Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.73K subscribers
11.7K photos
1.37K videos
59 files
10.2K links
👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#LIVE
#MAHALLA_HUQUQSHUNOSI
#SAYYOR_QABUL

⚡️ Bugun Surxondaryo viloyatidagi barcha tuman (shahar)larda adliya bo‘limlari tomonidan sayyor qabullar o‘tkazilyapti, jumladan, Angor tuman adliya bo‘lim tomonidan ham tuman hokimligi va tegishli tashkilot va idoralarning mas’ullari bilan hamkorlikda mahallalarda yashovchi 100 dan ortiq fuqarolar ishtirokida tashkil qilingan navbatdagi sayyor qabul davom etmoqda.

Qabul davomida 20 dan ortiq fuqarolarga turli huquqiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berilib, o‘rganib chiqish muddat talab etiladigan murojaatlar ijroga olinishi ta’minlanmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇
Telegram I Facebook I Youtube I Web-sitе
#SAYYOR_QABUL

Denov tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi "Yoshlik" mahallasi aholisi ishtirokida navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Unda 14 nafar murojaatchi fuqarolarning savollariga huquqiy tushuntirishlar berilgan bo'lsa, ijrosi muddat talab etuvchi 3 ta murojaat adliya o'rganuviga olindi.

🏢 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
#LIVE
#SAYYOR_QABUL
#Huquq_va_majburiyatlaringizni_bilasizmi

Denov tuman hokimi I.Abrorov rahbarligida o'tkazilayotgan sayyor qabulda tuman adliya bo'limi ham ishtirok etib, sohaga taalluqli murojaatlarni o'rganmoqdalar.

🔰Sayyor qabulda tuman adliya bo'limi mas'ullari tomonidan jami 14 nafar fuqaroning savollariga amaldagi normativ huquqiy hujjatlar asosida javoblar berildi. 2 nafar fuqaroning murojaati shu yerning o‘zida qanoatlantirildi. Shuningdek, yana 3 nafar fuqaroning murojaati vaqt talab qilganligi bois, adliya o'rganuviga olindi.

🏢 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
#Inson_huquqlari_oliy_qadriyat
#Sayyor_qabul

⚡️ Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Abdurasulov hamda Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi mas’ullari tomonidan tumandagi “Oqqo‘rg‘on” mahallasida “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida tumanning “Oqqo‘rg‘on”, “Oftobmakon”, “Navro‘z”, “Yakkabog‘”, “Jarqishloq”, “Xayrabod”, “Obodon”, “Laylakxona”, “Xo‘shchekka”, “Kattasovur” mahalla fuqarolar yig‘ini fuqarolari jalb qilingan holda sayyor qabul o‘tkazildi.

➡️ Qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bir qator muammoli masalalalar, jumladan, uy-joy, kommunal, yo‘l qurilishi, nafaqa olish, nafaqa va pensiya hisoblanishi bilan, mehnat huquqlari bilan bog‘liq hamda mahalliy davlat organlari va ma’muriy idoralarning qarorlari, buyruqlari va harakatlari ustidan shikoyatlar berish yuzasidan kelib tushgan 15 ga yaqin murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqish muddat talab etadigan 22 ta murojaat ish yurituvga qaratilib, ijrosi nazoratga olindi.

➡️ O‘tkazilgan sayyor qabul davomida ishtirokchilarga “o‘zimiz keldik” shiori ostida 20 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ham ko‘rsatilib, davlat xizmatlaridan masofaviy elektron tartibda foydalanish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 😎 Youtube I 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SAYYOR_QABUL

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Termiz tumanidagi "Qahramon" mahallasi aholisi ishtirokida navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Unda 15 nafar murojaatchi fuqarolarning savollariga huquqiy tushuntirishlar berilgan bo'lsa, ijrosi muddat talab etuvchi 5 ta murojaat adliya o'rganuviga olindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024-yildagi 204-son “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati haqida keng aholi qatlamiga huquqiy tushuntirishlar berildi.

🏢 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
#sayyor_qabul

Joriy yilning 23-may kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida boshqarma rahbariyati tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Turli sohalarga oid murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, o'rganish muddat talab etadigan 10 ta murojaat ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#SAYYOR_QABUL

Joriy yilning 7-iyun kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Sherobod tumanidagi "Galaguzar" mahallasida aholi va tadbirkorlik subyektlari ishtrirokida navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Turli sohaga oid murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, o'rganish muddat talab etadigan 18 ta murojaat ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, qabul ishtirokchilariga targ‘ibot-tadbiri tashkil etilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024–yil 24-may kuni yangi qabul qilingan «Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi PF 80- sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 204-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuntirish berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#SAYYOR_QABUL

Joriy yilning 7-iyun kuni Qumqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi "Navbahor" mahallasida aholi va tadbirkorlik subyektlari ishtrirokida navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Turli sohaga oid murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, o'rganish muddat talab etadigan 9 ta murojaat ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi. Bundan tashqari, 12 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Shuningdek, qabul ishtirokchilariga targ‘ibot-tadbiri tashkil etilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi «Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi PF 80- sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 16.042024-yildagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 204-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuntirish berildi.
#SAYYOR_QABUL

Joriy yilning 11-iyun kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Termiz tumanidagi "Sabzipoya" mahallasida aholi va tadbirkorlik subyektlari ishtrirokida navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Turli sohaga oid murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, o'rganish muddat talab etadigan 9 ta murojaat ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, qabul ishtirokchilariga targ‘ibot-tadbiri tashkil etilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024–yil 24-may kuni yangi qabul qilingan «Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi PF 80- sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 204-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuntirish berildi.
#adliya_xabari
#sayyor_qabul

Uzun tumani adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumanning  eng olis hududi bo'lgan "Bobotog‘" massividagi shaxobchada hamda "Oq ostona" mahallasida sayyor qabul o'tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarga 18 ta davlat xizmati ko'rsatildi va 30 dan ortiq fuqarolarning murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF‒80-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#SAYYOR_QABUL

Joriy yilning 28-iyun kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Abdurasulov tomonidan Qiziriq tumanidagi "Takiya" mahallasida aholi va tadbirkorlik subyektlari ishtrirokida navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Turli sohaga oid murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, o'rganish muddat talab etadigan 27 ta murojaat ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, sayyor qabulda ishtirok etgan fuqarolarning 16 nafariga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Sayyor qabuldan so‘ng, S.Abdurasulov Qiziriq tumani adliya bo‘limi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024–yil 24-maydagi «Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi PF 80- sonli Farmoniga asosan uyma-uy yurish bo‘yicha shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#sayyor_qabul

ADLIYA MAHALLADA

🔹Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80 sonli Farmonida uyma-uy yurish orqali fuqarolarning kundalik hayotidagi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni koʻrish tuman (shahar) adliya boʻlimlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan.

🔸Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Adliya vazirligi ishchi guruh a'zosi Ulug'bek Sadikov, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati, Qiziriq tuman adliya boʻlimi tomonidan tumanning “Rabotak” mahallasida sayyor qabul o'tkazildi.

Qabul davomida aholining huquqiy muammolari oʻrganilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Shuningdek mahalla yettiligi bilan suhbat o'tkazilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#SAYYOR_QABUL

Joriy yilning 8-iyul kuni Sariosiyo tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi "Nurobod" mahallasida aholi va tadbirkorlik subyektlari ishtrirokida navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Turli sohaga oid murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, o'rganish muddat talab etadigan 7 ta murojaat ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Sayyor qabuldan so‘ng, Sariosiyo tumani adliya bo‘limi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024–yil 24-maydagi «Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi PF 80- sonli Farmoniga asosan uyma-uy yurish orqali aholi muammolari o‘rganildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya