Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
2.41K subscribers
11.5K photos
1.33K videos
59 files
10.1K links
👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka koʻra, oilaviy bogʻchalar tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisiga tegishli toifa boʻyicha 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlarida va hajmlarda ish haqini toʻlash uchun subsidiya ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#SAYYOR_QABUL

Joriy yilning 11-iyun kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Termiz tumanidagi "Sabzipoya" mahallasida aholi va tadbirkorlik subyektlari ishtrirokida navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Turli sohaga oid murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, o'rganish muddat talab etadigan 9 ta murojaat ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, qabul ishtirokchilariga targ‘ibot-tadbiri tashkil etilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024–yil 24-may kuni yangi qabul qilingan «Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi PF 80- sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 204-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuntirish berildi.
#Adliya_yoshlar

Uzun tumani 4-sektor hududidagi otaliqqa olingan yoshlar o'rtasida sportning shaxmat va "Yengil atletika" turlari bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda g‘oliblar munosib taqdirlandi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Sabzipoya mahallasida tashkil etilgan sayyor qabuldan so‘ng, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Roziqov "Mahalla yettiligi"ning faoliyati bilan tanishib, ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024–yil 24-may kuni yangi qabul qilingan «Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi PF 80- sonli Farmonida belgilangan vazifalar bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, uyma-uy yurgan holda MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolarning xonadoniga tashrif buyurib, aholining kundalik hayotda uchraydigan muammolari yuzasidan huquqiy maslahatlar berdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#seminar

Joriy yilning 11-iyun kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va viloyat sudi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlari xodimlari ishtirokida sudlar va adliya organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash va yagona amaliyotni joriy etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminar davomida Surxondaryo viloyat sudi mas’ul xodimlari tomonidan tuman (shahar) adliya bo‘limlari xodimlariga davlat, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, adliya organlari va muassasalari manfaatlarini ko‘zlab sudlarga ariza, da’vo ariza va shikoyatlar berish jarayonida amaliyotda turli huquqiy muammolarning kelib chiqish sabablari va ularning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar hamda uslubiy ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya