#Adliya_xabari
HUQUQIY MAHALLA
Angor tumani, "Qo‘shtegirmon" mahalla fuqarolar yig'inida Adliya vazirining 2024-yil 12-noyabr kunidagi “Adliya organlari tomonidan aholining huquqiy muammolarini hal etish tizimini tashkil etish hamda fuqarolarning qonunlarda mustahkamlanib qo‘yilgan huquq va qonuniy manfaatlarining ta’minlanishi holatini monitoring qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 384-um-son buyrug'ining 7-bandi ijrosi yuzasidan “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida adliya boshqarmasi hamda Angor tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan mahallada uyma-uy yurgan holda fuqarolarning mavjud muammolari so'rovnoma asosida o'rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf qilish choralari ko'rilmoqda.
Shuningdek, loyiha doirasida ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar bilan individual tarzda shugʻullanilmoqda hamda tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlanib, fuqarolarga tibbiy va boshqa xixmatlar koʻrsatilmoqda.
Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya

#Adliya_xabari #otaliqqa_olingan_maktablar
Otaliqqa olingan maktabda amaliyotchi huquqshunos ishtirokida amaliy darslar o‘tildi
Termiz shahar adliya bo‘limiga otaliqqa biriktirilgan 23-sonli maktabda amaliyotchi huquqshunos “Surxon Barkamol Imkon” advokatlik hay’ati advokati Dilmurod Pardaev hamda Termiz shahar adliya bo‘limi YuXKM bosh yuriskonsulti Sanjarbek Akramovlar ishtirokida Inson huquqlari, shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar, Huquq va burchlarning o‘zaro bog‘liqligi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun mohiyati mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlar o‘rtasida mafkuraviy immunitet, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik tuyg‘ularini shakllantirish, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishning oldini olishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.