Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.47K subscribers
11.3K photos
1.26K videos
59 files
9.8K links
๐Ÿ‘‰ Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.

๐Ÿ“ Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

ะฏะฝะณะธะปะธะบะปะฐั€ ัƒั‡ัƒะฝ.
@surxondaryoadliya
๐ŸŒ www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#2025_yil_1_yanvardan

โœ”๏ธ Qonunchilikka muvofiq, maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari xodimlarini kasbiy rivojlantirishning quyidagi tartibi joriy etiladi, jumladan:

๐Ÿ”นmaktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari xodimlarini kasbiy ehtiyojlari va malaka toifasidan kelib chiqib tabaqalashgan ta'lim dasturlari asosida uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimi (vazirlik โ€“ malaka oshirish muassasasi โ€“ ta'lim tashkiloti) yo'lga qo'yiladi;

๐Ÿ”นmaktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlarining xodimlari uchun 5 yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda o'tkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinadi.

โœ”๏ธ Shuningdek, pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy rivojlanishining uzluksizligini ta'minlash maqsadida barcha umumiy o'rta ta'lim muassasalarida malaka oshirishning โ€œKasbiy rivojlanish soatiโ€, tayanch umumiy o'rta ta'lim muassasalarida esa, shuningdek, โ€œKasbiy rivojlanish kuniโ€ kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Kanalga ulanish๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2025_yil_1_yanvardan

๐Ÿ”– Qonunchilikka ko'ra, moliyaviy va boshqa xavflarning oldini olish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yirik tashkilotlarda ularning birinchi rahbarlari boshchiligida kollegial asosda โ€œXavflarni boshqarishโ€ qo'mitalari tuziladi.

Kanalga ulanish๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam

2024-yildan 2025-yilga ADLIYA BILAN


Adliya vazirligi xodimlari bilan blits-intervyularimizni davom ettiramiz. Bizni ikkita savol qiziqtirmoqda:
1๏ธโƒฃUlar uchun 2024-yil kasbiy faoliyatida va hayotida nimasi bilan esda qolarli boสปldi?
2๏ธโƒฃ 2025-yil uchun qanday rejalar tuzishmoqda?

Oldingi javoblar bilan ๐Ÿ‘‰videolavhamiz orqali tanishib olishingiz mumkin.

P.S.: Bu hali hammasi emas. Davom etamiz. Bizni kuzatib boring ๐Ÿ˜‰


๐Ÿ“Œ Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2025_yil_1_yanvardan

โœ”๏ธ Qonunchilikka ko'ra, belgilangan faoliyat turlari bo'yicha litsenziya berishda obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi bo'lgan shaxslarga to'siqlarsiz muhit yaratilganligi bo'yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasini olish talab qilinadi.

Kanalga ulanish๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2025_yil_1_yanvardan

โšก๏ธQonunchilikka ko'ra:

โ–ช๏ธvazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyektlar fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni o'tkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtirokini ta'minlaydi;

โ–ช๏ธvazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo'yicha bir nafar xodimi surdotarjimonlik kurslarida o'qitiladi.

Kanalga ulanish๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2025_yil_1_yanvardan

๐Ÿ”ฐQonunchilikka ko'ra, 2028-yil 1-yanvargacha umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig'i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.

๐Ÿ“• Shuningdek, umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlarga 2028-yil 1-yanvargacha har oyning 25 sanasiga qadar to'langan QQSning bir qismini quyidagi miqdorlarda respublika byudjetidan qaytarish tizimi joriy etiladi:

๐Ÿ”ธ oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz qismi:

โž–60 foizdan oshgan umumiy ovqatlanish korxonalariga โ€“ byudjetga to'langan QQSning 40 foizi;

โž–60 foizdan kam umumiy ovqatlanish korxonalariga โ€“ byudjetga to'langan QQSning 20 foizi;

๐Ÿ”ธturoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlarga โ€“ byudjetga to'langan QQSning 20 foizi.

Kanalga ulanish๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2025_yil_1_yanvardan

โœ”๏ธQonunchilikka ko'ra, nazorat qiluvchi organlar tomonidan:

โž–tadbirkorlar faoliyatini to'xtatib turishga faqatgina Reestrga kiritilgan omillar asosida yo'l qo'yiladi.

โž–tadbirkorlar faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfini aniqlash bo'yicha โ€œXavfni tahlil qilishโ€ elektron tizimi joriy etiladi.

Kanalga ulanish๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Qarorga ko'ra, 2025-yilda uy-joy fondining ko'chmas mulk obyektlariga, shuningdek, ular egallab turgan yer uchastkalariga nisbatan:

๐Ÿ”น2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi 2024-yil uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi;

๐Ÿ”นjismoniy shaxslardan undiriladigan qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yerlar uchun yer solig'i summasi 2024-yilda hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.

๐Ÿ—‚ 2025-yil 1-iyulgacha tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo'ylashtiruvchi moddalar bo'lgan ichimliklar ro'yxatini shakllantirish, ular tarkibidagi shakar va boshqa moddalar miqdori hisobini yuritish va uni yangilab borish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqiladi.

๐Ÿ”Birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning 2025โ€“2027 yillar uchun byudjet mablag'laridan foydalanish bilan bog'liq maqsadli indikatorlari tasdiqlandi.

๐Ÿ’ผ Vazirlik va idoralar rahbarlari byudjetdan ajratilgan mablag'larning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning to'liq bajarilishi uchun shaxsan mas'ul hisoblanadi.

Kanalga ulanish๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2025_yil_1_yanvardan

๐Ÿ”–Qonunchilikka ko'ra:

๐Ÿ”นyo'lovchilarni yagona tariflar bo'yicha tashish xizmatlarini ko'rsatish aylanmasi hamda nogironligi bo'lgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizasiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun QQS bo'yicha imtiyozlar bekor qilinadi;

๐Ÿ”นyangi barpo etilayotgan bog'lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini to'lashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozni bekor qilgan holda, mazkur yer uchastkalari bo'yicha soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.

Kanalga ulanish๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2025_yil_1_yanvardan

โšก๏ธQonunchilikka ko'ra:

โ–ช๏ธkam ta'minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam olayotgan oilalarning rasmiy band bo'lmagan a'zolari ishga joylashganda, o'zini o'zi band qilganda yoki tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yganda ushbu nafaqa va moddiy yordamni ularning muddati tugagunga qadar, biroq 6 oydan ko'p bo'lmagan muddatga to'lash davom ettiriladi;

โ–ช๏ธmehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam bo'lmagan oylik ish haqi to'langan holda ishga joylashgan Kambag'al oilalar reestriga kiritilgan oila a'zosi uchun ijtimoiy soliq uch yil davomida 1 foiz stavkada to'lanadi;

โ–ช๏ธ kambag'al oilalarga ko'mak choralari ijtimoiy shartnoma asosida mehnatga layoqatli oila a'zolarining bandligini ta'minlash, o'z tomorqasidan samarali foydalanish (ekin ekish), oila a'zolari, shu jumladan, farzandlarining bilim olishi, kasb-hunar va xorijiy tillarni o'rganishi hamda sog'lig'ini nazoratga olishi, uy-joyini ozoda tutishi kabi shartlar inobatga olingan holda ko'rsatiladi.

Kanalga ulanish๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin