilgan savollarga mas‘ullar tomonidan javoblar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
👏2
#Faoliyat
#Hamkorlik

🔰 Jarqorgon tumani Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi xodimlari ishtirokida IIV Surxondaryo akademik litseyida "Konstitutsiyaviy islohatlar-davr talabi"  mavzusida ilmiy amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada IIV Surxondaryo akademik litseyi direktori, Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti professor o‘qituvchilari, akademik litsey o‘qituvchi hamda o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Unda Konstitutsiyaviy islohotlarning bugungi kun talablari asosida amalga oshirilayotganligi haqida fikrlar almashildi. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy amaliy konferensiyalarni doimiy ravishda hamkorlik asosida tashkil etishga kelishib olindi.

🏢 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
👍2👎1
#Faoliyat

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi, xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati, tuman IIB, Xalq ta’limi,  maktabgacha ta’lim bo‘limlari, bandlik, tibbiyot va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2022 yil 21 dekabr kuni tuman hokimligi binosida Ta’lim va tarbiya sohasiga oid seminar tashkillashtirildi.

🔰 Seminarda tuman adliya bo‘limi va tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan  ta’lim va tarbiya sohasiga oid qonunlar, qarorlar, hafta davomida qabul qilingan qonun hujjatlari va ta’lim muassasalari tomonidan buyruqlar va shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi va shartlari to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi. Seminar ishtirokchilari tomonidan qiziqtirgan savollariga huquqiy tushuntirishlar berildi.

🏢 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
👍3
#FAOLIYAT

🔰 Denov tumani Xayrobod garnizoni harbiy qismida Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida "Amir Temur jangovar bayrog‘iga sazovor bo‘lishda harbiy intizom holatining ahamiyati" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

♻️ Unda Termiz Harbiy prokuraturasi tergovchisi adliya kapitani J.Shamsiddinov, Denov tuman Adliya bo‘limi yetakchi maslaxatchisi Ch.Jo‘rayev, bosh maslaxatchi B.Xidirov ,tuman FHDY bo‘limi 1 toifali inspektori B.Xusanovalar ishtirok etib, harbiy xizmatchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga yo'naltirilgan ma'lumotlar berishdi.

🔰 Shuningdek, davra suhbati davomida mavzuga oid videorolik namoyish etilib, shaxsiy tarkib o‘rtasida keng muhokama qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
🔥3
#FAOLIYAT

Denov tuman adliya bo'limi, Oila va xotin-qizlar bo'limi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi hamkorligida tumandagi "Qo'zichoqli" mahallasida istiqomad qiluvchi kam ta'minlangan oilalar holidan xabar olindi.

Sovuq ob-havo sharoitida yashash sharoitlari o'rganilib, tegishli tartibda ijtimoiy va huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
🔥2👍1
#HAMKORLIK
#FAOLIYAT

⚡️Sherobod tumani adliya bo‘limi va yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari tomonidan Xalq ta’limi bo’limida tumandagi 74 ta umumta’lim maktablarining ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari, tuman Xalq ta’limi bo’limi ma’sul xodimlari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.

🔰 Unda O’zbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonunining mazmun-mohiyati bo‘yicha batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
👍1
#FAOLIYAT

Denov tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 21- dekabrdagi "Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlar doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni hamda «Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi.

🔰 Tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirok etgan tadbirda qonunchilik targ‘iboti olib borilib, xodimlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

🏢 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
#FAOLIYAT

🔰 Termiz shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Termiz shahar bo'limida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

⚡️ Unda Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.A.Mengliev ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasiningi 2017-yil 3-yanvar kunidagi O‘RQ-419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish" tog'risidagi Qonuni bo'yicha tushuntirishlar berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram I Facebook I Youtube I Web-sitе
👍4👏1
#FAOLIYAT
#HAMKORLIK

⚡️Angor tuman adliya bo‘limi va Surxondaryo viloyat ma’muriy sudi sudyalari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16- yanvardagi “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradaorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-11-sonli hamda “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-12-sonli Farmonlarining mazmun-mohiyatini keng aholi qatlamlariga tushuntirish bo'yicha huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

⚡️ Unda yuqoridagi farmonlarning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mas'ullar tomonidan javoblar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
🔥2
#FAOLIYAT

Boysun tuman adliya tomonidan tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman IIB mas’ul xodimlari hamkorligida joylarda jinoyatchilikni oldini olish hamda fuqarolarning huquqiy muammolari yechimi yuzasidan “Pasurxi” va “Shirinobod” MFYlari aholisi ishtirokida targ'ibot tadbiri o‘tkazildi.

⚡️ Dastlab, ishtirokchilarga yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati haqida ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan bog‘liq, eng ko‘p uchraydigan suv, gaz, elektr ta’minoti, kredit ajratish, soliq, yo‘llarni ta’mirlash, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, o‘zini o‘zi band qilish, davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi, bolalar uchun nafaqa puli olish hamda "Vorislik huquqi" aksiyasi bo'yicha ham huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
👍1👏1
 #FAOLIYAT

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi, tuman hokimi o‘rinbosari N.Jumaeva, tuman Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘linmasi rahbari Sh.Mamadiev boshchiligida, tumandagi  xotin-qizlar faolllari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

⚡️ Unda korrupsiyaga qarshi kurash, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, profilaktik hisobga olingan xotin-qizlar hamda notinch oilalar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish borasida so'z yuritildi.

⚡️ Shuningdek, yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, xotin-qizlarga yaratilayotgan sharoitlar, berilayotgan imtiyozlar haqida ham ma'lumotlar berildi.

🏢 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
👍2
#FAOLIYAT
#HAMKORLIK

Iqtisodiy ishlar bo'yicha Denov tumanlararo sudi bilan hamkorlikda "ADLIYA-SUD-YOSHLAR" formatida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv mobaynida sohalar faoliyati, vakolat va vazifalari xususida so'z yuritilib, yoshlarning sud hamda adliya faoliyatiga oid savollariga tushuntirishlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
👍1
#FAOLIYAT
#Oila_muqaddas

Boysun tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda tumandagi “Inkabod” MFY profilaktika inspektori ishtirokida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

🔰 Tadbirda, joylarda jinoyatchilikning oldini olish, vorislik huquqi, firibgarlik, hamda yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-yanvardagi O‘RQ–814-son Qonuni va 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ–815-son Qonunlari mazmun-mohiyati hamda vasiyatnoma tuzishning afzalliklari, merosni ochish va rasmiylashtirish bilan bog'liq aloqador normalar bo'yicha ham tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Uch nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.

🏢 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
👍2