Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.78K subscribers
11.7K photos
1.37K videos
59 files
10.2K links
👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
Forwarded from Шерозиддин Тиловов
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

📹 “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida 10 kunda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan video bayonot.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

📊 AKSIYA RAQAMLARDA

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida bir hafta davomida 1 250 nafar shaxslarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirib berildi.

Huquqiy aksiya doirasida:

🔹165 nafar shaxslarning tug‘ilishi qayd qilinib, tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi;

🔹170 nafar shaxslarni qarindoshining o‘limi qayd qilinib, o‘lim haqida guvohnoma berildi;

🔹464 nafar shaxslarga tug‘ilganlik va o‘lim haqida takroriy guvohnomalar berildi;

🔹48 nafar shaxslarga ID-kartalar berildi;

🔹276 nafar shaxslarga tegishli tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berildi;

🔹127 nafar shaxslarning ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga kelgan muammolari bartaraf etilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

👥 2 777 nafar shaxslarga elektron raqamli imzo berish, “Mobile-ID” dan ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini shakllantirish va boshqa turdagi davlat xizmatlari sayyor shaklda ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

“Duv-duv gap” koʻrsatuvining (Milliy TV) kechagi sonidan lavha. Koʻrsatuvga kelgan oilada onaning pasporti yoʻq, farzandlariga ham tugʻilganligi haqida guvohnoma rasmiylashtirilmagan. Shu sababli bolalar maktabga chiqa olmayapti, onalar rasman ishga joylasha olmaydi, ijtimoiy himoya ham ololmaydi…

Adliya vazirligi aralashuvi bilan onaga pasport olishiga koʻmaklashildi, 7 nafar sud tartibida tugʻilganligi qayd etilishiga yordam berildi. Videoda hujjatlarning topshirilishi jarayoni. Endi bolajonlar maktabga borishi, taʼlim olishi va kelajagi oʻzgarishi mumkin.

Ikki oy davom etgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi natijasida koʻplab taqdirlar oʻzgardi.

✔️1 639 nafar bugungi kunga qadar tugʻilishi qayd etilmagan shaxslarga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi;

✔️ 10 314 nafar birga yashab kelayotgan fuqarolarning qonuniy nikohi qayd etildi;

✔️ 4 083 nafar shaxslarga nisbatan sudning qayd etilmagan nikohdan ajratish haqidagi qarorlari roʻyxatdan oʻtkazildi;

✔️ 3 246 nafar bugungi kunga qadar oʻlimi roʻyxatga olinmagan shaxslarning oʻlim qayd etilib, yaqin qarindoshlariga guvohnomalari taqdim etildi;

✔️ 11 357 nafar fuqarolarga ID-kartalar berildi;

✔️ 29 118 nafar fuqarolarning tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi;

✔️15 312 nafar fuqarolarning tadbirkorlik subyektlari qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazildi;

✔️24 480 nafar fuqarolarning koʻchmas mulk obyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi;

✔️15 817 nafar fuqarolarga yoʻqotilgan hujjatlari oʻrniga takroriy guvohnomalar berildi;

✔️1 049 nafar fuqarolarning tugʻilish va oʻlimi haqidagi yuridik faktlarni tasdiqlash yuzasidan sudlarga arizalar kiritildi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

"Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak" huquqiy aksiyasi e'lon qilindi


Adliya vazirligi tomonidan 2024-yilning 1-avgust kunidan 30-avgust kuniga qadar xotin-qizlarning huquqiy muammolarini hal qilishga va ularning huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida "Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak" huquqiy aksiyasi e'lon qilindi.

Aksiya doirasida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Termiz shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Termiz shahridagi "Tinchlik" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbirda mehnat yarmarkalari, xotin-qizlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga xotin-qizlarga bepul huquqiy yordamlar ko‘rsatildi.

Sayyor qabul davomida kelib tushgan ko‘plab murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 5 ta murojaatlar ko‘rib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Adliya_aksiya #xotin_qizlar

Gender tenglik va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishdagi dolzarb masalalar yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi


Adliya vazirligi tomonidan 2024-yilning 1-avgust kunidan 30-avgust kuniga qadar xotin-qizlarning huquqiy muammolarini hal qilishga va ularning huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida "Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak" huquqiy aksiyasi e'lon qilindi.

Aksiya doirasida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi "Egarchi" mahallasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda mehnat yarmarkalari, xotin-qizlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga xotin-qizlarga bepul huquqiy yordamlar ko‘rsatildi.

Tadbir davomida kelib tushgan ko‘plab murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 3 ta murojaatlar ko‘rib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya