Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
2.09K subscribers
11.6K photos
1.36K videos
59 files
10.2K links
👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#ijtimoiy_aksiya #xotin_qizlar

Termiz tuman va Termiz shahar adliya bo'limlari tomonidan “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak”  aksiyasi doirasida mahallalarda xotin-qizlarning mehnat va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va imtiyozlari hamda aholi uchun eng dolzarb masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Mazkur tadbirda “Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» hamda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritilgan ayollarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish, xotin-qizlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, subsidiyalar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi batafsil tushuntirildi.

Muloqot mobaynida xotin-qizlarning huquqiy muammolari o‘rganilib, zarur huquqiy tushuntirishlar berildi hamda o‘rganish talab etiladigan murojaatlar alohida nazoratga olindi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Iste’molchi 24 soat ichida sifatsiz mahsulotni almashtirish huquqiga ega

Qonunchilikka ko‘ra, zarur sifatga ega bo‘lmagan tovar sotib olgan xaridor, agar nuqsonlar sotuvchi tomonidan aytilmagan bo‘lsa, sotuvchidan 24 soat mobaynida shu turdagi mahsulotga almashtirishi mumkin.

Batafsil

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Mustaqillik_solnomasi

❗️O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi arafasida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli demokratik islohotlardan eng muhimlari Adliya vazirligi tomonidan “Mustaqillik solnomasi” ruknida taqdim etib boriladi.

✔️O‘tgan 33 yilda turli sohalardagi muvaffaqiyatlar, erishilgan yutuqlar, samarali natijalar bilan tanishtirib boramiz.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 1992-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#adliya_uyma_uy

Fuqarolarning muammolari o‘rganilmoqda

Denov tuman adliya bo'limi tomonidan  tumanning "Buyuk zamin" mahallasida yashovchi aholining  huquqiy muammolari uyma-uy yurgan holda o‘rganildi. Fuqarolarning mavjud huquqiy muammolari boʻyicha suhbat anketasi toʻldirildi. 

O‘rganish davomida mahalla fuqarolariga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli Farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Forwarded from Huquqiy axborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_xizmat

O'ZIMIZ KELDIK

Qumqorgʻon tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi tomonidan tuman markazidan 20 km uzoqlikda joylashgan Gultepa mahallasida sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilib 20 nafar fuqorolarga elektron kalitlar olib berilishi ta'minlandi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Qonunga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha beriladi:

🔹1998-yil 1-iyulgacha egallangan bo‘lsa – 0,24 gektargacha;

🔹1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan bo‘lsa – Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar, qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.

Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo bo‘lmasa, dehqon xo‘jaligi yoki tomorqa xo‘jaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.

🗂 Huquqlarni eʼtirof etish hududlar bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, buning uchun Kadastr agentligi har yili reja-jadval tasdiqlaydi, unga asosan:

🔸Kadastr agentligi Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratib, unga barcha yerlar bo‘yicha 6 xil turdagi birlamchi maʼlumotlarni kiritadi;

🔸10 ta vakolatli organ (hokimlik, qurilish, ekologiya, soliq, “O‘zbekkosmos” agentligi va boshqalar) har bir yer uchastkasi bo‘yicha o‘z vakolatidagi maʼlumotlarni tizimga kiritadi;

🔸tizimda shakllantirilgan elektron yig‘majild mahalla binolarida, Kadastr agentligi saytida hamda boshqa manbalarda eʼlon qilinadi.

🗞 To‘plangan hujjatlarning to‘liqligi va qonuniyligi adliya organlari tomonidan o‘rganib chiqiladi.

📝 Ijobiy xulosa qabul qilingan fuqarolarga Kadastr agentligi tomonidan xabarnoma yuboriladi.

✔️ Xabarnoma asosida bir martalik to‘lovni amalga oshirganlarga har chorakda xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori bilan huquqlar eʼtirof etiladi (yerga – ijara huquqi, bino-inshootga – mulk huquqi).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ Qonunga ko‘ra, yer va binolarni qonuniylashtirish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

🔹Toshkent shahrida – BHMning 5 baravari (1,7 mln so‘m);

🔹Nukus shahri va viloyat markazlarida – BHMning 3 baravari (1,02 mln so‘m);

🔹viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda – BHMning 2 baravari (680 ming so‘m);

🔹boshqa aholi punktlarida – BHMning 1 baravari (340 ming so‘m);

🔹qolgan hollarda bir martalik to‘lov tegishli hududdagi o‘rtacha auksion bahosi miqdorida to‘lanadi.

Shuningdek, I va II guruh nogironlari, oldingi “aksiya” vaqtida yig‘im to‘lagan shaxslar to‘lovdan ozod qilinadi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslarga 50 foiz chegirma beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmatlari orqali “Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash” tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videorolikda....

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat