Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
2.12K subscribers
11.6K photos
1.34K videos
59 files
10.1K links
👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#Huquqiy_viktorina

⚡️ Xabaringiz bor, shu kunlarda butun Respublikamiz bo‘ylab Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Mehnat huquqlarimizni o‘rganamiz” shiori ostidagi huquqiy aksiya o‘tkazilmoqda.

Bugun boshqarma mas'ul xodimi Q.Ulug'ov ishtirokida Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasi “Yangi asr” radiokanali orqali jonli tarzda mehnat huquqini keng aholi qatlamiga tushuntirish maqsadida huquqiy viktorina o‘tkazilib, savollarga eng ko‘p to‘g‘ri javob bergan radiotinglovchi g‘olib deb topildi.

Kanalga ulanish 👉 
https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
#Биласизми

❗️Безорилик, совуқ қурол ёки кишининг соғлиғи учун амалда шикаст етказиши мумкин бўлган нарсаларни (қурол сифатида) намойиш қилиб, уларни қўллаш билан қўрқитиб ёхуд қўллаб содир этилса, қуйидаги жазо чораларидан бири қўлланилишига сабаб бўлади:

▫️300 соатдан 360 соатгача мажбурий жамоат ишлари;
▫️1 йилдан 3 йилгача озодликни чеклаш;
▫️
3 йилгача озодликдан маҳрум қилиш.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Журналистларга қонунчиликда берилган муҳим 10 та кафолат

Журналистни таъқиб қилиш тақиқланади. ОАВлар фойда солиғи бўйича қандай имтиёзга эга? Журналистлар ўртасида ҳар чоракда танловлар ўтказилиши керак. Журналистларнинг хорижий тилни ўрганиш харажатлари қоплаб берилади.

Батафсил 👉 Ўқиш.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
#Ижтимоий_акция

Ходимларга ишга киришда ишга мослигини текшириш ҳамда ишни давом эттиришга ходим қарор қилиши учун дастлабки синов қўлланилиши мумкин.

🗓 Дастлабки синов муддати 3 ойдан, ташкилотларнинг раҳбарлари ва уларнинг ўринбосарлари, бош бухгалтерлар ҳамда ташкилотлар алоҳида бўлинмаларининг раҳбарлари учун эса 6 ойдан ошмаслиги керак.

Вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик даври ва ходим ҳақиқатда ишда бўлмаган бошқа даврлар дастлабки синов муддатига қўшилмайди.

Kanalga ulanish 👉 
https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
#Ижтимоий_акция

Ишга қабул қилишда иш берувчи ишга кираётган шахсни ишнинг мазмуни, меҳнат шароитлари, ички меҳнат тартиби қоидалари, жамоа шартномаси, бошқа ички ҳужжатлар билан олдиндан таништириши шарт.

Ишга қабул қилиш бўйича танлов ўтказилганда, ишга кираётган шахсга танлов ўтказиладиган сана ҳақида камида бир ҳафта олдин хабар берилиши керак.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Hurmatli jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari sizni 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy  tabriklaymiz!

Kasbingizning asl mohiyati so‘z orqali jamoatchilik aloqalarini rivojlantirish, kishilar ongiga ta’sir o‘tkazishdan iboratdir. E’tirof etish joiz, fidokorona mehnatingiz, haqiqatni so‘zlashdagi jasoratingiz mamlakatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.

Siz o‘z qalamingiz bilan yurtimizda tinchilik-osoyishtalik, o‘zaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga, yoshlarning huquqiy ongini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.

Bundan keyingi faoliyatingiz ham ulkan muvaffaqiyatlarga boy bo‘lishiga tilakdoshmiz. Sizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
#Adliya_xabari

29—30-iyun hamda 1-iyul kunlari Davlat xizmatlari markazlari aholiga xizmat ko‘rsatadi

Xabaringiz bor, Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan joriy yilning 28-iyun — 2-iyul kunlari dam olish kuni etib belgilangan.

Shu o'rinda, Adliya vazirligi tomonidan fuqarolarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularga qulaylik yaratish maqsadida, davlat xizmatlari markazlari dam olish kunlari ham xalqimiz xizmatida bo‘lishini maʼlum qilamiz.

Xususan, 29 iyun – 1 iyul, yaʼni payshanba – shanba kunlari Respublikamizning barcha tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari soat 09:00 dan 15:00 ga qadar navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi.

@adliyangiliklari
❗️ B2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega fuqarolarga xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

2023-yil 1-oktyabrdan B2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega fuqarolar tomonidan tegishli yo‘nalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 100 foiz qismini qoplash tizimi joriy etiladi...

BATAFSIL 👉 O'QING

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 📹 Youtube I 🌐 Web-site
🤔 Vazirlik va idoralarda hujjat aylanishining yagona tizimi joriy etiladi, buning afzallik jihatlari nimada?

2023-yil 1-avgustdan davlat organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir loyihalarni amalga oshirish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘larning 50 foizi kelgusi moliya yilida mazkur davlat organlari faoliyatida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, 2023-yilda mobil internet foydalanuvchilari sonini oshirish choralari ko‘riladi. Bunda ular sonini 31,5 mln nafarga yetkazish nazarda tutilgan...

BATAFSIL 👉 O'QING

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 📹 Youtube I 🌐 Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

12-18-iyun kunlari qonunchiligimizda qanday o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘ldi. Videorolik orqali batafsil tanishing.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 📹 Youtube I 🌐 Web-site
JURNALISTLARGA EHTIROM KO'RSATILDI

⚡️ Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan izchil huquqiy islohotlar jarayonini yoritishdagi faol ishtiroki uchun bir guruh jurnalistlarning mehnati e’tirof etilib, tashаkkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

👏👏👏Bundan keyingi faoliyatlaringizga ham omad va zafarlar tilagan holda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishdagi beqiyos xizmatlaringiz uchun tashakkur bildirmiz.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 📹 Youtube I 🌐 Web-site