Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.47K subscribers
11.3K photos
1.25K videos
59 files
9.77K links
👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#Huquqiy_bilimlar_kuni

Joriy yilning 9-iyun kuni adliya boshqarmasi xodimlari Q.Ulug‘ov, Sh.Tilovov, S.Yuldashevalar ishtirokida Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. O‘tkazilgan davra suhbati davomida qonunchiligimiz bilan talaba yoshlarga ta’lim va boshqa sohalarda berilayotgan imtiyozlar, qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar, davlat xizmatlaridan elektron tartibda foydalanish mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Tadbir davomida talabalar “talaba ishlashi mumkinmi?”, “magistratura bosqichida o‘qimoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga joriy yildan qanday imtiyozlar qo‘llanadi?” va shu kabi huquqiy savollariga asoslantirilgan javoblar oldilar.

Mazkur tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlar o'rtasida huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf qilish, ularda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun salbiy illat ekanligiga oid dunyoqarashni shakkllantishdan iborat.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Huquqiy_bilimlar_kuni

Xodimlarga yangi Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi

Termiz shahrida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasining Termiz shahri va Termiz tumani Qo‘riqlash bo‘limlari ofitser, safdor xodimlar hamda ishchi xizmatchilari ishtirokida, joriy yilning 15-iyun kuni qabul qilingan “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Qo‘riqlash boshqarmasi rahbariyati, viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, senator O.Soatov, Milliy gvardiya viloyat bo‘yicha faxriylar Kengashi raisi U.Saidov hamda viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Q.Ulug‘ovlar tomonidan mazkur Qonunning mazmun-mohiyati, maqsadi va ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Kanalga ulanish
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Huquqiy_bilimlar_kuni

Termiz muhandislik-texnologiya instituti karyera markazida viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Q.Ulug‘ov hamda institut xodimlari, talabalar va matbuot vakillari ishtirokida korrupsiya, odam savdosi, majburiy mehnatga qarshi kurashga va soha faoliyatiga oid yangi qabul qilingan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.

Targ‘ibot tadbiri davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy sohalarga oid savollarga javoblar oldilar.

Mazkur tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlar o'rtasida huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf qilish, ularda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun salbiy illat ekanligiga oid dunyoqarashni shakkllantishdan iborat.

Kanalga ulanish
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Huquqiy_bilimlar_kuni

Bugun Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari Q.Ulug‘ov va F.Qulmatovlar ishtirokida viloyat Madaniyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Qonun loyihasi, Referendum to‘g‘risidagi Qonun hamda chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya adliya organlari yoki shunga o'xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanishning huquqiy oqibatlari va boshqa soha faoliyatiga oid qabul qilingan boshqa qonun hujjatlari mazmun-mohiyati xususida davra suhbati tashkil etildi.

Qizg‘in muhokamalarga boy o‘tgan tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram I Facebook I Youtube
#huquqiy_bilimlar_kuni
#huquqiy_savodxonlik
#xotin_qizlarning_referendumdagi_ishtiroki

🔰 Viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy-targ‘ibot va ma’rifat bo’limi xodimlari hamda yuridik texnikum o‘qituvchilari bilan birgalikda Termiz shaharidagi 3-sonli MTT xodimlari uchun “Huquqiy bilimlar kuni” munosabati bilan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Targ‘ibot tadbiri davomida , O’zbekiston Respublikasining “Referendumi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili” to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunlarning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram I Facebook I Youtube
#Huquqiy_bilimlar_kuni

🔰O'zbekiston Respublikasi “Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi

Batafsil📃

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram I Facebook I Youtube
#Huquqiy_bilimlar_kuni

🔰Vijdon erkinligini ta’minlash sohasidagi huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi


Batafsil📃

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram I Facebook I Youtube