Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.38K subscribers
12.5K photos
1.56K videos
59 files
11K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#SEMINAR_TRENING

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PQ-447-son qaroriga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan boshlab, sinov tariqasida , Adliya vazirligi tizimida idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish belgilandi.

🔰 Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, tizim idoralari buyruqlarini “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilish masalalariga taalluqli amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Adliya vazirligi hamda hududiy boshqarmalar ishtirokidagi videokonferensaloqa shaklidagi seminarda tizimning afzalliklari, ishlash mexanizmi taqdimot orqali batafsil tushuntirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 1-yanvaridan ushbu tizim sinov tariqasida dastlab Adliya vazirligi tizimida ish jarayonida, 2023-yilning 1-sentabridan esa barcha tashkilotlarda amaliyotga tatbiq etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
#Seminar

⚡️ Surxondaryo viloyati viloyat Adliya boshqarmasi, Oila va xotin-qizalar boshqarmasi hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasining viloyat Kengashi hamkorligida O'zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqlari hamda imkoniyatlari kafolatlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish haqida" 2022-yil 15-dekabrdagi O'RQ-809-son Qonuni ijrosini amalga oshirish va aholi o'rasida keng targ'ib qilish maqsadida seminar tashkil etildi.

➡️ Seminarni viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova ochib berdi va seminarning mazmun mohiyati haqida o'z fikrlarini bildirdi. Shuningdek, viloyat Adliya boshqarmasi bo'lim boshlig‘i Q.Ulug'ov va Kasaba uyushmalari viloyat Kengashi mas'ul xodimi Z.Xolovlar qonunning mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berishdi.


➡️ Telegram I 💬 Facebook I 📹 Youtube I 🌍 Web-site
#seminar

Joriy yilning 11-iyun kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va viloyat sudi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlari xodimlari ishtirokida sudlar va adliya organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash va yagona amaliyotni joriy etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminar davomida Surxondaryo viloyat sudi mas’ul xodimlari tomonidan tuman (shahar) adliya bo‘limlari xodimlariga davlat, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, adliya organlari va muassasalari manfaatlarini ko‘zlab sudlarga ariza, da’vo ariza va shikoyatlar berish jarayonida amaliyotda turli huquqiy muammolarning kelib chiqish sabablari va ularning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar hamda uslubiy ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Huquqiy_targibot
#Seminar

"Mahalla yettiligi" uchun seminar tashkil etildi

Denov tumani adliya bo‘limi xodimlari tomonidan "Qovunlisoy" mahallasida O‘zbekiston Respublikasining PF-80-son Farmoni mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi.

Saminardan ko‘zlangan maqsad "mahalla yettiligi"ning huquqiy savodxonligini oshirish hamda fuqarolarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat bòldi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Jarayon #davlat_xizmatlari_korsatuvchi_tashkilotlar
#seminar

Adliya vazirligi ishchi guruhi a'zosi U.Sadikov Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi bilan birgalikda Denov tumanida Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarning rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida, sohada yuzaga kelayotgan muammolar va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazdi.

Seminarda sohada yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilinib davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha mas'ullarga tegishli tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#seminar

"Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha seminar tashkil etildi

Joriy yilning 17-iyul kuni Inson ijtimoiy xizmatlar markazi Surxondaryo viloyat boshqarmasi va uning uqyi tizimida ishlovchi xodimlar uchun "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar davomida, mazkur Qonun bilan belgilangan tartiblar, nogironligi bo‘lgan shaxslarning turli sohadagi huquqlari haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, tizim xodimlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #saylov

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi ishtirokida o‘quv seminarlari tashkil etildi.

Denov tumani IIBda “Saylov huquqi: inson qadriga yuksak e’tibor” mavzusida o‘quv mashg‘uloti hamda Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari hamda sud xodimlari uchun sud ekspertizalarini o‘tkazishga zarur bo‘lgan tadqiqot obektlarini yig‘ish, saqlash va taqdim etish usullari to‘g‘risida seminar tashkil etildi.

Seminar davomida, tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#oquv_seminar #seminar #saylov #937

Joriy yilning 11-sentabr kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Surxondaryo viloyat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashida O‘zbekiston Respublikasining "Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qo‘yish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilariga yangi saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari hamda O‘zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonun mazmun mohiyati bo‘yicha tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Jarayon #davlat_xizmatlari_korsatuvchi_tashkilotlar
#seminar

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi davlat xizmatlari ko'rsatilishi ustidan nazorat qilish sho'basi boshlig'i A.Xudoyberdiyev tomonidan suv ta'minoti tashkilotlarining rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida, sohada yuzaga kelayotgan muammolar va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha online Zoom platformasi orqali seminar o‘tkazildi.

Seminarda sohada yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilinib davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha mas'ullarga tegishli tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Jarayon #davlat_xizmatlari_korsatuvchi_tashkilotlar
#seminar

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi davlat xizmatlari ko'rsatilishi ustidan nazorat sho'basi boshlig'i A.Xudoyberdiyev tomonidan Davlat Kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) filiallari mas'ul xodimlari ishtirokida, sohada yuzaga kelayotgan muammolar va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha online Zoom platformasi orqali o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda sohada yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilinib davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha mas'ullarga tegishli tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Jarayon #davlat_xizmatlari_korsatuvchi_tashkilotlar
#seminar

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi davlat xizmatlari ko'rsatilishi ustidan nazorat sho'basi boshlig'i A.Xudoyberdiyev tomonidan Surxondaryo viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi va uning tuman (shahar) bo'limlari mas'ul xodimlari ishtirokida sohada yuzaga kelayotgan muammolar va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha online Zoom platformasi orqali o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda sohada yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilinib davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha mas'ullarga tegishli tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Seminar

"Gender tengligi va ayollarning saylovlarda ishtiroki"

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida "Gender tengligi va ayollarning saylovlarda ishtiroki" mavzusidagi seminar boʻlib oʻtdi.

Ushbu seminar Oʻzbekiston Ekologik partiyasi viloyat Kengashi, "Ekologiya va salomatlik" ayollar klubi hamda viloyat Adliya boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Seminarda — jamiyatda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tengligi borasidagi bilimlarni oshirish hamda aholining ushbu masalaga bo‘lgan e’tiborini yanada kuchaytirish borasida fikr-mulohazalar muhokama qilindi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga gender tengligi tushunchasi, ayollarning siyosiy jarayonlardagi faol ishtiroki va saylovlarda tutgan oʻrni haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilishdi va barcha savollarga batafsil javob oldilar.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya