Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
13.5K photos
1.63K videos
59 files
11.5K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#Bilasizmi

🔊Sport hakamlariga malaka toifalari DXM orqali beriladi

Hukumat qarori (365-son, 06.07.2022-y.) bilan sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi

🔰Reglamentga koʻra, Sport hakamlariga quyidagi malaka toifalari beriladi:

▫️xalqaro toifali sport hakami;
▫️milliy toifali sport hakami;
▫️birinchi toifali sport hakami;
▫️ikkinchi toifali sport hakami;
▫️uchinchi toifali sport hakami;
▫️sport boʻyicha hakam.

Davlat xizmati davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (https://my.gov.uz/uz) orqali Sportni rivojlantirish vazirligi va hududiy boshqarmalar (vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.

📋 Arizaga shaxs faoliyat yuritayotgan tashkilot tomonidan berilgan malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi taqdimnoma ilova qilinadi.

💰 Davlat xizmati koʻrsatganlik uchun BHMning 1 baravari (300 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

🗓 Vakolatli organ ariza kelib tushgan kuni qaror qabul qilish uchun malaka komissiyasiga kiritadi.

❗️Malaka komissiyasi 1 oyda bir marta chaqiriladi.

Malaka komissiyasi ariza beruvchi tomonidan yuborilgan hujjatlarni 3 ish kuni ichida koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Yashil_makon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi, YXKM, FHDY va DXM bo‘limi tomonidan  tuya archasi, qarag‘ay archasi hamda katalpa manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

🏢 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
👍5
Sifatli ta’lim-tarbiya - kelajak poydevori

Sherobod tumanidagi 56-umumta’lim maktabida Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S.Abduraimov, tuman hokimligi, tuman Adliya bo‘limi, tuman Ichki ishlar bo‘limi, Xalq ta’limi bo‘limi, maktabgacha ta’lim bo‘limi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, tuman tibbiyot birlashmasi  va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida amaliy seminar o‘tkazildi.

🔰 Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, ta’lim va tarbiya sohasiga tegishli yangi qonunlar, ta’lim muassasalari tomonidan buyruqlar va shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi va shartlari, shuningdek, ichki ishlar bo‘limi va ta’lim muassasalarida hamkorlik hamda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, yo‘l harakati qoidalarini ta’lim muassasalarida o‘qitilishi kabilar haqida so‘z yuritildi. 

🏢 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
🤯2
“Jadid tafakkuri” stipendiyasi tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Bugun Adliya vazirligi tizimdagi ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilari ilk bora o‘rtasida o‘tkazilgan “Jadid tafakkuri” stipendiyasi tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

Marhamat, ular bilan tanishing:

Yuridik texnikumlar va akademik lisey o‘quvchilari o‘rtasida:

1-o‘rin  Qodirova Go‘zal Qodir qizi
2-o‘rin: Turg‘unboyev Abdulhoshim Ikromjon o‘g‘li
3-o‘rin: Rahimova Anajon Otabek qizi

TDYUU va Ixtisoslashtirilgan filial talabalari o‘rtasida:

1-o‘rin  Zayniyev Mujohid Halimjon o‘g‘li
2-o‘rin: Murodillayeva Sevinch Mahmudjon qizi
3-o‘rin: Xolbekova Muxlisa Xolbek qizi.

Gʻoliblarni qutlaymiz va ularning kelgusi ishlarida omad tilaymiz!

🏢 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
Forwarded from Huquqiy axborot
#Конституцияга_30_йил

Ҳамма учун виждон эркинлиги кафолатланади. Ҳар бир инсон хоҳлаган динга эътиқод қилиш ёки ҳеч қайси динга эътиқод қилмаслик ҳуқуқига эга. Диний қарашларни мажбуран сингдиришга йўл қўйилмайди.

Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, 31-модда

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
👍2
Forwarded from Huquqiy axborot
#Диққат_танлов

🇺🇿 Умуммиллий Конституция имтиҳони ўтказилади

Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 30 йиллиги муносабати билан Адлия вазирлиги ва Ёшлар ишлари агентлиги томонидан Умуммиллий Конституция имтиҳони ўтказилади.

Имтиҳонда барча иштирок этиши мумкин.

📝 Танловда иштирок этиш учун 8-dekabr.adliya.uz сайтида рўйхатдан ўтилади (15 ноябрдан 25 ноябрь 23:59 гача).

🔰 Танлов қуйидаги 2 босқичда 3 та тоифа учун алоҳида ташкил этилади:

1️⃣-босқич – тест синовлари:

▫️ умумтаълим мактаб, академик лицей ва техникум ўқувчилари учун – 26 ноябрь соат 9:00 дан 14:00 гача;
▫️ ҳуқуқшунослар ва олий таълим муассасаларида ҳуқуқшунослик мутахассислиги бўйича ўқиётган талабалар учун – 27 ноябрь соат 9:00 дан 14:00 гача;
▫️ бошқа барча фуқаролар учун – 28 ноябрь соат 9:00 дан 14:00 гача;

2️⃣-босқич – суҳбат.

➡️ Тест синовида 8-dekabr.adliya.uz сайти орқали онлайн тарзда иштирок этилади.

☑️ Тест синови 20 та тест саволи ва 1 та ижодий саволдан иборат. Тест саволларига энг қисқа муддатда тўғри жавоб берган иштирокчилар орасидан 30 нафари танлаб олиниб, уларнинг ижодий саволга жавоблари кўриб чиқилади.

Баҳолаш натижасига кўра, энг юқори балл тўплаган 10 нафар иштирокчи кейинги босқичга ўтади.

Иккинчи босқич (суҳбат) 8 декабрь – Конституция байрами арафасида ташкил этилади.

🖥 Суҳбат жараёнлари онлайн трансляция қилинади.

🎁 Ғолиблар диплом ва қуйидаги қимматбаҳо совғалар билан тақдирланади:

▫️1-ўрин – ноутбук;
▫️2-ўрин – телевизор;
▫️3-ўрин – микротўлқинли печ.

⚠️ Танловда фақат битта аккаунтдан иштирок этишга рухсат этилади.

❗️Иштирокчи кейинги босқичга ўтиш вақтида турли аккаунтлардан қатнашган ҳолатлар аниқланган тақдирда, натижасидан қатъи назар, имтиҳондан четлаштирилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Yashil_makon

🌳 Yashil makon umummiliy loyihasi doirasida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi hovlisiga 20 dan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman adliya bo'limlari ushbu loyihada o'zlarining munosib hissalarini qo'shishmoqda.

🏢 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
👎1👏1