Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.46K subscribers
11.3K photos
1.27K videos
59 files
9.84K links
👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#Adliya_xabari

Ayrim notariuslar faoliyati 3 oyga to‘xtatildi


Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi Malaka komissiyasining majlis bayoniga asosan, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar S.Safarov, H.Qarshiyev hamda E.Malixga berilgan xususiy notarial amaliyot bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati joriy yilning 26-dekabr kunidan 15 kun muddatga;

Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Yulbarsov, F.Rustamovning litsenziyasini amal qilishi 2024-yil 26-dekabr kunidan 3 oy muddatga to‘xtatildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Adliya_xabari

📽 Adliya vazirligi tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda eng ko'p berilayotgan savollarning huquqiy yechimlari bo'yicha maxsus videoroliklar ishlab chiqilib, YouTube tarmog'iga joylashtirib borilmoqda.

❗️Bunda Siz “metrika” olishdan pensiyaga chiqishgacha bo'lgan jarayonlarda duch kelayotgan muammolaringizga mavzulashtirilgan tarzda huquqiy yechim topishingiz mumkin.

📌
O'z vaqtingizdan unumli foydalangan holda huquqiy bilimlaringizni mustahkamlang!

👉 Batafsil: youtube.com/adliya

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

HUQUQIY MAHALLA

Jarqo‘rg‘on tumani, "Yangi turmush" mahallasida Adliya vazirining 2024-yil 12-noyabr kunidagi “Adliya organlari tomonidan aholining huquqiy muammolarini hal etish tizimini tashkil etish hamda fuqarolarning qonunlarda mustahkamlanib qo‘yilgan huquq va qonuniy manfaatlarining ta’minlanishi holatini monitoring qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 384-um-son buyrug'ining 7-bandi ijrosi yuzasidan   “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan mahallada uyma-uy yurgan holda fuqarolarning mavjud muammolari so'rovnoma asosida o'rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf qilish choralari ko'rilmoqda.

Shuningdek, loyiha doirasida ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar bilan individual tarzda shugʻullanilmoqda hamda tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlanib, fuqarolarga tibbiy va boshqa xizmatlar koʻrsatilmoqda.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya